67
Bajaruvchi quyidagi turlarga bo'linadi:
1) bevosita jinoyatni sodir etgan, ya'ni obyektiv tomonini bajargan shaxs;
2) boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxs (birgalikda bajaruvchi);
3) kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib,
jinoyat sodir etgan shaxs.
Dastlabki ikki holatda jinoyat ishtirokchisi hisoblangan bajaruvchi ko'rsatib o'tilgan. Uchinchi holat esa,
jinoyatda ishtirokchilikni ifodalamaydi, balki jinoyat vositasi orqali individual tartibda sodir etish hisoblanadi. Ba'zi
hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar birgalikda bajaradi, ulaming barchasi bajaruvchi
hisoblanadi.
Jinoyat bajaruvchisi aqli raso va qonunda belgilangan yoshga to'lgan bo'lishi kerak. Ayrim holda shaxsning o'zi
jinoyatni bevosita sodir qilmasdan jinoyatning subyekti bo'la olmaydigan shaxsdan foydalanadi (masalan, o'g'rilik
jinoyatini sodir qilishda shaxs 14 yoshga to'lmagan yoki aqli noraso shaxsdan foydalanadi). Bunda jinoyatchi ham
subyekt yoshiga yetmaganning qilmishi uchun hamda voyaga yetmaganni jinoyatga jalb qilganligi uchun javobgarlikka
tortiladi. Ba'zi hollarda jinoyatchi maxsus o'rgatilgan hayvonlardan foydalanadi va hayvon yetkazgan zarar uchun
jinoyatchi javobgar bo'ladi.
Alohida hollarda bajaruvchining harakatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi
dispozitsiyasida ko'rsatilgan belgilarning bir qismi bo'lishi o'zi yetarli hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati bir
guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa, ulardan biri zo'rlik ishlatgan, lekin shaxsan o'zi nomusga tekkan yoki nomusga
tegmaganligidan qat'iy nazar, bajaruvchi bo'lib hisoblanadi.
Bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish subyektiv tomon-dan to'g'ri yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin.
Qonunga ko'ra, ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish qasddan amalga oshirilib, ehtiyotsizlikni istisno etadi.
Ishtirokchilarning qasdi o'z qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash va bajaruvchining harakatini o'z ichiga olishi
kerak.
Jinoyatning tashkilotchisi jinoyat ishtirokchilaridan biridir. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishiga yoki jinoyat sodir
etilishiga rahbarlik kilgan shaxs tashkilotchi, deb topiladi (28-moddaning 3-qismi), ya'ni tashkilotchi:
1) jinoyatga tayyorgarlik ko'rilishiga yoki
2) jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qiladi.
Har ikki holatda ham u «tashkilotchi» so'zi ma'nosidan kelib chiquvchi jinoyatga tayyorgarlikni amalga
oshiradi. Jinoyat sodir etish «g'oya»si va undan so'nggi harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish unga tegishlidir.
Shu o'rinda jinoyat sodir etish haqidagi fikrning yuzaga kelishi faqatgina tashkilotchining o'zigagina tegishli
emasligini takidlab o'tish lozim. Ba'zi hollarda birgalikdagi bajaruvchilardan birida ham bunday fikr paydo bo'lishi
mumkin. Sud amaliyotida birgalikda bajaruvchilardan birida bunday fikrning paydo bo'lishi uchrab turadi. Masalan,
gurah bo'lib bezorilik qilish, nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishda. Tashkilotchi ko'pincha jinoyat sodir qilishda
bevosita qatnashmaganligi sababli uni ushlash, isbotlash va javobgarlikka tortish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: