2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar.
Reja:
1.
XX asr 80-yillari oʻrtalarida rеspublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy hayotidagi inqirozli holat.
2.
1989
yil
oʻrtalarida
rеspublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi
oʻzgarishlar.
3.
Milliy manfaatlar ustuvorligining osib borishi.
4.
I.Karimov – Oʻzbekistonning Birinchi Prеzidеnti.
5.
Mustaqillik dеklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
6.
1991 yil avgust voqеalari.
XX asrning 70 - 80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura‘ti
tobora pasayib, sarf-harajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga
olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq - ovqat , agrar, energetika, ekologiya va
boshqa
sohalardagi
dasturlar
samara
bermadi,
iqtisodiy
ziddiyatlarni
chuqurlashtirib yubordi.
Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turg`unlik xolati sabablariga quyidagilarni
aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy - texnikaviy
yangiliklar sodir boʻldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali
foydalana boshladi. Mashina - fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan
kompleks ishlab chiqarishga oʻtib borildi. Ishlab chiqarishga hisob kitoblar,
yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron - hisoblash
apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qoʻllanila boshlandi.
Odamlar bajarib kelgan moddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni
texnika vositalari bajaradigan boʻldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv
taraqqiyot yoʻliga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib,
xizmat koʻrsatish sohasida, tibbiyot, ta‘lim, ilmiy faoliyatda band boʻlganlar soni
oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta‘lim va boshqa xizmat koʻrsatish
sohalarida keng qoʻllanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni
bajarishdan ozod boʻlib, oʻzini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida
turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.
Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy - texnika inqilobidan foydalanish yetarli
darajada yoʻlga qoʻyilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega boʻlsada,
xoʻjaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Koʻpgina mamlakatlar fan -
texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda
SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular
sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolayotgan edi. Ma‘muriy -buyruqbozlik tizimi,
iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh,
qilish yoʻlidagi urinishlarni yoʻqqa chiqarar edi. Ijtimoiy extiyojlarga mablag
ajratishda qoldiq printsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining
mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik,
giyoxvandlik, chayqovchilik, porahoʻrlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.
Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik,
majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning oʻz qonunlari va vositalari asosida
rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu
tufayli loqaydlik yuzaga keldi.
―Qayta qurish‖ - XX asrning 80 - yillari oʻrtalarida keng iste‘molga kirgan
tushuncha. ―Qayta qurish‖ KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev
va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita
bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh, yoʻli bilan oʻzgartirishga
qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi
mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy
sohalardagi muammolarni ―qayta qurish‖ yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan.
1987 - 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi boʻlib, endilikda
jamiyatning barcha jabxalarini kompleks tarzda isloh, qilishni kun tartibiga qoʻydi.
Jumldan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb
ta‘kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma‘lum darajada uyg‘otdi,
ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ
asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini
oʻzgartirish toʻg‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham
jamiyat a‘zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma‘lum ahamiyat kasb etdi. Biroq
ittifoqda tub demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni
oxiriga yetkazish mumkin bulmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan,
qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yoʻq edi.
Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.
Xullas, M. S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi
tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda
ma‘lum oʻzgarishlar sodir bulishiga olib keldi (oshqoralik, siyosiy plyuralizm,
«sovuq urush»ning tugashi va x,k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama -
qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 -yillarning oxiri - 90 - yillarning boshidan
mamlakat hayotining barcha sohalarida buxronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish
sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla xal etishga xizmat qilmadi.
Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga toʻg‘ri kelmaganligi tufayli ham
amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning xalokati va SSSR ning tugashiga
muayyan turtki boʻldi.
―Paxta ishi‖ va uning XX asrning 80 - 90 - yillarda sovet hokimiyati tutgan
siyosat oqibatlari mavjud turg`unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq
ittifovdosh respublikalarning mustaqillik yoʻlidagi harakatlarini bartaraf etish,
sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh
respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy oʻyinlar»
uylab chiqdilar.
1983 yilning oxirida Oʻzbekistonda juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori
xoʻzurida alohida muhim ishlar buyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruxi
tuzilib, OʻzSSRga yuboriladi. Ular OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash
bilan bog‘liq jarayonlardagi «Qoʻshib yozish», «oʻg‘irlik», «koʻzboʻyamachilik»,
«porahoʻrlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing‘irliklar butun SSSR
hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan
shug‘ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo boʻldi. Tergovlar jarayonida
Moskvadan yuborilgan T.X Gdlyan va N.V. Ivanov guruxining faoliyati natijasida
respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq
xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining
35%, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti
kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz
vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzg‘atildi.
OʻzSSRning ijtimoiy - siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda boʻlgan
Oʻzbekiston Kompartiyasi MK XVI - plenumi mash‘um rol uynagan. Moskva
tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan
hujjatlar OʻzSSRda Oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab
berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan Oʻzbekistondagi rahbarlik
lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi.
Birgina 1984 - 1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa
shaharlaridan 400 dan ortiq kishi Oʻzbekistonning partiya, sovet, ma‘muriy -
xoʻjalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus
oldi.
Markaziy matbuotda e‘lon qilingan maqolalarda Oʻzbek xalqi badnom etilib,
«paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «Oʻzbek ishi»ga
aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yoʻliga utildi. 1983 - 1990 yillarda
OʻzSSRda «paxta ishi» degan uydirma buyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi,
ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanktsiyasisiz utirdi, 5 ming
kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Aytish kerakki, 2011 yil avgust oyida Oʻzbekiston televideniesi orqali
namoyish‘ etilgan „Mustaqillik arafasida yoki shoʻrolarning soʻnggi talvasasi"
filmidan oʻrin olgan tarixiy lavhalar, taniqli olimlar, ekspert va taxlilchilarning
1989-1992 yillardagi suronli voqealar haqidagi fikrlari „Oʻzbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida" kitobida tilga olingan masalalarni tarixiy, ijtimoiy-siyosiy
jihatdan toʻldirib, ularning ahamiyatini yanada oshiradi, kitobxon tasavvurini
yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Oʻz xalqining taqdiri va kelajagini, erkin va
farovon hayotini oʻylagan inson, avvalo, uning tinch-osoyishta hayot kechirishi
haqida bosh qotiradi. Umuman, jamiyatning tinchligi va barqarorligini ta‘minlash
yoʻlida oʻzining butun kuch-qudrati va salohiyatini safarbar etish - buyuk
yoʻlboshchilarga xos asosiy fazilatlardan biridir. Tarixga murojaat etadigan
boʻlsak, Hindiston zaminida davlat barpo etgan ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin
Muhammad Boburning bu oʻlkadagi turli qabila va elatlar oʻrtasida tinchlik, oʻzaro
hamjihatlikni asrash yoʻlida qanchalik tinimsiz kurash olib borganini eslash lozim.
Aynan ana shunday izchil siyosat hind zaminida shakllangan oʻzaro doʻstlik,
hamjihatlik, milliy birlik an‘analariga asos boʻlganligi shubhasiz.
Prezidentimiz Islom Karimovning respublika rahbari sifatidagi faoliyatining
dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va
millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash masalalari eng muhim ustuvor
yoʻnalishlarga aylangani va bu g‘oya mustaqillik g‘oyasining ajralmas tarkibiy
qismi sifatida „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi
ma‘ruzalarda har tomonlama oʻz ifodasini topganini ta‘kidlash lozim.
Ma‘lumki, XX asrning 80-yillari oxirlarida sobiq SSSRda iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betayinlik avj olib ketdi. Oʻz
navbatida, necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini toʻldirgan
muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi.
Bunday salbiy holatlar, afsuski, Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. 1989
yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Farg‘ona viloyati janjal va
toʻpolonlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki
kundan keyin Toshloq tumaniga, undan soʻng esa Marg‘ilon va Qoʻqon
shaharlariga oʻtdi.
Aytish mumkinki, bunday fojialar, yurtimiz tarixida ilgari hech qachon yuz
bermagan. Qadimdan oʻzining bag‘rikenglik, mexmondoʻstlik, mehr-shafqatlilik
fazilatlari bilan shuxrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda
boʻlmagan, qoʻl koʻtarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg‘unchi kuchlar ta‘sirida
ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar halok
boʻldi. Mingga yaqin kishi jarohatlandi. Sakkiz yuzdan ortiq uyga oʻt qoʻyildi.
Davlat va jamoat idoralarining binolarig‘a ziyon yetkazildi. Ommaviy chiqishlar
va toʻpolonlarda oʻttiz mingga yaqin odam ishtirok etdi. Yetkazilgan ziyon bir
necha million soʻmdan iborat boʻldi.
Keyinchalik aniq tarixiy dalillar asosida ma‘lum boʻldiki, ana shu
tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutlaqo zid boʻlgan harakatlarga
milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub boʻlgan, maxsus
tayyorgarlik bilan koʻchaga chiqarilgan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch
aholini qoʻzg‘ab, janjal chiqarishga da‘vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa
millat vakillariga qarshi ig‘vo va boʻhton gaplarni tarqatib, soda olomonni
g‘alayonga keltirishga uringan va ba‘zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga
oshirishga erishgan ham.
Sobiq SSSRning markaziy matbuoti va koʻpgina OAV bor haqiqatni aytib,
jahon ahlini ogoh etish, bunday toʻpolonlarning oldini olish oʻrniga, bamisoli
olovga yog‘ sepgandek, Farg‘ona voqealarini bir yoqlama yoritishga harakat qilar
edi. Asosiy aybdorlar bir chetda qolib, ular jabr koʻrgan, qancha-qancha qurbonlar
bergan jabrdiyda xalqimiz sha‘niga malomat yog‘dirishga urinardi. Xuddi „paxta ishi"da
boʻlgani kabi, bu safar ham xalqimiz yoʻq joydan aybdor boʻlib qolayotgan edi.
Sovet rahbarlari, jumladan, SSSR Ministrlar Soveti raisi N.Rikov voqea
sodir boʻlgan joyda boʻlib, hech narsani hal qilmasdan, nomiga kelib-ketadi. Fojia
ildizlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini qidirish, haqiqiy jinoyatchilarni
topish hech kimning xayoliga ham kelmas edi. Oʻsha paytda SSSR davlatining oliy
hokimiyat organida SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi lavozimida
ishlagan R.Nishonovning bu boradag‘i pozitsiyasi haqida avvalgi bobda fikr
yuritilgan edi. Ana shunday mas‘uliyatsiz odamni shunday yuqori vazifaga
qoʻygan SSSR Prezidenti M.Gorbachevning bu masaladagi yondashuvi ham
unikidan farq qilmas edi. Ular uchun butun bir xalq, butun bir respublikaning
taqdiri muhim emasdi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan Oʻzbekistonda
beqaror vaziyatni vujudga keltirish, oxir-oqibatda esa butun Oʻrta Osiyoda
fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni koʻzlab yurgan, qizil imperiyani
qanday qilib boʻlsada saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarg‘a
yoʻl ochib beradi.
Bularning barchasi respublikaning yangi rahbari Islom Karimov zimmasiga
oʻsha paytda qanchalar og‘ir vazifalar tushganini koʻrsatadi. Atoqli adabiyotshunos
olim Ozod Sharafiddinov oʻzining ―Prezident‖ nomli risolasida oʻsha paytda
yurtimizda hukm surgan vaziyatni qaynab yotgan qozonga qiyoslagani bejiz emas
edi. Bu qaynoq qozonning ichiga tushish u yoqda tursin, uning oldiga yaqinroq
borishning oʻzi tasavvur etib boʻlmaydigan jasorat edi.
Islom Karimov shunday taxlikali vaziyatda respublikadagi boshqa koʻplab
muammolarni qoʻya turaylik, faqat Farg‘ona voqealari masalasida bir necha
jabhada, ya‘ni ham siyosiy-nazariy, ham tashkiliy-amaliy, ham mafkuraviy sohada
faoliyat olib borishiga toʻg‘ri keldi. Boshqacha aytganda, u avvalo oʻlkan siyosiy
nazariy tafakkur asosida bu voqealar nima uchun sodir boʻlganiga, uning
ildizlariga baho berish; ikkinchidan haqiqiy jinoyatchilar va ularning ortida turgan
qabih kuchlarni aniqlash; Farg‘ona voqealari yaqqol namoyon etgan ijtimoiy-
sotsial muammolarni tashkiliy-amaliy jihatdan hal etib, odamlarning haqiqatga,
ertangi kunga boʻlgan ishonchini tiklash; uchinchidan, SSSRning katta minbarlari
orqali Farg‘ona voqealari haqidagi asl haqiqatni dunyoga yetkazish, xalqimizning
sha‘ni va g‘ururini himoya qilishi zarur edi. Bunday vazifalarni ado etish,
insonning jismoniy va intellektual imkoniyatlari nuqtai nazaridan qaraganda,
ayniqsa, sobiq mustabid tuzum sharoitida, har tomondan bosim, tazyiq va ta‘qiblar
kuchaygan paytda nihoyatda og‘ir ekanini tasavvur etish albatga qiyin emas. Lekin
Islom Karimov oʻlkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real koʻz bilan qarab, shiddatli
kurash maydoniga mardona bel bog‘lab chiqadi. U Farg‘ona voqealariga keng
nazar bilan qaraydi. Ya‘ni bu voqealar, ularning negizidagi sabablar faqat bitta
viloyatga xos emas, budday fojialar Oʻzbekistonning xohlagan joyida yuz berishi
mumkin, deb hisoblaydi. Chunki ularni yuzaga chiqargan sabablar, muammolar
Oʻzbekistonning boshqa joylarida ham keskin boʻlib turganini aniq dalillar bilan
isbotlab beradi. Shu maqsadda, kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan
Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya‘ni 24 iyun kuni
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis oʻtkazadi va unda nutq soʻzlaydi.
Oʻzining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqda
respublika rahbari Oʻzbekistonda vujudga kelgan oʻta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga
keladi, Islom Karimov voqeaga baho berish, uning ildizlarini qidirish va bunday
g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga chek qoʻyish uchun butun imkoniyatini ishga
solgani Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining eng dramatik
sahifalarini tashkil etadi.
Oʻzbekiston rahbari yurtimizdagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifasini
KPSS Markaziy komiteti, xususan, Bosh kotib M.Gorbachev oldiga keskin qilib
qoʻyadi. KPSS Markaziy komiteti plenumida soʻzga chiqar ekan, Islom Karimov
Oʻzbekistondagi, jumladan, Farg‘ona viloyatidaga soʻnggi voqealar toʻg‘risida
ayrim OAV e‘lon qilgan maqolalarni tushunish qiyinligi haqida gapiradi. Konkret
sharoitimizni, koʻp asrlik tariximiz, madaniyatimiz, an‘analarimiz, urf-odatlarimiz
va marosimlarimizni bilmagan, shuningdek, oʻsha voqealarning sababchisi
boʻlmish murakkab muammolardan bexabar qiziqqon, ba‘zi hollarda esa
kimlarningdir buyurtmasini bajargan mualliflar butun bir xalqning nomini badnom
etib, uning yuziga loy chaplamoqda va oʻzini oliy hakam deb hisoblamoqda, deb
OAVning soxta shov-shuvlari asossiz ekanini dadil ochib tashlaydi.
1989 yilning 25 iyunida respublika rahbar etib saylanganining uchinchi kuni
Islom Karimov janjal-toʻpolonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yoʻl
oladi. Lovullab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va
qishloqlar, qaxr-g‘azabga toʻlgan odamlarning ichiga bir oʻzi hech qanday
qoʻriqchilarsiz kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan
ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu
nolalarini tinglab, oʻzining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy soʻzlari bilan
bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qoʻygandek boʻladi, koʻngillarda
soʻngan umid uchqunlarini uyg‘otadi.Tartib-intizomni tiklash, qon toʻkilishining
oldini olish boʻyicha butun mas‘uliyatni oʻz zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar
koʻradi. Voqea sabablarini qidiradi. Masala mohiyatini ochiq-oydin koʻrsatadi.
Jumladan, u ―ana shu fojianing aybdorlarini himoya qilishga urinishlar ham asossizdir. Kim
boʻlishidan, qaysi millatga mansubligidan qat‘i nazar, vahshiylik va odam oʻldirishda, oʻt
qoʻyish va toʻs-toʻpolon chiqarishda aybdor boʻlgan shaxslar jazoga tortilishi zarur va jazoga
tortiladilar, toki oʻzbek xalqining pok nomiga dog‘ tushirilishiga yoʻl qoʻyilmasin‖,
deb
takidlab oʻtgan‘.
Respublika rahbarining bunday qatiyati asossiz ta‘na va boʻhtonlardan ezil-
gan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini koʻtarib yubordi.
Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz sha‘niga
otilgan malomat toshlari butunlay boʻhton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda
vahshiylik qilgan, odam oʻldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga oʻt
qoʻygan, transport vositalarini yoqib yuborgan kimsalar oʻzbek millatiga mansub
emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini yuqori sovet minbaridan
turib jasurlik bilan aytdi.
Respublikada mavjud ijtimoiy vaziyatni nazarda tutgan Oʻzbekiston rahbari
sodir boʻlgan voqealar yuzasidan oʻzining pozitsiyasini ochiq-oydin bayon etadi.
Albatta, Islom Karimov respublika rahbari sifatida Farg‘ona voqealarining sabab
va oqibatlari haqidagi ma‘lumotlar bilan oʻz kabinetida oʻtirib ham tanishishi,
kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo kabinetdan chiqmay ish
yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq
nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga boʻlish, el-
yurtning dardu quvonchiga doimo sherik boʻlishni oʻzining hayotiy maslagi, oliy
insoniy burchi deb bildi.
Agar oʻsha yillar tarixiga e‘tibor beradigan boʻlsak, Farg‘ona voqealari
haqida shov-shuv koʻtarganlar, shunday qonli fojia hisobidan obroʻ topish,
oʻzining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan
kimsalar koʻp boʻlgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta
dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy
yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Jumladan, Yurtboshimiz
Toshkentda va Moskvada boʻlib oʻtgan katta anjumanlarda, shuningdek,
matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat‘iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni
alohida ta‘kidlaydi: ―Oʻzbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari oʻzbek xalqining
irodasi bilan sodir boʻlmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni koʻzlab, kim
qanday boʻyoq bermasin, tarix, albatta, oʻzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik,
mehmondoʻstlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha oʻzbek xalqiga xos fazilat boʻlib keldi.
Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida boʻlmagan. Bu
qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan koʻpgina misollar bilan isbot qilingan‖.
Bunday
haqqoniy va haroratli soʻzlar el-yurtimizning dardiga darmon boʻldi, uning tuhmat va
malomatlardan egilgan ruhini koʻtardi.
Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning
barcha muammolar haqida - ular qanchalik og‘ir va noxush boʻlmasin - ochiq
gapirishi, hamisha haqiqatning koʻziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning
e‘tirofi va ehtiromini uyg‘otdi. Oʻzidan ilgari respublika rahbari boʻlib ishlagan,
siyosiy kaltabinligi va jur‘atsizligi bilan el-yurt oʻrtasida obroʻsini yoʻqotgan
I.Usmonxoʻjaev va R. Nishonov kabi oʻtmishdoshlaridan farqli ravishda, Islom
Karimov Oʻzbekiston yetakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan,
gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, oʻtkir ijtimoiy muammolarning ildizini
ochib tashladi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish boʻyicha Markaz rahbariyati
oldiga qat‘iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qoʻyishdan choʻchimadi.
Ushbu kitobdan oʻrin olgan koʻplab chiqishlarda buni yaqqol koʻrish mumkin.
Mavjud siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik sharoitida, naqadar
og‘ir va qaltis boʻlmasin, oʻsha mash‘um kunlarda sobiq Markazdagi kuchlar va
ularning oʻzimizdagi malaylari yurtimiz rahbariga har qadamda millatchilik
yorlig‘ini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar
yog‘dirishg‘a qanchalik urinmasin, qanday keskin siyosiy va ma‘naviy-ruhiy
bosim ta‘siri ostida ish olib borishga toʻg‘ri kelmasin, Islom Karimov el-yurtning
tinchligini asrash, xalqimizni omon saqlashni oʻzi uchun eng buyuk maqsad deb
bilganini kitobdan oʻrin olgan har bir hujjat isbotlab, tasdiqlab beradi.
Farg‘ona fojialari tagida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu
voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog‘iston poytaxti Olmaotada amalga
oshirilgan „Metel" operatsiyasining davomi edi. Albatta, senariylar shakli,
tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil boʻlishi mumkin. Biroq maqsad bitta edi. Shu
tariqa mavjud siyosiy tizimni turli alg‘ov-dalg‘ovlar, toʻs-toʻpolonlar, milliy
respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga
harakat qilindi. Ayniqsa, „Rashidovchilik", „Oʻzbeklar ishi", „Paxta ishi" kabi
siyosiy kampaniyalar bilan gangitilgan respublikamizning oʻsha paytdagi
rahbarlari iltimoslariga koʻra Rossiyadan yuzlab chalasavod rahbarlar „desanti"
Oʻzbekistonga tashlandi. „Desantchi"lar siyosati fosh boʻla boshlagach, xalqimizni
millatchilikda ayblash kerak boʻlib qoldi. Yarim yillik tayyorgarlikdan soʻng, 45
yil davomida SSSR hukumatidan Mesxetiyaga qaytarishni talab qilaverib
charchagan, may oyida nima qilib boʻlsa ham ketishni rejalashtirgan turklarning
faollashuvidan, xuddi shu oyda ishsizlik jonlariga tegib, namoyishlarga
hozirlanayotgan Farg‘ona yoshlarining soddaligidan foydalanildi. Natijada
shoʻrpeshana turklar Rossiyaning kimsasiz boʻlib yotgan qishloqlariga koʻchirildi.
Boshqacha qilib aytganda, ular yangi sharoitda yangicha surgunga giriftor etildi.
Farg‘onaning maxalliy aholisi esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qoʻqonda
oʻqqa tutildi. Bu ikki harakatda ham ruslarga qarshi kayfiyat bor, degan sun‘iy
da‘volar oʻylab topildi. Bunday fitna Oʻshda 1989 yil 20 mayda boʻlib oʻtgan
voqeadan keyin paydo boʻlgan edi.
Prezidentimiz Islom Karimov oʻz kitobida Farg‘ona voqealarining tub sa-
bablarini quyidagi masalalar bilan bog‘liq holda talqin etadi:
1.
Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqgisodiy
aqvoli.
1.
Odamlarning ta‘minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan
tashqari pastligi tufayli bunday holat Oʻzbekistonning boshqa joylarida ham
sodir boʻlishi mumkinligi.
2.
Ishsizlik, ishchi oʻrinlarining kamligi, ya‘ni ortiqcha ishchi kuchining
koʻpayib borishi.
3.
Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy oʻylab
koʻrilmagani kabi sabablar.
1991 yilning 9 dekabrida Namangan shaxrida bir guruh qoʻporuvchi kuchlar
viloyat ijroiya qoʻmitasi binosini egallab olib, Oʻzbekistonni islom davlatiga
aylantirishni da‘vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab
qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda
Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan,
jazavaga tushib, qora kuchga aylangan johil olomon orasiga soqchi va hamroh-
larsiz, bir oʻzi hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi. Bu oʻta
keskin, dramatik holat videotasmaga tasodifan muxrlanib qolgan. Ana shu
jasoratga toʻla, har qanday odamni ham hayajonga soladigan tarixiy lahzalar ‖Mus-
taqillik arafasida yoki shoʻrolarning soʻnggi talvasasi‖ filmida aks ettirilgan.
Shiddat bilan kirib kelgan respublika rahbarini koʻrishgach, aqidaparastlar bir oz
dovdirab qolishadi. Yurtboshimiz vazminlik bilan soʻz boshlaydi va ularning
barcha da‘volarini aniq faktlar bilan rad etadi.
Bu harakat a‘zolari 1991 yilning dekabrida Namanganda viloyat ijroiya
qoʻmitasi binosini egallab olib, hukumat vakillariga quyidagi talablarni qoʻyadi:
1.
Dunyoviy tuzumdan voz kechish va Oʻzbekistonni islomiy davlat deb
e‘lon qilish.
1.
Dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy
etish.
2.
Dunyoviy maktablarni yopish va oʻg‘il bolalar hamda qiz bolalar alohida
oʻqitiladigan maktablar ochish.
3.
Islomiy kiyinishga oʻtish, ayollarning hijobda yurishlarini joriy etish.
4.
Namangandagi sobiq siyosiy ta‘lim muassasalari binolarini islom radi-
kallari ixtiyoriga berish kabilar edi.
Ular jami 15 ta talab asosida hokimiyatni miyasi diniy radikalizm bilan
zaharlangan kuchlarning qoʻliga berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi.
Hokimiyatning ularga berilishi ularning nazarida jihod qilinishi lozim boʻlgan
barcha insonlarning — oʻzga dindagilarni, oʻzgacha fikrlovchilarni, dunyoviy ta-
raqqiyot tarafdorlarining, qisqasi, koʻngillariga yoqmaganlarning istisnosiz tarzda
qirib tashlanishiga olib kelgan boʻlar edi.
Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qat‘iyati va jasorati binoni boshiga
koʻtarib g‘alayon qilib yotgan minglab eng ashaddiy ekstremistlarni ham
sarosimaga solib qoʻyadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab
qilayotgan yoʻl qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kel-
masligini uqtiradi, oʻzining salobati va irodasi bilan guvullab yotgan olomonning
shashtini soʻndirishga, behuda qon toʻkilishining oldini olishga muvaffaq boʻladi.
Mustaqillik arafasida talonchilik, bosqinchilik, garovga olish, ta‘magirlik, oʻg‘irlik,
tovlamachilik, odam oʻldirish bilan bog‘liq jinoyatlar Namanganda ham avj oladi.
1990 yilning oʻn oyida viloyatda 3189 ta jinoyat yuz bergan boʻlsa, 1991 yilning
may oyiga (besh oy ichida) kelib bu koʻrsatkich 3213 tani tashkil etadi
2
. Oʻziga
toʻq oilalarning bolalarini oʻg‘irlab ketib, evaziga katta pul soʻrash holatlari
kuchayadi.
Terroristik usullarni keng qoʻllagan, mamlakat hayotini izdan chiqarish va
shu orqali davlatni kuchsizlantirish yoʻlini tanlagan radikallar 1992 yil bahorida
oʻzlarining yovuz basharasini yana bir bor namoyish qilib, rasmiy hokimiyatning
bir necha vakillarini garovga olishadi. Keyinchalik Tojikiston va Afg‘oniston
hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan bu kuchlar mazkur mamlakatlardagi
harbiy lagerlarda tayyorgarlikdan oʻtib, Oʻzbekiston hududida ham bir qator
terroristik jinoyatlarni sodir etdi.
Yuqorida zikr etilganidek, dunyodagi bebaho boylik boʻlgan tinchlik va
osoyishtalikni saqlash, uni koʻz qorachig‘idek asrash masalasi mamlakatimiz
rahbari Islom Karimovning faoliyatida doimo eng muhim, eng ustuvor yoʻnalish
boʻlib kelmoqsa. Buni har xil buzg‘unchi kuchlar, diniy va dunyoviy niqobdagi
radikal oqimlar bosh koʻtargan oʻsha notinch davrda, Islom Karimovning chuqur
iztirob bilan oʻrtanib, 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning 9-sessiyasi
minbaridan turib xalqqa qilgan murojaatidagi bugun ham oʻz ahamiyatini
yoʻqotmagan ushbu soʻzlari yaqqol tasdiqladi. Yillar davomida mustaqillik sari
intilib yashagan xalqimiz qalbining oʻziga xos ifodasi boʻlgan ushbu nutq va
ma‘ruzalar oʻsha davrda faoliyat yuritgan aksariyat rahbarlarning chiqishlarida
kuzatiladigan kommunistik ritorika va demagogiyadan, aravani quruq olib
qochishlardan mutlaqo xoli ekani, otashin ruhi va samimiyati bilan keskin ajralib
turadi. Bugungi kunda tarixning noyob hujjatiga aylangan bu chiqishlar oradan 20
yildan ziyod vaqt oʻtsa-da, beixtiyor odamni hayratga soladi.
Islom Karimovning vaziyatga real baho berish, nostandart qarorlar qabul
qilish borasidagi qobiliyati, xalqimizning azmu shijoati, qat‘iy irodasi,
bag‘rikengligi, bunyodkorlik kuchiga boʻlgan cheksiz ishonchi uning har bir nutq
va ma‘ruzasida aniq-ravshan sezilib turadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, bir payt-
ning oʻzida chuqur tahliliy va xarizmatik
2
qobiliyatga ega boʻlgan mana shunday
shaxslargina tarix taqozo etganda butun mas‘uliyat va javobgarlikning zalvorli
yukini oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlishi, har tomonlama teran oʻylab, uzoqni
koʻzlab ish koʻrgan holda, davlat va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga
ega boʻlgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin boʻlamiz.
Oʻzbekistonning
butun tarixi xalqning mustaqillik uchun doimiy va tinimsiz intilishidan guvohlik
beradi. Milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha
boʻlib oʻtgan qoʻzg‘olonlar buning yaqqol koʻrinishlari deyish mumkin. Ular
xalqimizning ozodlik yoʻlidagi kurashlari hech qachon toʻxtab qolmaganini
koʻrsatadi.
Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish har qanday koʻp millatli
jamiyatda oʻtish davrining hal qiluvchi masalasi, mamlakatda tinchlik va osoyish-
talikni mustahkamlashning eng muhim omili sifatida kun tartibiga chiqadi. Bun-
day paytda davlat faqat adolat kuchiga tayanib, milliy, irqiy, diniy mansubligidan
qat‘i nazar, mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini birdek himoya qila
olgandagina bu masala ijobiy hal etiladi. Buni Oʻzbekiston misolida yaqqol koʻrish
mumkin. Oʻzbekistonda milliy va millatlararo munosabatlarga ana shunday
oqilona yondashildi. Natijada mustaqillikning dastlabki yillarida og‘ir siyosiy
buxronlar, iqtisodiy tangliklar, ma‘naviy-ruhiy parokandalikning, keskin ijtimoiy-
siyosiy larzalarning oldi olindi.
Oʻtish davrida barcha ziddiyatlarni, qiyinchiliklarni ichki iroda va ichki
madaniyat bilan yenga olishga qodir boʻlgan fuqarolarni shakllantirish, ularning
g‘oyaviy-mafkuraviy birligini ta‘minlashga erishish taqozo etiladi. Shuning uchun
Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar davlat siyosatining muhim boʻg‘iniga
aylandi.
Turli siyosiy buhronlar va iqtisodiy tangliklar mavjud boʻlgan bir paytda har
xil qarashdagi odamlarning, diniy munosabatlari va milliy xususiyatlaridan qat‘iy
nazar, mamlakat fuqarosi sifatidagi yaxlitligini, kundalik turmush ehtiyojlarini
ijtimoiy adolat yuzasidan teng ravishda qondirib turish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu, oʻz navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning butun mohiyat-mazmunini, samarasi va miqyosini belgilaydi. Ayni
ana shu jihatlar hisobga olingan taqdirdagina u oʻz samarasini beradi. Millatlarni
ularning milliy xususiyatlaridan qati nazar, umumiy taqdir va umumiy istiqbol
tushunchasi yaqinlashtiradi, birlashtiradi.
Millatlararo munosabatlar - bu ijtimoiy hodisa. Chunki har qaysi millat
vakili ijtimoiy barqarorlikdan, ijtimoiy ta‘minotdan haqli ravishda manfaatdor
boʻlishga doimiy intiladi. Millatidan qati nazar, har qaysi inson fuqaro sifatida oʻz
mamlakatidagi barcha imkoniyatlardan, ne‘matlardan foydalanishga haqli. Ijtimoiy
munosabatlar jamiyat yangilanayotgan bir paytda eskicha qarashlar iskanjasidan
xalos boʻlishi lozim. Olamni yangicha idrok qilish orqali uning mohiyatini anglash
jarayonida dunyoqarashlar yaqinligiga, aniqrog‘i, dunyoqarashlar uyg‘unligiga
erishish oʻlkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan hodisadir.
Millatlararo munosabatlar bu ma‘naviy-ahloqiy hodisa. Chunki millat oʻzini
anglash, oʻzini tiklash jarayonida milliy xudbinlikka yoʻl qoʻymasligi kerak. Millat
uyg‘onish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda oʻz milliy qadriyatlarini
umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq holda his qilishi lozim. Ayni ana shu
qadriyatlar millatning millat sifatida oʻzini anglashidan oldin insonning inson
sifatida oʻzini anglashini ustun qoʻyishiga olib keladi.
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatiga xos boʻlgan g‘oyat
e‘tiborli va ibratli bir fazilat borki, u ham boʻlsa, millatlararo hamkorlik va
hamjihatlik masalasiga doimo ustuvor ahamiyat berib kelayotganidadir. Bu, oʻz
navbatida, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimiz hayotida oʻzaro
hurmat, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etmoqda. Bunday siyosat yurtboshimiz uchun faoliyatining dastlabki davridan
boshlab xos boʻlganini „Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi
hujjatlar tasdiqlaydi.
Davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat
koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy,
ijtimoiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar
erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan oʻlchanadi,
degan fikrlarning mohiyatini ochib berishdir.
Hozirgi kunda jahonda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga bir nazar
tashlasak, jamiki davlatlarning oldida bir masala koʻndalang boʻlib turibdi.
Mazkur davlatning jug‘rofiy, siyosiy joylashuvi, yaqin chegaradosh davlatlardagi
iqtisodiy, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyatlari, ma‘naviy-aqliy imkoniyatlari,
milliy mentaliteti, erkinligiyu ozodligi, xalqning onglilik darajasi va rahbariga,
ya‘ni yurtboshisiga bog‘liq omillar.
Endi nazarimizni sobiq ittifoq tarkibidagi hozirgi kunda mustaqillikka
erishgan davlatlarning taraqqiyotiga qarataylik. Har qaysisining rivojlanish
darajasi, rivojlanish yoʻli oʻzgacha, -bu tabiiy hol. Lekin bu rivojlanishning
natijasi-chi? Masalaning mohiyati ham xuddi mana shundadir. Ma‘lumki, sobiq
ittifoq tarkibidagi barcha davlatlarga bir xil meros qolgan - totalitar tuzum!
Totalitar tuzumdan-huquqiy davlatga oʻtish - bir zumda amalga oshadigan ish
emas, biz oʻylagandan ancha murakkabroq, insondan anchalar aql talab etadigan
jarayondir, ya‘ni:
1.
Juda murakkab, koʻp qirrali, ayni paytda izchillikni taqozo etadigan
ijtimoiy xodisa.
2.
Eng avvalo millat ravnaqini ta‘minlash, xurfikrlilik, sog‘lom
tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon.
3.
Eng muhimi, xalq demokratiyani chuqur tushunishi, uning butun
mazmun - mohiyatini anglashi zarur.
Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan boʻlsak,
Oʻzbekistonning bu boradagi siyosati – ―yangisini qurmay, eskisini buzmaslik‖,
islohotlarni ―bosqichma- bosqich‖ amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ushbu
masalaga mamlakat va xalq manfaatidan kelib chiqib yondashgan. Bu yoʻlda u
ma‘lum darajada qatiqqoʻllik va talabchanlik ham qilgan. Buni ―Komsomolskaya
Pravda‖ gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida ochiq-oydin aytgan:
―Muholiflarim meni diktator qilib koʻrsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman:
ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni
faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy
davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga oʻtish
davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon toʻkilishiga va qarama-
qarshilikka yoʻl qoʻymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi,
tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday boʻlishi zarur. Bu yoʻlda men
jonimni fido qilishga tayyorman‖.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik
asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik
rivojlanishining ming yillardagi an‘analari mustamlakachilik yillarida batamom
inkor etilgan edi. Oʻzbekiston rahbariyati tarixiy an‘analarga, dunyo tajribalariga,
oʻlkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning oʻziga xos tomonlariga tayangan
holda jamiyatni tubdan isloh qilish yoʻllarini ishlab chiqdi.
Bu jarayonda ikki vazifa:
1.
Eski ma‘muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta
qurish;
2.
Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda
yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari.
Huquqiy davlatga oʻtishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati -
Oʻzbekiston Konstitusiyasidir.
Oʻzbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi
ilg‘or boshqaruv tajribalari oʻrganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy
davlatchiligimiz an‘analariga sodiq qolindi.
Jahondagi turli davlatlarda davlat boshqaruvi shakli turlicha. Masalan,
AQShda boshqaruvning prezidentlik - respublika shakli, Buyuk Britaniyada
parlamentar-monarxiya, Germaniyada parlamentar respublika, Fransiyada dualistik
respublika shakllari mavjud.
Nega bunday? Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy
qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat boshqaruviga zamin boʻlishi
kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab
qolingan, hozirgi davrda Qirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy
davlatchilik
an‘analaridan
meros
tarzda
saqlab
qolingan,
yagona
sistemalashtirilgan konstitusiya yoʻq. AQShda atiga 6 ta moddadan iborat boʻlgan
1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi
sifatida saqlanib qolingan. 26 ta qoʻshimcha va oʻzgartishlar bilan hozirgi kunda
ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos boʻlgan maxsus
konstitusion organi yoʻq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi
shaklidagi davlatlar ichida faqat AQShdagina Prezident bevosita saylovchilar
tomonidan saylab qoʻyilmasdan, balki saylovchilarning maxsus kollegiyasi orqali
saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. Imperator
hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan.
Oʻzbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vakolatlarini
taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an‘analarga katta e‘tibor berildi.
Endi Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga toʻxtalsak. Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: ―Oʻzbekiston Respublikasi davlat
hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanadi‖ (Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi.-Toshkent:
Oʻzbekiston,1992
yil.),-deyiladi.
Konstitusiya
mazmunidan koʻrinib turibdiki, davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat
organlariga, chunonchi, qonunchilik vakolatlari Oliy Majlisga, ijro vakolatlari
Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vakolatlari esa Sud organlariga
taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar oʻtkazilib, Sud sistemasi
yanada isloh qilinmoqda.
Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini
isloh qilishning boshlanishi boʻldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig‘i
boʻlib, bir vaqtning oʻzida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan
boʻldi. Bozor munosabatlariga oʻtish davrida davlat, xoʻjalik jamiyatning barcha
sohalaridan tortib, intizom oʻrnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan
mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika
boshlig‘i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat
yurgizadi. Bu ayrim g‘alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni oʻrnatilishi
emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati boʻlishi kerakligidandir.
Aks holda, jilov qoʻldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi hech gap
emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy
islohotlar yoki oʻtish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.
Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga
ega boʻldi, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan
tayinlanadi va Xalq Deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil
etadi. Bu organlarga yildan-yilga juda katta imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda.
Fuqarolar yig‘ini, oqsoqollar kengashi kabi oʻz-oʻzini boshqarish organlari
qadimdan oʻzbek milliy davlatchiligining asoslari hisoblanadi.
Huquqiy davlat qurishda har tomonlama kamol topgan kadrlar muhim oʻrin
tutadi. Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning
huquq va erkinliklarini toʻla darajada ta‘minlaydigan, qonun ustivor boʻlgan
ijtimoiy jamiyatdir. Buning ma‘nosi - boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita
xalqqa topshiriladi, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rivojlanib boradi.
Oʻzbekiston Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ―Kuchli davlatdan
- kuchli fuqarolar jamiyati sari‖ siyosiy shiori ostida rivojlanib bormoqda.
Fuqarolar jamiyati – bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va
boshqaruvidan tashqari qismi rivojlanib bormoqda deganidir.
Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy yetukligi,
ularning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, ularning aktiv
faoliyati bilan belgilanadi.
Mamlakatimizning fuqarolik jamiyati qurilishi yoʻlidan borayotganligi
hozirgi davrda vujudga kelgan siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat
tashkilotlarining tashkil topganligi va ularning faoliyatida yaqqol koʻzga
tashlanmoqda.
―Fuqarolik jamiyati, - deb yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti Islom Karimov, ijtimoiy makon. Bu makonda Qonun ustivor boʻlib, u
insonning oʻzini-oʻzi kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam
beradi‖.
Keyingi paytlarda Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning
aksariyati mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishga
qaratilgandir. Misol, Sud sistemasini isloh qilish toʻg‘risidagi qonun loyihasini olib
koʻrishimiz mumkin.
Xullas, hokimiyat vakolatlarini jamoat va nodavlat tashkilotlariga
bosqichma-bosqich oʻtkazib borish, ularning haq huquqlari va erkinliklarini
kengaytirish fuqarolik jamiyatining ilk qadamlari hisoblanadi.
Ayni shu masalaga Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimov Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasida ham alohida e‘tibor qaratib,
shunday dedi: ―Aynan mustaqillik davrida har tomonlama oʻzini oqlagan, tobora
hayotimizda ahamiyati kuchayib borayotgan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish
organlari mahalla instituti, turli jamoat birlashmalari hamda tashkilotlarini
rivojlantirish va mustahkamlash masalasi bizning doimiy e‘tiborimizda turishi
lozim‖ (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasi
materiallari Oʻzbekiston ovozi.2002 yil 31 avgust.).
Demokratiyani asosiy xususiyatlaridan biri koʻp partiyaviylikdir. Biroq
davlat, jamiyatning rivojini mavjud partiyalarning soni bilan belgilash notoʻg‘ri.
Koʻp partiyaviylik tizimini muvaffaqiyati siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda
Do'stlaringiz bilan baham: |