105
Seyalkaning texnologik ish jarayoni quyidagicha bajariladi:
urug‘ va o‘g‘it qutilari 1 dan miqdorlagichlar
yordamida kerakli
me’yorda ajratilib, urug‘ va o‘g‘it o‘tkazgich 3 ga tashlanadi va
ekkich 4 orqali tayyorlagan ariqcha tubiga borib tushadi.
Tuproqning pastga erkin siljishi hisobiga urug‘ qisman ko‘miladi.
Urug‘larni batamom ko‘mish jarayonini ko‘mgich 5 tugatadi.
Pnevmatik seyalkalar
ikki turda yasaladi. Birinchisida pnev-
matik miqdorlagichlar har qator uchun o‘rnatilgan bo‘ladi
.
Ikkinchisida esa
(44-rasm)
ko‘p qatorli seyalka uchun hamma
qatorlarga ekiladigan jami urug‘ni bir joyda me’yorlab, uni
keyinchalik hamma ekkichlarga bir tekis taqsimlaydi va urug‘ni
ekkichlarga pnevmatik vosita yordamida yetkazib beradi.
Ikkalasida ham seyalkaning ta’sirida urug‘ning shikastlanishi
(an’anaviy mexanik miqdorlagichli seyalkaga nisbatan) keskin
kamayadi. Pnevmatik seyalkada katta tezlikda ham urug‘larni
bexato ekib, serunumli agregat tuzish mumkin.
Birinchi turdagi seyalkalar modulli bo‘lib, keng qatorlab
ekiladigan ekin urug‘larini ekishda ishlatiladi.
Har bir qatorga
bitta modul xizmat qiladi. Har bir modul alohida-alohida o‘zining
urug‘ saqlanadigan bunkeriga pnevmatik miqdorlagichiga va
ekkichiga ega bo‘ladi. Bunday seyalka, misol uchun Toshkent
agregat zavodi ishlab chiqargan pnevmatik seyalka deyarli hamma
ekin urug‘larini ekishga moslashtirilish imkoniga ega bo‘ladi.
Buning uchun seyalka turli o‘lchamdagi urug‘ni so‘rib ajratib
oladigan disklar to‘plami bilan ta’minlanadi. Mazkur seyalkaning
to‘rtta moduli bo‘lib, ularni uzunligi 4,4 m bo‘lgan o‘ta baquvvat
balka bo‘ylab surib, turli qatorlar kengligiga o‘rnatish imkoni
mavjud. Qatorlar orasining kengligi 90 sm bo‘lsa – to‘rtta modul,
60 sm bo‘lsa – 6 ta modul o‘rnatiladi.
Bir gektar maydonga ekiladigan urug‘ sonini, hosil qilinadigan
uyalar qadami (oralig‘i)ni ta’minlash uchun o‘rnatiladigan
diskdagi so‘ruvchi teshiklar soni bilan uni aylantirish tezligini
to‘g‘ri belgilash kerak bo‘ladi. Shu sababli seyalkaga qo‘shimcha
1; 18; 22; 27; 31; 3; 48; 57; 70 va 100 so‘ruvchi teshik yasalgan
disklar to‘plami beriladi. Teshiklarning diametri ham har xil
106
bo‘ladi. Disk tezligini o‘zgartirish uchun harakat yuritmasidagi
zanjir har xil yulduzchalarga kiydiriladi. Hatijada,
uyalar
oralig‘ini 2,2 sm dan 650 sm gacha oraliqda 200 xil qilib o‘rnatish
mumkin bo‘ladi.
Diskdagi har bir teshikka faqat bitta urug‘ so‘rilib yopishishini
ta’minlash uchun maxsus selektor o‘rnatilgan. Uning qo‘zg‘almas
sidirgichi teshikka nisbatan kerakli masofada qo‘yilsa, u ortiqcha
urug‘ni surib, teshikda faqat bitta urug‘ qoldiradi. Agar sidirgich
urug‘ kattaligiga mos bo‘lgan masofadan teshikka yaqinroq
qo‘yilsa, teshik bo‘sh ketishi mumkin. Teshikka so‘rilib
yopishgan urug‘ni vakuum tugagan joyda kafolatli tushirish
maqsadida turtkich o‘rnatilgan.
1
13
12
2
3
4
5
11
10
6
7
8
9
107
Shunday qilib, bunady seyalkadan foydalanish hisobiga har
gektar maydonga agronom belgilagan urug‘ sonini kafolatli ekish,
urug‘ni tejash mumkin bo‘ladi. Har bir uyaga bitta urug‘ ekishga
ham erishishi mumkin bo‘ladi (urug‘ o‘ta sifatli bo‘lishi kerak).
Ikkinch turdagi, ya’ni me’yorlangan urug‘ni ekkichlarga pnev-
matik vosita bilan yetkazadigan tirkalma seyalka bunker 2, miq-
dorlagich 4, ventilator 12, taqsimlagich 1, urug‘ o‘tkazgich 5 va 7
lar, ekkich 9, ko‘mgich 8, g‘ildirak 11 lardan tuzilgan
(44-rasm).
Bunday seyalkalar bir nechta modullardan yig‘ilib, ularning
qamrov kengligi 5–15
m
gacha o‘zgarishi mumkin.
Seyalka markazidagi bunker 2 ning ichiga to‘zitkich 3 va
miqdorlagichga yirik jismlarni tushirmaydigan to‘r o‘rnatilgan.
Urug‘ni me’yorlash uchun seyalkaga katta o‘lchamdagi novli
g‘altaksimon miqdorlagich 4 o‘rnatilgan. Ventilator 12, bosh
quvur 5 va bevosita taqsimlash vositasi hamda shlangasimon
egiluvchan o‘g‘it o‘tkazgichlarni taqsimlagichga ulash uchun
mundshtuklar o‘rnatilgan. Mu ndshtuk va urug‘ o‘tkazgichlar soni
seksiyalardagi miqdorlagichlar soniga tenglashtiriladi.
Bunday
seyalkaning ish jarayoni quyidagicha boradi: bunker 2 dagi
urug‘lar to‘zitkich 3 yordamida miqdorlagich 4 ga uzluksiz
tushirilib turiladi. G‘altak esa hamma qatorlar uchun yetarli
miqdordagi urug‘larni ajratib olib, bosh quvur 5 ning ichiga
tashlaydi. Ventilator 12 hosil qilayotgan havo oqimi urug‘larni
bosh quvur 5 orqali taqsimlagich 1 ga olib keladi. Bosh quvur
bo‘ylab harakatlanayotgan havo oqimining tezligi (27–68
m/s)
uning ichidagi drossel to‘skich 10 yordamida sozlanadi. Bosh
quvurning ichiga g‘altakdan urug‘ tushadigan joyiga soplo 6
o‘rnatilgan. Uning ko‘ndalang kesimi bosh quvurnikiga nisbatan
kichik bo‘lganligi sababli u yerdagi havo tezligi ortib, bosim
pasayadi. Natijada g‘altak ajratib bergan urug‘lar tez so‘rib
olinadi. Bosh quvurning ustki qismi burmalangan bo‘lib,
uning
44-rasm. Urug‘ni havo yordamida taqsimlash sxemasi: 1–taqsimlagich;
2–bunker; 3–to‘zitkich; 4–miqdorlagich; 5–bosh urug‘ o‘tkazgich;
6–soplo; 7– yakka ekkichning urug‘ o‘tkazgichi; 8–ko‘mgich; 9–ekkich;
10–drossel to‘sqichi; 11–g‘ildirak;
12–ventilator.
108
taqsimlanadi va ular orqali 3–5
m/s
tezlikdagi havo oqimi bilan
ekkichlarga yetkaziladi va tayyorlangan ariqcha tubiga tushirib
tuproq bilan ko‘miladi. Bunday seyalkalar universaldir, chunki
hamma turdagi don ekinlari, sabzavot, paxta, sorgo urug‘lari
ekilib, granulalangan o‘g‘it, zaharli kimyoviy moddalarni ham
yerga solishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: