O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
2.4. Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi hududiylik luqarolik, universal va aniqlik prinsiplariga 
asoslanadi. 
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi haqidagi masala muhim siyosiy ahamiyatga egadir, chunki bu 
masala davlatimizning mustaqifligi va suveren huquqi bilan bevosita bog'liqdir. 
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi Jinoyat kodeksining 11-12-moddalaridaberilgan. Jinoyat 
kodeksining 11-mod-dasida O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladigan 
qoidalar belgilab berilgan. Unga muvofiq qilmish: 
1. O'zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to'xtatilgan bo'lsa; 
2. O'zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan 
bo'lsa; 
3. O'zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo'lsa; 
4. Bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo'lib, uning bir qismi 
O'zbekiston hududida yuz bergan bo'lsa, O'zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi. 
O'zbekiston bayrog'i ostida yoki O'zbekiston portida ro'yxatga olingan dengiz yoki havo kemasi O'zbekiston 
hududidan tashqarida bo'lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun 
ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyat kodeksi 11-moddasiga binoan jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd qilish chet elda amalga oshirilib, 
O'zbekiston hududida tugatilsa yoki jinoiy oqibat ro'y bersa, jinoyat respublika hududida sodir etilgan, deb hisoblanadi. 
Ushbu moddadagi qoidalarga ko'ra, agar jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, dalolat qilish, yordamchilik chet el davlatlarida 
sodir etilsa-yu, bajaravchi O'zbekiston Respublikasi hududida harakat qilgan bo'lsa, yoki aksincha, ishtirokchilik 
O'zbekiston hududida ro'y berib, bajaravchi chet elda harakat qilgan bo'lsa, jinoyat O'zbekiston hududida sodir etilgan 
hisoblanadi. 
Agar qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to'g'risidagi 
masala O'zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo'lmasa, ular O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan 
holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi. 
Jinoyat kodeksining 11-moddasida ifodalangan 
hududiylik prinsipi 
shuni anglatadiki, bu prinsip davlat 
hokimiyatining suverenitetidan kelib chiqadi va uning huquqda, xususan, jinoyat huquqida ifodalanishi hisoblanadi. 
Davlat suvereniteti va hududiylik prinsipi davlat hokimiyatining muayyan hudud doirasida chegaralanganligi va uning 
qonunlari ushbu hududdagina amal qilishini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan har bir 
shaxs uning O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs ekanligidan qat'iy 
nazar, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Yer kurasining 
muayyan bir qismida O'zbekiston mustaqil hududga ega ekanligi uning suveren davlat bo'lishini ta'minlaydi. Davlatning 
hududi deganda, O'zbekiston suvereniteti ostida bo'lgan hudud tushuniladi. Bu hudud quruqlik, suv va havo yo'llari 
chegarasi bilan belgilanadi. 
O'zbekiston Respublikasi hududiga diplomatik va konsulliklar joylashgan chet davlatdagi hududlar ham kiradi. 
Ular joylashgan hudud xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga ko'ra eksterritorial, ya'ni ularda jinoyat sodir 
etilsa, mahalliy qonunga emas, balki ular qaysi davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlatning milliy qonunchiligiga asosan 
javobgarlik masalasi hal qilinadi. Shuning uchun diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasa-larida sodir etilgan 
jinoyatlar O'zbekiston Respublikasi qonun-chiligi bilan javobgarlikka tortiladi. Respublikada boshqa davlatlarning 
vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar ham shunday hal qilinadi. Vakolatxona hududi sifatida, nafaqat, 
vakolatxona binolari, shuningdek, bu bino joylashgan yer uchastkasi, ushbu davlat hududi yurisdiksiyasida imunitetga 
ega bo'lgan vakolatxona boshliqlari, xizmatchilari tomonidan egallangan yashash joylari, ularning mashinalari ham 
hisoblanadi. 
Agar jinoyat vakolatxona hududi yoki uning xizmatchilariga qarshi O'zbekiston hududida turib sodir etilsa, 
O'zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, boshqa hollarda esa, boshqa davlat hududida sodir etilgan hisoblanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish