О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus
jahon tarixi 3-kurs majmua
O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________ 31-mavzu: Ukraina Respublikasi mustaqilligining tiklanishi va rivojlanishi Reja: Mustaqillikning tiklanishi; Ukraina va Rossiya munosabatlaridagi o’zgarishlar; Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar. Aholi soni va sanoat salohiyati bo'yicha SSSR da ikkinchi o'rinda turgan Ukrainada milliy harakatlar Boltiqbo'yiga nisbatan kechroq boshlandi. Ammo bu harakat chuqur tarixiy ildizga ega bo'lib, hech qachon tugamagan va, ayniqsa, g'arbiy hududlarda Belorussiyadagiga nisbatan ancha kuchliroq edi. Qayta qurish va oshkoralik yillarida ruslashtirishga qarshi chiqqan dissidentlar faollashdi, mamlakat mustaqilligi uchun kurashuvchi natsionalistlar, ya'ni milliy-ozodlik harakati qatnashchilari ochiq faoliyat yurita boshladi. Ular tuzgan eng obro'li tashkilot 1. Droch va V. Chernovillar boshchilik qilgan Ukraina Xalq harakati (Rux) edi. Qariyb 73 foizi ukrainlardan iborat bo'lgan aholi konformistik ruhda emas edi. Ammo 1989-yilning bahoridagi SSSR Xalq deputatlari syezdida qatnashgan Ukraina vakillarining ko'pchiligi SSSRni so'zsiz saqlab qolish tarafdori bo'lib chiqdilar. Faqatgina oktabrga kelib Oliy rada (OR) ukrain tilini davlat tili deb e'lon qildi. 1990-yilda Oliy radaga bo'lgan saylovlarda o'rinlarning choragini Rux tomonidan tuzilgan demokratik blok egalladi. Uning tashabbusi bilan OR 1990-yil yozida Ukraina suverenitetini e'lon qildi va Kiyevda bo'lib o'tgan son-sanoqsiz ommaviy namoyishlardan so'ng kommunistlardan bo'lgan bosh vazirni vazifasidan chetlashtirdi. OR raisi natsional-demokratlardan bo'lgan L. Kravchuk bo'ldi. 1991-yil avgustida OR Ukraina mustaqil bo'lganligini e'lon qildi va bunga qarshilik ko'rsatgan kompartiyani taqiqladi. Kuzda oz sonli millatlarga milliy-madaniy muxtoriyat huquqi berildi. 1991-yil dekabrda bo'lib o'tgan umumxalq referendumida fuqarolarning 80 foizidan ko'prog'i, jumladan, aholining 22 foizini tashkil etgan ruslarning ko'pchiligi ham mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan respublika prezidenti saylandi. U L. Kravchuk edi. Qisqa muddat ichida Ukraina o'z hududida joylashgan o'nlab sovet diviziyalari va ularning quroli asosida mustaqil mamlakat uchun zarur bo'lgan qurolli kuchlar va maxsus xizmatlarni tashkil etishga ulgurdi. Ammo xalq ham, yangi partiyalar ham, eski Sovet (Kengash) lar ham islohotlarga tayyor emas edi. Ittifoq buyurtmalari va yoqilg'i-energiya manbalaridan mahrum bo'lgan sanoatda, 1992-yilda mahsulot ishlab chiqarish 30 foizga qisqardi va kamayishda davom etdi. Energiya manbalarini sotib olish va ishlab chiqarishni yangilash uchun mablag' yo'q edi. Dastlabki fermerlar paydo bo'lgan bo'lsa-da, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ham qisqardi. 1994-yilda aholi jon boshiga YA1M 200 AQSH dollarigacha pasayib ketdi. Milliy valuta — awal karbovanes, keyinchalik grivna joriy etilishiga qaramasdan, inflatsiya o'sib bordi. Avvaliga davlat tomonidan qisqartirilgan narxlarning tartibga solinishi 60 foizga tiklandi. Ammo bu yashirin iqtisodiyotning o'sishi va korrupsiya (mansabdorlarni pora bilan sotib olish)ning avj olishiga ta'sir ko'rsatolmadi. 1994-yilgi oziq-ovqat narxi 1990-yildagiga nisbatan 4—5 baravar yuqori edi. YAIM ning 40 foizdan ko'prog'i ijtimoiy ta'minotga yo'naltirilganligiga qaramasdan, aholining qashshoqlikda yashashi, shaxtyorlar, metallurglar va boshqa ishchilarning yirik ommaviy norozilik chiqishlariga sabab bo'ldi. Hukumat boshqa muammolarga ham duch keldi. Uniatlar, katolik-greklar va rim-katoliklarning diniy markazlari hamda pravoslav cherkovi muxtoriyati qatoriga undan ajralib chiqqan Ukrain pravoslav cherkovi markazi ham qo'shildi. Ko'pgina ruslar yashaydigan sharqiy mintaqalarda rus tiliga ham davlat tili maqomini berishni va, hatto, Ukrainaning federativ tuzumini yoqlab chiqqan harakat ham yuzaga keldi. Qrimda, uning xo'jaUgi Ukrainaning boshqa viloyatlari bilan chambarchas bog'liqligiga qaramasdan, ko'pchilikni tashkil etuvchi rus aholining asosiy qismi yarim orolning Rossiyaga qo'shilishi yoki unga mustaqillik berilishini talab qildi. Bu vaziyatni Rossiyadagi obro'li doiralarning Qrimga, Qora dengiz floti va uning Qrimdagi bazalari, eng awalo Sevastopolga da'vo qilishlari yanada murakkablashtirdi. Qrimdagi ko'pchilik ruslarning ommaviy chiqishlari 1992-yilda Ukraina hukumatini Qrimning maxsus mavqeyini tan olishga majbur etdi. Ammo keyinchalik Qrimning maxsus maqomga ega bo'lishi uchun harakatlar bozor islohotlari tarafdorlari va kommunistlar o'rtasidagi keskin kurash tufayli to'xtatildi. Natijada 1995-yilda «Qrim davlatchiligi» barham topdi va viloyat hukumatiga bo'ysundi. Murakkab muzokaralardan so'ng, 1994-yil boshida Ukraina, Rossiya va AQSH o'rtasida unga SSSRdan meros qolgan raketa-yadro quroli Ukrainaga tegishli ekanligi, ularning Rossiyada zararsizlantirilishi va AQSH tomonidan ikkilamchi xomashyoning sotib olinishi to'g'risidagi bitim tuzildi. Bu Ukrainaga o'zining yadro qurolidan voz kechganligini tasdiqlash va uni tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomaga qo'shilishga imkon berdi. Qora dengiz floti va uning bazalari hamda energiya tashuvchilarni sotib olish to'g'risida Rossiya bilan 1992-yilda boshlangan muzokaralar uzoq cho'zildi va ularni nihoyasiga yetkazish boshqa prezidentga nasib etdi. Yangi prezident umumxalq saylovlari 1994-yilning yozida bo'lib o'tdi. Ikkinchi bosqichdagi keskin kurashdan so'ng L. Kuchma g'alaba qozondi. U iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mulkchilik va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash hamda mamlakatning dunyo hamjamiyatida faol qatnashishi tarafdori edi. Qiyinchiliklarni chetlab o'tish maqsadida, L. Kuchma hokimiyat to'g'risidagi buyrug'ida hukumat va uning faoliyatini prezidentga bo'y-sundirdi. Bu 1994-yilning kuzidan boshlab ko'p yillik bozor islohotlari dasturini amalga oshirish imkonini berdi. Ammo parlamentdagi muxolifat islohot uchun zarur qonunlarning qabul qilinishiga to'sqinlik qilardi. 1996-yilda OR qayta saylanganidan keyingina prezident natsional-liberallar va natsional-demokratlar yordami bilan yangi konstitutsiya qabul qilinishiga erishdi. Ta'lim tuzilishi va tarkibini yangilash, sog'liqni saqlashni isloh qilish, ukrain tilini qo'llashni kengaytirish va ukrain madaniyatini rivojlantirish faollashdi. Bu rusiyzabon aholi bir qismining noroziligiga sabab bo'ldi. Ukrainada o'tkazilgan islohotlar mulkchilik va ishlab chiqarish tuzilishini asta-sekin o'zgartirdi. 1998-yilga kelib davlat ixtiyorida barcha korxonalaming atigi 15,4 foizi qoldi. Ularning katta qismi menejer va aksionerlar qo'liga o'tdi. Ammo iqtisodiyot va aholi ahvolining umuman yaxshilanishi-ga erishish uchun samarali mulk egalari yetishmas edi. Aholi turmush darajasining sekin o'zgarishi, hukumat yo'l qo'ygan xatoliklar va korrupsiya ko'pchilikda prezident tanlagan yo'ldan norozilik va unga nisbatan shubha uyg'otdi. Ammo kommunistlar va boshqa raqiblarning chiqishlariga qara-masdan, 1999-yilda Kuchma yana prezidentlikka saylandi. Biroq 2000-yil oxirida muxolifatchi kuchlar Kuchmani va maxsus xizmatni bir jurnalistning o'limiga daxldorlikda aybladi va mamlakatda prezident iste'fosini talab qiluvchi harakatlar yuzaga keldi. Mamlakatda uzoq muddatii va jiddiy siyosiy inqiroz boshlandi. 2004-yil oxirida prezidentlikka saylovlar nihoyatda murakkab sharoitda o'tdi. V. Yanukovich g'alaba qilgan birinchi saylov natijalari noqonuniy deb e'lon qilindi. Dekabrda ikkinchi marta ovoz berishda V. Yushchenko g'alaba qildi. «Zarg'aldoq inqilob» amalga oshdi va mamlakatda G'arbchilar pozitsi-yasi mustahkamlandi. 2005-yilda u hukumat rahbarini almashtirdi. Ukraina bilan Rossiya o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi keng va uzoq muddatii shartnoma imzolangan va ularning 2004-yilgacha iqtisodiy hamkorligi dasturi kelishib olingan edi. Nihoyat, Rossiya Qora dengiz floti-ning katta qismiga egalik qildi. Ukrainadan Lining ulushidagi ko'pgina kema-larni oldi va Sevastopoldagi flot bazasini ijaraga oldi. Yalpi ichki mahsulotning yarmini tashkil etgan tashqi qarzlardan qutulish, o'sib borayotgan inflatsiyani bartaraf qilish uchun Ukraina hukumati Xalqaro Valuta Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlardan yordam so'radi. U Gruziya, Ozarbayjon va Moldova davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Qora Dengiz davlatlari tashkilotida ishtirok etmoqda. Ukraina rahbariyati YEI mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda va xavfsizlik kafolati sifatida NATOning «tinchlik uchun sheriklik» shartnoma-siga amal qilmoqda. Ukraina hozirgi vaqtda xalq xo'jaligini bozor iqtisodiga moslab rivojlantirish yo'lidan bormoqda. Bu o'rinda og'ir sanoat, transport va energetikaga alohida urg'u beriladi. Rossiya gazini yetkazib berishda ishkalliklar tufayli gidroenergetika va shaxta metanidan foydalanish, shuningdek, O'rta Osiyo neftini gazoprovod orqali olib kelish rejalari tuzilmoqda. YAIM 131,2 mlrd dollarni, o'rtacha aholi jon boshiga mahsulot yetishtirish 2829 dollarni tashkil qiladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |