9
xilof ravishda egallash), 252-modda (radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash), 263-modda (temiryo'l,
dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo'llarini yaroqsiz holatga keltirish), 267-modda (transport vositalarini
olib qochish), 271-modda (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash), 14
yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan jinoyatlarning ushbu ro'yxati qat'iy bo'lib, ana shu ro'yxatda ko'rsatilganidan
boshqa birorta jinoyat uchun shaxs o'n to'rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
1959-yilda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprelgacha amalda bo'lgan Jinoyat kodeksidagiga nisbatan amaldagi 1994-
yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'n to'rt yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan jinoyatlarning
ro'yxati qisqartirilgan. Jumladan, 1959-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (86-
modda) uchun o'n to'rt yoshga to'lganlar ham jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ayrim amaliyot xodimlari, hatto, ba'zan yuristlar ham ayrim og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar uchun jinoiy
javobgarlik o'n to'rt yoshdan belgilangan, deb hisoblashadi. Bunday deb hisoblash to'g'ri emas. Agar qonun chiqaruvchi
organ og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini o'n to'rt yoshga to'lganlik hisobidan olinganda edi,
o'ta og'ir jinoyat hisoblangan terrorizmga, davlatga xoinlik qilish, josuslik, jinoiy uyushma tuzish va hokazo jinoyatlar
uchun o'n to'rt yoshdan javobgarlikni belgilagan bo'lar edi. Vaholanki, qonunda 14 yoshga to'lganlar subyekti bo'la
oladigan jinoyatlar ro'yxatida ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar ham (masalan, 169-moddaning 1-qismi), uncha
og'ir bo'lmagan jinoyatlar (masalan, 104-moddaning 1-qismi) ham bor.
Ushbu ro'yxatdagi jinoyatlar uchun o'n to'rt yoshga to'lgan-larning jinoyat subyekti bo'la olishida, asosan, shu
yoshdagilarning ana shu qilmishlarni jinoyat ekanligini bilganligi, qonunda ularni sodir etish taqiqlanganligini bilganligi
asos qilib olingan.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, ularni faqat o'n sakkiz yoshga to'lganlargina
sodir qila oladilar. 1959-yili qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan
jinoyatlar ro'yxati «Umumiy» qism moddasida (10-modda) berilmaganligi tufayli subyekt yoshiga qarab javobgar qilish
masalasida xatoga yo'l qo'yishlar bo'lar edi. Amaldagi Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la
oladigan jinoyatlarning ro'yxati beriUb, bu borada yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolarga chek qo'yildi.
O'n sakkiz yoshga to'lganlar quyidagi jinoyatlarning subyekti bo'la oladilar: 122-modda (voyaga yetmagan yoki
mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash); 123-modda (ota-onani moddiy ta'minlashdan
bo'yin tovlash); 127-modda (voyaga
Jinoyat kodeksining 10-moddasida ushbu prinsip belgilangan bo'lib, unga ko'ra: «qilmishida jinoyat tarkibining
mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart».
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi:
1. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksida belgilangan jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari
qo'llanilishini;
2. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishda qonunda ko'rsatilgan mavjud barcha asoslar va shartlar
bo'lgandagina yo'l qo'yilishini bilidiradi.
«Bu prinsip jinoyat huquqiy xususiyatdan ko'ra, ko'proq jinoyat protsessual xususiyat kasb etadi», degan fikr
ko'pgina mamlakat-larning Jinoyat kodeksiga kiritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: