O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Harakatsizlik 
esa, harakatdan tashqi jihatdan ifodalanish xususiyatiga ko'ra farq qiladi. Harakatsizlik ma'lum bir 
harakatdan saqlanish yoki obyektiv jihatdan bajarilishi zarur va yuridik tomondan bajarilishi majburiy bo'lgan bir necha 
harakatlarni bajarmaslikda ifodalanadi. Masalan, hokimiyat harakatsizligi (Jinoyat kodeksining 208-moddasi). 
Jinoyat— 
huquqiy hodisa sifatida o'ziga xos jihatlarni ifodalovchi ma'lum bir belgilarga ega. Наг qanday 
ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat, deb hisoblanishi uchun unda jinoyat qonunida 
o'rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo'lishi kerak. 
Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat 
belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta'rif asosida aniqlanadi. 
Ammo shuni alohida ta'kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat 
hisoblanmay, balki qonun bilan qo'riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy 
xavfli qilmishlar ham jinoyat hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 14-moddasi, 2-qismida «Ushbu kodeks bilan 
qo'riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish 
ijtimoiy xavfli qilmish, deb topiladi», deyilgan. 
Bundan ko'rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta'rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari 
bo'lsagina u jinoyat, deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo'lmasa, bunday 
qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqida bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, 
deb aytiladi. 
Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun barcha jinoyatlar uchun zarur bo'lgan 
jinoyatning belgilari, shuningdek, shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab chiqilgan, ana shu 
belgilar va aybning biror shakli mavjud bo'lsagina qilmish jinoyat hisoblanadi. 
Yuqorida jinoyatga berilgan ta'rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko'rsatish 
mumkin: 
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 
2) qilmishning huquqqa xilofliligi; 
3) qilmishda aybning mavjudligi; 
4) qilmishning jazoga sazovorligi. 
BirinChi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida 
«qilmishning ijtimoiy xavflilighm 
belgilab qo'yilgan. 
Ijtimoiy xavfli qilmish — 
murakkab va o'z tuzilishiga ega bo'lgan ijtimoiy-huquqiy toifa. 
Ijtimoiy xavflilik 
jinoyatning qonun chiqaravchi va huquqni qo'llovchi organlar erki bilan bog'liq bo'lmagan obyektiv 
belgisidir. 
Lekin bu toifanining qonun chiqaruvchi va huquqni qo'llovchi organlar uchun ahamiyati shundaki, bu toifa 
orqali qanday ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat ekanligi belgilanadi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasi harakat yoki harakatsizlik bilan birga qilmish natijasida yuzaga kelgan zararli 
oqibatni ham qamrab oladi. Shuning uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismiga kiritilgan jinoyatlar ijtimoiy xavfli 
hisoblanadi. Ularning ijtimoiy xavfliligi qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi 
mumkinligi bilan ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar iqtisodiy, g'oyaviy, shaxsga tegishli bo'lishi mumkin. Zarar esa, 
moddiy, ruhiy (ma'naviy) va jismoniy bo'lishi mumkin. 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi 
bir qancha o'zgaruvchan sharoitlar, ya'ni jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, 
yetkazilgan zarar-ning miqdori, aybning darajasi va shakli, shunday turdagi jinoyatlarning qay darajada tarqalganligi, 
aholi huquqiy ongining darajasi kabi holatlar bilan bog'liq bo'ladi. Shuningdek, ijtimoiy xavflilik 
ко 'p tomonlamalik 
xususiyat-ma 'nosiga 
ega bo'lib, miqdor va sifat ko'rsatkichlarga asosan aniqlanadigan ijtimoiy xavflilik darajasi va 
xususiyatini ham o'z ichiga oladi. 
Jinoyat kodeksining 54-moddasida sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik 
darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni 
yengillashtiruvchi va og'ir-lashtiruvchi holatlarni hisobga oladi, deb belgilab qo'yilgan. 
Demak, 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish