О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet348/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

XX asr ikkinchi yarmi adabiyoti
Ikkinchi jahon urushidan so'ng boshlangan «sovuq urush» badiiy ijodga ham ta'sir etmay qolmadi. Bu — ijodning g'oyaviylik tomoni badiiylikdan ustun kela boshlashida o'z ifodasini topdi. Bu davr badiiy madaniyatida neorealizm (yangi realizm) oqimi paydo bo'ldi. U adabiyotda ham o'z ifodasini topdi. Neorealizm — o'z oldiga «bo'yab-bezalmagan», haqiqiy hayotni ko'rsatishga intiluvchi oqim edi.
Neorealistlar (adabiyotda ham, tasviriy san'atda ham) tomoshabin yoki o'quvchi ko'z o'ngida qashshoqlikda hayot kechiruvchi insonlarning butun Rcunmmaiarmi fiaqqomy tasvirlab berdilar. Asarlarida ijtimoiy adolat uchun kurashni aks ettirishni o'zlarining burchi, deb bildilar. O'z asarlari qahramonlariga samimiy muhabbatlarini izhor eta oldilar.
Ulardan so'ng nemis adabiyotining asosiy mavzusi Ikkinchi jahon urushi bo'ldi. Fashistlar targ'ibotiga aldangan, ma'naviy va jismoniy ezilgan avlod taqdiri taraqqiyparvar adiblar ijodini chetlab o'tmagan. Chunonchi, adib X. Byoll va haykaltarosh F. Kremerlar urush yillaridagi konslager o'rnida kompozitsiya bunyod etdilar. Kompozitsiyada mahbuslarning ruhiy holati, tug'yoni va kuchi haqqoniy aks ettirildi.
«Kichkina» insonda insonparvarlik qarashlari boshlanishining tantanasi E. Xeminguey ijodida bosh mavzu bo'ldi. Uning bu mavzuga bag'ishlangan «Choi va dengiz» (1952) qissasi XX asr ikkinchi yarmi badiiy adabiyotining yuksak namunasi bo'ldi. Bu asar Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.
Bu davr sovet adabiyotida dissidentlik ham kuchaydi. B. Pasternak, A. Soljenitsin bu adabiyotning yirik vakillari edi. Ular o'z asarlarida xalqqa sovet tuzumining haqiqiy mohiyatini yetkazishga o'zlarida jasorat topdilar. Bu o'rinda A. Soljenitsinning «GULAG arxipelagi» asari keng shuhrat qozondi. Bu asar 1973-yilda chet ellarda chop etilgan edi. Sovet davlati rahbariyati A. Soljenitsinni mavjud tuzumga bo'hton qilganlikda aybladi va uni 1974-yilda SSSR dan chiqarib yubordi.
Bu davr adabiyotiga Lotin Amerikasi davlatlari adiblari ham munosib hissa qo'shdilar. Ular Lotin Amerikasi davlatlari hayotidagi illatlarni haqqoniy tasvirladilar. Chunonchi, J. Amadu (Braziliya), M. Asuel (Mek-sika), G. Markes (Kolumbiya) kabi adiblar o'z asarlarida tub yerli aholining fojiali taqdirini, monopoliyalarning zo'ravonligini, diktatorlik tartiblarining yovuzliklarini, dehqonlarning yer uchun kurashlarini badiiy bo'yoqlarda va haqqoniy ko'rsatib bergan edilar.
Bir so'z bilan aytganda, taraqqiyparvar adabiyot bugungi kunda ham ezgulikka xizmat qilmoqda. 2002-yilda venger yozuvchisi Imre Kertesning (1929) xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanganligi bu fikrning dalilidir.
I. Kertesning bunday yuksak mukofotga munosib topilgan asarlari («Angliya bayrog'i», «Izquvar») Ikkinchi jahon urushidajahannamfabrikalari — konslagerlardagi tutqunlar taqdiri haqida hikoya qiladi.
Muallifning o'zi ham 1944-yilda konslagerga tashlangan, u fashizm-ning qay darajada vahshiy ekanligini ikki yil ocz ko'zi bilan ko'rgan, Osvensim va Buxenvald konslagerlarida 60 ming nafar vengriyalik yahudiylarning o'ldirilishiga guvoh bo'lgan.
XX asr she'riyati unga faylasuf shoirlar kiribkelganligi bilan ajralib turadi. Bu XX asr she'riyatining o'ziga xos xususiyati edi. Faylasuf shoirlar dunyoni yangilash jarayonida faol ishtirok etishni o'zlarining ijtimoiy vazifalari deb hisobla-ganlar.
Faylasuf shoirlar she'riyat muxlislarini inson hayotining ma'nosi hamda inson mavjudligining asosiy qadriyatlari haqida chuqur mushohada qilishga undashdi. XX asr shoirlarining insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari faqat bu bilangina cheklanmaydi. Ular urushlar va ijtimoiy inqirozlar davrida ham insonlarni go'zallik bilan oshno etdilar. Ularda ke-lajakka ishonch ruhini rag'batlantirdilar.


Taraqqiyparvar shoirlar tinchlikni, ozodlikni, taraqqiyot va demokratiyani kuyladilar. Ular ichida, ayniqsa, nemis shoiri B. Brext va ispan shoiri F. Lorka (1898-1936) she'rlari katta shuhrat qozondi. B. Brext ijodining asosini she'riy pyesalar tashkil etgan. B. Brext she'riyati — dunyoni yangilash uchun kurashda o'ziga xos jangovar chaqiriq vazifasini o'tadi, deyish mumkin. Uning she'rlari ta­raqqiyparvar kuchlarni fashizm va dikta- turaga qarshi kurashga chorlagan, oddiy mehnat ahliga muhabbat ruhi bilan su-g'orilgan edi.


U yaratgan «Uch kunlik opera», «Galileyning hayoti» va «Sichuanlik muruvvatpesha» kabi asarlar katta shuhrat qozondi. Ularda hayotning ma'nosi, oila, burch, muhabbat va inson qadr-qimmati haqida chuqur fal-safiy fikrlar ilgari surildi. Ayni paytda hukmron doiralarning axloqsizligi fosh etildi. Insonparvarlik ulug'landi. Urushga qarshi kurashga da'vat etdi. Quyidagi satrlar bu fikrlarni to'la tasdiqlaydi:
Ey, dunyoning xalqlari, Kulfat kuni qo'zg'oling! Bu kurrai zaminni Volidangiz deb biling.
Oq, sariq, qizil, qora! Og'a qonin to'kmangiz! Axir dunyo juda keng Yetar bizga boshpana.
F. Lorka ispan she'riyatining faxri hisoblanadi. U ispan fashizmiga qarshi kurashganlar safida bo'ldi. 1936-yilda u fashistlar tomonidan o'ldirildi.
1917-yilgi to'ntarishdan so'ng Rossiyada ijodkor ziyolilar nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldilar. Ularning bir qismi chet ellarga ketishga majbur bo'ldilar. Vatanida qolganlar esa vijdonlariga qarshi ish tutmaganlar. Ya'ni ularg'ayriinsoniyjamiyatni — sovet jamiyatini, uning rahnamosi — bolshe-viklar partiyasini tarannum etmaganlar.
Ular orasida A. Axmatova (1889—1966), N. Gumilev (1886—1921), S. Yesenin (1895-1925), A. Blok (1880-1921) va O. Mendelshtam (1891-1938) va boshqalar, ayniqsa, mashhur edilar. Ularning hayoti og'ir kechdi. Chunonchi, N. Gumilev 1921-yilda otib tashlandi. S. Yesenin o'z joniga qasd qildi. O. Mendelshtam 1938-yilda otib oldirildi. Ommaviy qatag'on-larga qaramay, rus adabiyoti totalitar tuzum sharoitida ham yashab qolishning uddasidan chiqdi. Ayni paytda uning shuhratini dunyoga taratishga ham muvaffaq bo'ldi.
^aniqli Chili shoiri Pablo Nerudaning (1904—1973) «Ispaniya mening yuragimda», I. Bexerning «Asr o'rtasidagi qadam», fransuz shoiri Jak Preverning (1900-1977) satirik va lirik she'rlari, shuningdek R. Hamzatov, Q. Quliyev, Ye. Yevtushenko, A. Oripov, E. Vohidov, V. Visotskiy, Abdu-rahmon al-Homisiy va boshqalarning she'rlari insoniyatni olg'a chorlab, yashashga ishtiyoq uyg'otishga, Vatanni sevishga xizmat qilmoqda. Mana bu satrlar ular fikrini o'zida ifodalaydi:
Ortimizdan kelar boshqalar, Ko'proq bo'lar sabri ularning Epchilligi, va qat'iyati. Ko'rkamligi, kuchini ko'rib, Dunyo bo'lur ularga taslim. Yordam berar shunda ularga Biz yaratib ketgan qo'shiqlar.
Osiyolik yozuvchilardan Lu Sin (1896-1981) xitoy realistik adabiyoti. asoschilaridan biri edi. Mao Dun (1896—1981), Ba Izin «So'nggi quyosh», «O'ychanlik», Li Sun Bao «Tog'lar orasida o'n to'qqiz mozor» asarlari bilan tanildi. Hindistonlik Yashpalning (1903-1976) «Yolg'on haqiqat», «Divya», romanlari, turkiyalik Nozim Hikmatning ajoyib she'rlari, Aziz Nesinning achchiq satiralari, afrikalik shoir va davlat arbobi A. Netoning ozodlikka undovchi she'rlari, Piter Abrahamsning «Tun hukmronligida» asari, Chili shoiri Pablo Neruda, braziliyalik yozuvchi Jorji Amadu asarlari dunyo xalqari tomonidan sevib o'qilmoqda.
San'at XX asr ikkinchi yarmida G'arb tasviriy san'atida syurrealizm oqimi paydo bo'ldi. Bunga hammaqatori o'z farzandlarini sevuvchi, klassik musiqani qadrlovchi, o'zining Vataniga, burchiga sodiq, odam qiyofasidagi odam, biroq insoniyat aqliga sig'maydigan vahshiyona jinoyatlar sodir etgan fashistlar kirdikorlari fosh etilganligi sabab bo'ldi.
Syurrealistlar tashqi ko'rinish, tashqi qiyofa, tashqi dunyo ichki dunyo bilan mutanosib emas, u ichki dunyoni boricha aks ettira olmaydi, deb hisoblardilar. Shu tariqa ular realizmdan ham ustunroq, оЧа realizmni-syurrealizmni yaratdilar.
Syurrealistlar fikricha, o'ta realizm bizni o'rab turgan real dunyo bilan mos emas. Oliy reallik (o'ta reallik) insonlardan yashirinib turadi. Uni aql-idrok bilan anglab bo'lmaydi. Ularning fikricha, rassomlar instinktlarga, tushlarga erk berishlari kerak edi. Syurrealizmning kubistik yo'nalishidagi namoyandalari Pablo Pikasso (1881-1873), Mark Shogal (1899-1995), Salvador Dali (1904-1989) va boshqalar edi.
Aslida syurrealizm real voqelikdan uzilib qolish edi. Syurrealizmning ko'rinishlaridan biri — abstraksionizm (mavhumlik —noma'lumlik, uzoqlashish) real voqelikdan uzilib qolishda syurrealizmdan ham o'tib ketdi. Bu oqim ta-rafdorlari fikricha, tasviriy san'at voqelikni emas, balki rassom ongining holatini ifodalashi, rassom his-tuyg'ularining in'ikosi bo'lishi kerak edi.
Abstraksionistlar ijodida (Ch. Novard, S. Devis, Retner, Morris va boshqalar) his, tuyg'u, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon etilgan. Ularda mazmun va shakl bir-biriga singib ketib, an'anaviy tushunchadagi mazmun va shakl o'z mohiyatini yo'qotgan.

Kino

XX asrning eng mashhur rejissori va aktyori Charlz Spenser Chaplinning (1899—1977) ijodi
jahon kinosi tarixida tanqidiy realizmning porloq sahifasidir. U «Ulkan shahar chiroqlari», «Yangi zamonlar» filmida jamiyatdagi olchoqlikni tanqid qildi. «Diktator» filmida esa fashizmga qarshi pamflet bilan maydonga chiqdi. U «Nyu-Yorkdagi qirol» filmida jamiyatdagi axloqsizlikni fosh qildi. Chaplin achchiq satirasi tufayli mamlakatni tashlab, Yevropaga muhojir bo'lib ketishga majbur bo'ldi.
Fransuz rejissori Rene Kler «So'nggi milliarder» nomli antifashistik filmida telba diktator «islohotlari»dan kuladi. Neorealizm oqimi namoyan-dalaridan italiyalik Roberto Rossellini, Vittorio de Sek, Juzeppe de Santis,Petro Jermilar shuhrat qozondi. «Rim — ochiq shahar», «Zaytun tagida dunyo yo'q», «Velosiped o'g'rilari» va boshqa filmlar xalqning yashashga qobil ekanligini, ezguligini, adolat va birdamlikni aks ettirdi. Federiko Fil-linining «Yo'l», «Kabiriya tunlari» filmlarida parazitizm va axloqiy tanaz-zul ochib tashlanadi.
AQSH kinorejissori Stenli Kramerning «Bo'yin egmaganlar» filmni irqchilikni tanqid ruhida bo'lib, unda odamlarning tengligi va qardoshligi ochib beriladi.
O'z ijodini xalq hayoti, demokratik madaniyat yutuqlari bilan bog'lagan yirik kompozitorlar ajoyib
badiiy asarlar yaratishdi. Artur Oneger, Paul Xindemit, Bela Bartoj, Jorj Gershvin, Bekjamin Britten musiqada realistik yo'nalish nomoyandalari edilar.
Fransiyalik buyuk kompozitor A. Oneger hayoti va ijodi murakkabdir. U Romen Rollanning «14-iyul» pyessasiga musiqa yozdi va «Janna d'Ark gulxanda» oratoriyasini yaratdi. Oratoriya urush yillarida dushmanga qarshilik ko'rsatuvchi fransuzlar harakatining musiqasi bo'lib qoldi.
Ingliz kompozitori Benjamin Brittenning «Harbiy» marsiyasi Konven-trining qaytadan tiklangan ibodatxonasida 1961-yilda birinchi marta ijro etildi kompozitor o'z asarining g'oyasini: «Marsiya kelajakka qaratilgan... Biz urush kabi falokatning oldini olishimiz kerak», — deb ta'rifladi.
Nemis shoiri va kompozitori Cans Eysler, iste'dodli xonandalardan Pit Siger, Bob Dilan, Joat Baez (AQSH), Jan Ferra (Fransiya), grek kompozitori Mikis Teodorakis qo'shiqlari butun dunyoga tarqaldi.
Ayni paytda ijrochilarning yuksak qobiliyati, yuqori jarangdor ovozlari, mukammal maqomi, tovushlarning hamohangligi muxlislarga katta ruhiy ta'sir o4kazadi. Bu hoi rok-musiqachilarni yoshlarning sevimli san'atkorlariga aylantirib qo'yadi. Shuningdek, rok-musiqa yoshlarning turli harakatlari va guruhlarini birlashtiruvchi kuchga aylandi. «Bittlz» qo'shiqlari o'zining chuqur ta'sirchanligi, ijro mahorati, chuqur ma'nosi va samimiyligi bilan hamon yagonaligicha qolmoqda. Bu ansamblning tashkilotchisi Jon Lennon edi. Uning tug'ilgan va halok bo'lgan kuni barcha qit'a yoshlari va rok-musiqachilari tomonidan har yili nishonlab kelinmoqda.
60-yillar oxiridan boshlab rok-musiqa xalqaro siyosiy masalalarga ham jiddiy e4ibor berib kelmoqda. Chunonchi, u mintaqaviy urushlarni, irqchilikni, militarizmni va narkomaniyani keskin qoralaydi. Bugungi kunda u ekologiya va xayriya masalalariga ham katta e4ibor bermoqda
Urushdan keyingi yillarda «pop-art» (ommabop) san'ati keng tarqaldi. «Pop-art» olg'irlari turli buyumlarning parchalaridan «rasm» va «haykallar» yaratdilar. «Pop-art» musiqa, kino, teatrga ham kirib bordi. «Pop-art» chinakam san'atning ommaga yetib borishini zaiflashtirdi.
Shunday qilib, tarixan 100 yilga yaqin vaqtni o'z ichiga olgan davrda adabiyot va san'atda buyuk o'zgarishlar bo'ldi. Chinakam, haqiqiy, xalqning ruhiga ta'sir etuvchi san'at o'lmas bo'lib qoldi. Yengil-yelpi, vaqtinchalik san'at tarix yo'llarida sargardon bo'lib qoldi. Dunyo xalqlari adabiyot va san'atning buyuk kuch ekanligiga ishonadilar. Chunki go'zallikni, inson qalbiga ta'sir etadigan voqealarni hamma yaxshi ko'radi.
Xulosa qilib aytganda, XX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi insonni misli ko'rilmagan yuksaklikka ko'tardi. Fan yutuqlari ishlab chiqarishda inqilob yasashga olib keldi. Madaniyat globallashdi. Ko'pgina joylarda milliy o'zlikni anglash jarayoni tezlashdi va umumbashariy madaniyatning kishilar qalbi, ongiga chuqur singishi davom etmoqda.
Prezident Islom Karimov bu jarayon haqida: «Kirib kelayotgan XXI asrda dunyoni madaniyat va ma'naviyat qutqaradi», — deb ta'kidlaganligi bejiz emas.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish