1-chizma. Iqtisodiy tizimda tovar va pul aylanishining sodda ko‘rinishi.
Chizmada ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar va tovarlar harakati soat millari harakati bo‘yicha ko‘rsatilgan. Bu ko‘rinishda resurslarning barchasi faqatgina aholining o‘ziga tegishli, deb qaralgan va ular korxonalarning tovar va boshqa mahsulotlariga ayirbosh qilinadi. Bu jarayonning amalga oshishida pul kabi vositachi ishtirok qilmaydi. Ayirboshlash jarayoni pulsiz barter tariqasida namoyon bo‘ladi. Ayirboshlashning oddiy shakli, oldingi boblarda ta’kidlaganimizdek, mazmun jihatdan sodda bo‘lsa-da, amalga oshirish jarayonida ma’lum qiyinchiliklar mavjud.
Shuning uchun tomonlar o‘rtasidagi oldi-sotdi jarayonini tezroq va samaraliroq amalga oshiruvchi vositachi zarur. Bu jarayonning kechishi 2-chizmada soat millari yo‘nalishiga teskari ko‘rsatilgan. Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy va meh- nat resurslari shu resurslar uchun to‘lovlar — ish haqi, renta to‘- lovlari, foiz daromadlari bilan bog‘langan holda tovar va pul mas- sasini tenglashtiruvchi mustaqil birinchi aylanmani yuzaga keltiradi.
Ikkinchi aylanma ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish va aholi tomonidan shu tovarlar uchun to‘lash natijasida yuzaga kelgan aylanmadir. Bu aylanmaning bir-biri bilan bog‘lanib ketishi iqtisodiy tizimda daromadlar va mahsulotlarning aylanishini yuzaga keltiradi. Umumlashtirilgan holda jamiyatimizda yuzaga keluvchi pul harakatini quyidagi chizmada ko‘rsatish mumkin:
2-chizma. Rivojlangan iqtisodiy tizimda pul va tovar aylanmasi.
Ushbu chizma bo‘yicha pul aylanmasining quyidagi guruh- larini ifodalab berish mumkin:
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar (ish- lab chiqarish vositalarini sotib olish, ish haqi to‘lash va boshq.);
xarajatlarni qoplash uchun kelib tushadigan tushumlar va jamg‘armalarni tashkil qilish;
turli xil moliyaviy majburiyat va daromadlardan to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar. Korxonalar oladigan daromadlardan budjetga to‘lovlar, ya’ni soliqlar va boshqa to‘lovlarning amalga oshirilishi ham pul aylanmasining bir qismini tashkil qiladi.
Tovar va resurslar bozorining yuzaga kelishi mahsulot va milliy daromadning yuzaga kelishiga olib keladi. Milliy daromadning bir qismi aholi tomonidan jamg‘arilib, moliyaviy bozorlar orqali investitsiya shaklida korxona, tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadi, bir qismi esa davlat zayomlari orqali budjet defitsitini qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada, pul oqimi o‘zining asosiy kanallari orqali korxona, tashkilot, aholi, tovarlar bozori va resurslar bozoridan o‘tib, moliya bozori va davlatgacha yetib keladi, ya’ni aholiga kelib tushadigan daromadning bir qismi soliqlar sifatida davlat ixtiyoriga kelib tushadi. Shuning uchun ham pul aylanmasining salmoqli qismini milliy daromadni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar tashkil qiladi. Milliy daromadni yaratishda pul aylanmasi jamiyat a’zolari bilan korxonalar o‘rtasidagi to‘lovda namoyon bo‘ladi.
Pul aylanmasi moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Kapital mablag‘lardan foydalanish va ba’zi sohalarda xarajatlarni moliyalashtirish, banklar tomonidan kreditlash jarayonlarining amalga oshirilishi ham pul aylanmasining yuzaga kelishi uchun zarur sharoitdir. Kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslari pulning uzluksiz aylanishi natija- sida vujudga keladi. Korxona, tashkilotlar tomonidan moddiy qiymatliklar, materiallar, yoqilg‘i va boshqalarni sotib olish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari oldindan avanslashtiriladi. Qiymat pul shaklidan tovar shakliga o‘tadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sotiladi va mol yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushadi. Shu tariqa korxonalarning puli uzluksiz aylanib turadi. Tovarlar uchun to‘lovlar naqd pulsiz amalga oshirilgani uchun korxona hisobvarag‘iga kelib tushgan pul, uni ishlatishga zarurat tug‘ilguncha banklarda saqlanadi.
Korxona, tashkilotlarning vaqtincha bo‘sh turgan pullari ular- ning roziligiga asosan, bank tomonidan kredit resurs sifatida ish- latilishi mumkin. Korxona, tashkilotlarning bo‘sh pul mablag‘- laridan tashqari, banklar jamoat tashkilotlari, budjet, sug‘urta tashkilotlari, aholining banklardagi pul mablag‘laridan o‘z resurs- lari sifatida foydalanib, iqtisodiyot tarmoqlariga kreditlar beradi. Shunday qilib, banklar tomonidan pul mablag‘larining yig‘ilish jarayoni pul aylanmasida namoyon bo‘ladi.
Korxona, tashkilotlarni kreditlashda pul mablag‘lari vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit berish va kredit hisobidan tovar- moddiy boyliklarni sotib olish va uni boshqa ishlab chiqarish xarajatlari uchun sarflash va keyinchalik kreditni to‘lash ssuda schotiga mablag‘ o‘tkazish jarayoni pul aylanmasining element- laridan biri hisoblanadi.
Pul aylanmasi investitsiya bilan bog‘liq xarajatlarni, sug‘urta jarayonlarining amalga oshirilishini, mulkni, hayotni, transport vositalarini, ekin bog‘larini, boshqa buyumlarni sug‘urta qilish va uni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Pul aylanmasi aholi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, gaz, elektr energiyasi, aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, madaniy- maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga to‘lovlar, transport uchun va boshqa to‘lovlarni, a’zolik badallarini va paylarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, pulning ayrim kanallarida harakatini ko‘rib chiqa turib, pul aylanmasining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin. Pul aylanmasi — bu naqd pullik va pul o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning yig‘indisi. Pul aylan- masini ikki asosiy belgiga qarab, birinchidan, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, ikkinchidan, pulning funksiyalariga qarab tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda pul aylanmasi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan bog‘liq aylanmaga hamda tovar va ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanmaga bo‘linadi.
Pul aylanmasining birinchi turiga 2-chizmada keltirilganidek, ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur jami resurslar — mehnat qurollari, mehnat vositalari, ish kuchi sotib olish va aksincha, aholi tomonidan davlat, kooperativ-savdo tashkilotlaridan, deh- qon bozorlaridan, fuqarolardan iste’mol uchun zarur tovarlarni sotib olish hamda aholi tomonidan yuqoridagi subyektlarga tovarlar sotish, kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob- kitoblar va boshqalar kiradi.
Pul aylanmasining ikkinchi turiga ishchi, xizmatchilarga ish haqi to‘lash, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq to‘lovlar, kreditlash jarayoni bilan bog‘liq to‘lovlar va boshqa tovar harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan to‘lovlar kiradi. Pul funksiyalariga va to‘lov turiga ko‘ra, pul aylanmasi naqd pullik va naqd pulsiz aylanmaga bo‘linadi.
Pul aylanmasining asosiy qismini naqd pulsiz aylanma, ya’ni korxona, tashkilotlar o‘rtasidagi, ularning davlat budjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir schotdan ikkinchi schotga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan aylanma tashkil qiladi. Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz aylanma salmog‘ining yuqori bo‘lishining sababi, avvalambor, korxona va tashkilotlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni yuksaltirish zarurligi, ba’zi bir tarmoqlarning ixtisoslashuvi, kredit tizimining takomillashuvi va boshqalar bilan bog‘liq. Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boy- liklar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, asosan, korxona va tashkilotlar o‘rtasida olib boriladi.
Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar, da- romaddan to‘lovlar, har xil badal soliqlari, kreditlarni to‘lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi.
Tovarlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni yetkazish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi. Tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi korxonalar mablag‘larining xo‘jalik aylan- masidan chiqib ketishiga, ko‘zlangan rejalarni bajarishga mablag‘lar- ning yetishmasligiga olib keladi. To‘lovning tovarlarni olishdan oldin amalga oshirilishi mol sotib oluvchi korxona mablag‘larining xo‘jalik aylanmasidan chiqib ketishiga olib keladi. Shuning uchun tovarlar harakati va to‘lovlar bir-biriga mos kelishi katta ahamiyatga ega.
Pul aylanmasini ko‘rib chiqishda, to‘lov aylanmasi bilan naqd pulsiz aylanmalar o‘rtasida farq mavjudligini ta’kidlamoqchimiz. To‘lov aylanmasi deb, pulning to‘lov vositasi sifatida harakati tufayli vujudga kelgan pul aylanmasiga aytiladi. To‘lov aylanmasining tarkibiy qismi bo‘lib to‘liq naqd pulsiz aylanma va naqd pul aylanmasining pulning to‘lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi (3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |