О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet115/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

SSSRning parchalanishi SSSRning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta bo'lgan-ligiga SSSRning 70-yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yillarida KPSS obro'si borgan sari yo'qolib bordi. Partiyada poraxo'rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Kon-stitutsiyasiga yozib qo'yilgan KPSSning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi la­vozim — SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari 111 syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi.
M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSRni qanday bo'lmasin saqlab qolish edi. Chunki u o'zi boshlagan islohot SSSRni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi.
M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to'g'ridan to'g'ri muzokara o'tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi.
Unga ko'ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo'qotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug'ullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yo'qotib, millat-lararo muloqot tiliga aylanardi.
Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hoki-miyatni qoidan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga o'tar kechasi davlat to'ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda Holat Davlat Qo'mitasi tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHPga SSSR vitse-prezidenti G. Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSRning ba'zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSRning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to'xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o'tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vosi-talari nazoratga olinganligi e'lon qilindi.
Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHPni qoilab-quvvatlamadi. Aksincha, ular GKCHPga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida boidilar. B. Yelsin moskvaliklarni GKCHP­ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHPni qoilab-quvvatlamadi. G'arb davlatlari ham GKCHPni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo'lgan GKCHP oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHPning barcha rahbarlari davlat to'ntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar.
Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M. S. Gorbachyov SSSRni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSRni tuzgan 3 davlat — Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari 1991-yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e'lon qildilar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladilar.
Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Jahon, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kuni M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste'fo berdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish