12
Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbayi hisoblanadi. Boshqa hech bir me'yoriy hujjat, sud
pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbayi bo'la olmaydi.
Jinoyat qonuni tarixan o'zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab
chiqarishning rivojlanib, o'zgarib borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishni
taqozo etadi. Bu esa, o'z navbatida bu hujjatning tarixan o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Jinoyat kodeksining vazifalari —
birinchidan,
shaxsni uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza etishdan;
ikkinchidan,
jinoyatlarning oldini
olishdan;
uchinchidan,
fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini,
mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir. Zero, ushbu qonun bilan
himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya'ni
maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday
munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo'ladi.
Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda javobgarlik asoslari va prinsiplari
mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan.
Jinoyat qonuni jazolash tahdidi asosida jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishini taqiqlaydi. Shu
bilan bir qatorda, jinoyat qonuni ham taqiqlovchi, ham majburiy hisoblanadi.
Jinoyat huquqi normalari:
1) ogohlantirish funksiyasi;
2) tarbiyalash funksiyasini bajaradi.
Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab qo'yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish
uchun jazo qo'llash orqali jinoyat sodir etishi mumkin bo'lgan shaxslarni ogohlantiradi.
Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so'zsiz ravishda bajarish ruhida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga
nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishga yo'naltirilgandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoyat qonunining asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin. Jumladan:
1. Jinoyat qonuni, bu — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalari va prinsiplariga
asoslangan Oliy qonun chiqaruvchi organning normativ me'yoriy hujjati;
2. Jinoyat qonunining asosiy belgisi uning shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, tabiiy muhitni, mulkni, davlat va
jamiyat manfaatlarini himoya qilishida ifodalanadi;
3. Huquqiy davlatda jinoyat qonuni hokimiyat tomonidan amalga oshirilib, jamiyatni sog'lomlashtirishga qaratiladi;
4. Jinoyat qonuni jinoyat huquqining yagona manbayi bo'lib, jinoyat huquqi normalari faqat jinoyat qonunida aks
ettiriladi va faqat jinoyat qonunigina qilmishning jinoiyligini hamda jazoga sazovorligini belgilaydi;
5. Jinoyat qonuni javobgarlikning asosiy prisiplarini o'zida mujassamlashtiradi;
6.Jinoyat qonunining ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat ekanligini, ushbu qilmishga nisbatan
tayinlaydigan jazo chorasini yoki alohida hollarda ularni jazodan ozod qilish shartlarini belgilaydi;
7. Jinoyat qonuni hayotning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy va mafkuraviy holatiga bog'liq, bu sharoitning o'zgarishi bilan
jinoyat qonuni yoki uning alohida normasi qonun chiqaruvchi tomonidan o'zgartiriladi;
8. Jinoyat qonuni ogohlantirish va fuqarolarni qonunga rioya qilish ruhida tarbiyalash funksiyasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: