О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet107/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________




15-MAVZU: Sovet davlati urushdan keyingi yillarda


Reja:
1. SSSR urushdan keyingi yillarda.
2. Yangi qatag`onlar davri
3. SSSRda “kommunizm qurish” dasturining qabul qilinishi.
Tayanch so’zlar: «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»,totalitar sotsializm, «sovetlarga qarshi millatchi guruh»,«Shahidlar Xotirasi» yodgorlik majmuasi, Kommunizm qurish dasturi
SSSR urushdan keyingi yillarda SSSR fashistlar Germaniyasini mag'lubiyatga uchratishda asosiy rol o'ynaydi. Biroq, g'alaba katta talafotlar hisobiga qo'lga kiritildi. Chunonchi, SSSRning 27 mln fuqarosi halok bo'ldi. Halok bo'lganlarning 11,5 mln ga yaqini askarlar edi.
Bundan tashqari, SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo'qotdi. Sanoatning xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi.
Endi sovet davlati oldida mamlakat xo'jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR Oliy Soveti xalq xo'jaligini rivojlantirishning to'rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1950-yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga).
Ayni paytda sanoatning tez sur'atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko'p millionli sovet tutqinlarining hamda 1,5 mln nemis, 0,5 mln yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd dollar hajmidagi tovon, shuningdek, kapital mablag' asosiy qismining sanoatga yo'naltirilganligi ham katta rol o'ynadi.
Urushdan keyingi yillarda yana o'zgacha fikrlovchi kishilarni qatag'on qilish boshlandi. O'zgacha fikrlovchilarni qatag'on qilish — totalitar sotsializmning yo'ldoshidir. Chunki totalitar sotsializm — kuchga hamda yolg'on aqidalarga asoslanadigan jamiyat. Biroq har bir davrda totalitar sotsializm himoyachilari qatag'on boshlash uchun bahona sifatida nimanidir asos qilib oladilar. Urushdan keyingi qatag'onlarda ham shunday qilindi.
Xo'sh, bu safargi qatag'onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma'lum qismi SSSRda ham, G'arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istardilar. Ayni paytda bunday chuqur o'zgarishlarga islohotlar yo'li bilan erishishni taklif ham etganlar. BMTning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni SSSR ham imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi.
Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o'rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishni, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta'minotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo'lga qo'yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo'lib berish yo'li bilan kolxozlarni amalda tugatishni taklif etdilar.
Siyosiy sohada esa muqobil saylov, rahbarlikka saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) respublikalarda esa ularning huquqlarini kengaytirish haqidagi takliflarni ilgari surdilar. Biroq SSSR rahbariyati bu takliflarni sotsializmni ichdan qo'porish, taklif mualliflarini esa sotsializmga qarshi unsurlar, deb baholadi. Bu esa yangi qatag'onlar kompaniyasining boshlanishiga turtki bo'ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg'or qismi, partiya-sovet xodimlari, respublikalar-ning milliy kadrlari qatag'onga uchradi.
Jahonliklar ham bu qatag'ondan chetda qolmadi. Xususan, 1951-yilda mustabid tuzumning tayanchi bo'lmish xavfsizlik xizmati go'yo res­publika «Yozuvchilar uyushmasi»da va ayrim matbuot organlarida «uya qur-gan» 12 kishidan iborat «sovetlarga qarshi millatchi guruh»ni «fosh» etdi. Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu «faoliyati» natijasida yozuvchi va shoirlar Shukrullo, Shuhrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim H. Sulaymon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga hukm qilindilar.
SSSRda 1930— 1953-yillar oralig'ida jami 3,8 mln ga yaqin kishi qatag'on etildi. Ulardan 800 mingga yaqini otib tashlandi. Jahonda 1937—1953-yillarda 100 ming kishi qatag'on etildi. Ularning 15 minggi otib tashlangan. Islom Karimov Toshkentdagi «Shahidlar Xotirasi» yodgorlik maj-muasining ochilishi marosimida bu dahshatli holatni ta'riflab, «zulm va zo'ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o'zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg'otishga, xalqni boshqarishga qodir bo'lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo'lida fidoiylik ko'rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining...» qancha-qanchalari jismonan yo'q qilinganligini ta'kidlagandi.
To'g'ri, 1953-yilda I. Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag'on etilganlar oqlandi. Biroq, mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag'on qilish I.Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo'lmagan bo'lsa-da, 70—80-yillarda ham davom etdi. Ular yakka-yakka tartibda ta'qib etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruhiy kasalliklar kasalxonalariga yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo'lganlar uy qamog'ida yoki badarg'ada saqlandi. Ba'zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
I. Stalin vafotidan so'ng rahbarlik lavozimini N. Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo'lib o'tgan KPSSning XX syezdida I. Stalin shaxsiga sig'inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Mamlakatning ilg'or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bilan qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalinizm yangi ko'rinishda davom etaverdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish