О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


«Kommunizm qurish» dasturining qabul qilinishi



Download 4 Mb.
bet108/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

«Kommunizm qurish» dasturining qabul qilinishi KPSSning 1959-yilda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari XXI syezdi SSSRda sotsializm «to'la va uzil-kesil g'alaba qozondi», degan xulosaga keldi. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro'y bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi.
Aslida bu kommunistlarning navbatdagi xomxayollari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol hodisa ulkan tarixiy g'alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet rahbariyati tomonidan yanada xomxayol bo'lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo'ldi. Bu — SSSRning endi kommunistik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo'yganligi haqidagi xulosa edi.
Va, nihoyat, KPSSning XXII syezdida (1961-yil) KPSSning yangi dasturi — Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi. Xo'sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi?
Birinchidan, bu — ishlab chiqarish vositalari to'la umumxalq (aslida davlat) mulki bo'lgan jamiyat edi.
Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiyjihatdan batamom teng bo'lgan sinfsiz jamiyat edi.
Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo'1-ko'l bo'lgan, to'lib-toshib turadigan va, natijada, har kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan har kim ehtiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi.
To'rtinchidan, bu — mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anglangan zaruriyat bo'lib qoladigan jamiyat edi.
Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta'kidlandi:

KPSS dasturida bundan-da badtarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—1970-yillar oralig'idagi o'n yil ichida iqtisodiy taraq-qiyotda AQSHga yetib olish va undan o'zib ketish; b) 1970— 1980-yillar oralig'idagi o'n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati rahbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy rahbariyat o'rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N. Xrushyov vazifasidan olib tashlandi.
Hokimiyat L. I. Brejnev qo'liga o'tdi. Uning davrida iqtisodiy islohot o'tkazilishiga urinildi. Biroq bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg'ab olgan bir sharoitda bu tabiiy hoi edi. Chunki qotib qolgan, hayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura har qanday tub islohotni sotsializm asoslariga zarba deb baholardi.
KPSSning kommunizm qurish rejasi barbod bo'lgach, L. I. Brejnev KPSSning XXIV syezdida (1971-yil) «rivojlangan sotsializm» nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig'ida rivoj­langan sotsializm bosqichini bosib o'tishi lozimligi «asoslandi». Hayot, vaqt bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi.
SSSRning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg'unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma'muriy-buyruq-bozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo'ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish