Ikkinchidan, sanoat korxonalari va korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlari, ya’ni aksiya va obligatsiyalariga qo‘yish. Kor- poratsiya, korxonalarning aksiya, obligatsiyalarining ishonchliligi davlatnikiga nisbatan kam bo‘lishi mumkin. Chunki ularning bahosi u yoki bu sabab bilan tushib ketsa, qo‘yilgan mablag‘ ko‘z- langan natijani bermasligi mumkin. Agar mablag‘ iqtisodiy bar- qaror korxonalarning qimmatli qog‘oziga qo‘yilsa, u davlatning qimmatli qog‘oziga nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin.
O‘zbekiston sharoitida korporatsiya, assotsiatsiya, korxonalarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, ularning ikkinchi sotilish bozorini vujudga keltirish va rivojlantirish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi va bu jarayon O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishning asosiy dastaklaridan biri bo‘lib qoldi.
Uchinchidan, pulni qimmatbaho, noyob buyumlar, san’at asarlari olib qo‘yish yo‘li bilan jamg‘arish. Bu usulda iqtisodning ijobiy va salbiy tomonlarga o‘zgarishiga qaramasdan, buyumda ifodalangan qiymat o‘zini yo‘qotmaydi. Agar davlat barqaror iqtisodga ega bo‘lib, bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bu aktivlarning likvidliligi uncha yuqori bo‘lmasligi mumkin.
Pul yuqori darajadagi likvidlilikka ega bo‘lgani uchun, uni xohlagan vaqtda, xohlagan to‘lovni to‘lashga yo‘naltirish mum- kinligi uchun, u nominalini o‘zgartirmasligi uchun pul jamg‘arma va xazina to‘plash funksiyasini bajaradi. Pul jamg‘armasi boylik- ning bir shakli hisoblanadi. Kishilar boylikni faqat pul shaklida emas, boshqa shakllardan, masalan, uy-joy, yer, mashina, asbob- uskuna, aksiya, obligatsiya va boshqa shaklda ham mujassam- lashtirishi mumkin. Boylikning bu shakllarida likvidlilik darajasi pulga nisbatan (agar inflatsiya bo‘lmasa) past bo‘ladi va ularning narxi ham o‘zgaradi. Yer, uy-joy, asbob-uskuna, qimmatli qog‘oz- larni pulga aylantirmasdan turib biron to‘lovni qoplash uchun yo‘naltirib bo‘lmaydi. Pulni bo‘lsa xohlagan paytda turli to‘lovlarni qoplash uchun yo‘naltirsa bo‘ladi.
Inflatsiya sharoitida pulni jamg‘arish xohlagan rejani amalga oshirishga imkon bermasligi mumkin. Chunki jamg‘ariladigan pullar o‘z qadrini bir necha marta yo‘qotib boradi va unga ishonch yo‘qoladi. Bu sharoitda milliy pul birliklari muomala va to‘lov vo- sitasi hamda baholar masshtabi bo‘ladi, lekin jamg‘arish vositasi bo‘lib barqaror biror chet el valutasi muomalaga kiradi va pul aktivlari shu valutalarga almashtiriladi. Shu holni o‘tgan asrning 50-yillarida Janubiy Koreyada, 70-yillarida Isroilda, hozirgi kun- larda MDH davlatlari amaliyotida ko‘rish mumkin.
Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda ketma-ket baja- rishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqa- rorlikka qarab, pulning funksiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 40-yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dol- larida aniqlangan, hisob-kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflatsiya dav- rida Isroilda, Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qi- lingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vo- sitasi sifatida ishlatilgan.
Adabiyotlarda1 pulning jahon puli funksiyasi to‘g‘risidagi g‘oya- ni ham uchratish mumkin. Bu funksiyani biror valutaga bog‘lab qo‘yishni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, kredit munosabatlari rivojlanishi oltinning jahon puli sifatida qo‘llanilishiga olib kelgan. 1867-yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan oltin davlatlar o‘rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida qabul qilingan. 1922-yilda Genuyada o‘tkazilgan konfe- rensiyadagi valuta bitimiga asosan AQSH dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o‘rinbosari sifatida e’lon qilindi va xalqaro to‘lovlarda qo‘llanila boshladi. 1944-yildagi Brettonvud konferen- siyasidan keyin jahon puli funksiyasi oltinda qoldirilgan holda xalqaro to‘lovlarda AQSH dollaridan ko‘proq foydalanishga imkoniyat berildi. Dollarni oltinga almashtirish bo‘yicha dollar kursi belgilandi va 35 dollar 31,1 g oltinga teng, deb qabul qilindi. Keyinchalik har xil valuta bloklari, valuta kliringi tashkil qilindi. XX asrning 70-yillaridan boshlab xalqaro to‘lovlarda XVF tomo- nidan kiritilgan maxsus hisob va to‘lov birligi SDR (Special Drawind Ridts) qo‘llanila boshlagan.
1971-yilda SDRning oltin miqdori AQSH dollarinikidek 0,888671 g oltinga teng, deb belgilangan. Dollar devalvatsiya bo‘l- ganidan keyin, 1974-yil 1-iyuldan boshlab, SDR qiymati 16 davlat valutasining o‘rtacha kursi, keyinchalik yetakchi besh mamlakat valutasi kursi bo‘yicha aniqlanadigan bo‘ldi. 1979-yil martdan boshlab, Yevropa valuta tizimiga kiruvchi mamlakat- larda xalqaro hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob bir- ligi — ECU (European Currency Unit) qo‘llaydigan bo‘lindi. ECU — bu a’zo mamlakatlar banklaridagi schotlariga yozib qo‘yila- digan hisob birligi. 1999-yil 1-yanvardan boshlab, yevro muomalaga kiritildi. Mazkur davrda yevrohududga 11 Yevropa davlati kirgan bo‘lsa, bugungi kunda yevrohududning chegarasi kengayib bormoqda.
Pul funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi
Bizning fikrimizcha, pul biz yuqorida keltirgan funksiyalarni alohida olingan davlatda yoki davlatlar o‘rtasida bajarishi mumkin. Bu holda biron mamlakatning valutasi jahon puli funksiyasini bajaradi, deb xulosa qilishga o‘rin qolmaydi. Pulning funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular bir-birini to‘ldirgan holda pulning mohiyatini to‘liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy bosh funksiyalaridan biri qiymat o‘lchovi funksiyasi hisoblanadi. Ba’zi chet el va rus iqtisodchilari adabiyotla- rida pulning birinchi funksiyasi deb muomala vositasi funksiyasi, keyin qiymat o‘lchovifunksiyasini keltiradilar. Bizning fikrimizcha, pulning funksiyalari to‘g‘risida gapirganda, ularning ketma-ketli- giga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajar- masdan turib muomala, jamg‘arma vositasi bo‘la olmaydi.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasining to‘laqonli bajarilishi, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish sohasidagi barcha sarf-xarajatlarni to‘la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining subyektlari uchun, ularning xo‘jalik faoliyati uchun to‘liq tatbiq qilina ol- masligi mumkin. Ya’ni pul muomala vositasini bajarishi uchun, muomala vositasining dastagi bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim. Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chi- qarilishi yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funk- siyasi pulning qachon va qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pul- ning keyingi funksiyalarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositalari uzviy davomi si- fatida pulning to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari amalga oshiriladi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, ba’zi xorijiy mamlakatlar iqtisodchilari, ayniqsa, rivojlangan davlatlar iqtisodchi olimlari pulning to‘lov vositasi funksiyasini e’tibordan chetda qoldirishadi yoki muomala vositasi funksiyasiga qo‘shib yuborishadi. Albatta, bozor munosabatlari har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda naqd va naqdsiz pul o‘rtasida tafovut mavjud emas. Shu bois, pul muomalasida keskin o‘zgarishlar bo‘lmagan sharoitda pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasining davomi sifatida qaralishi mumkin. Lekin to‘lov vositasi funksiyasining alohida olib qaralishi bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zining maqsadli vazifalarini bajarishga asos yaratadi.
Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bu ikki funksiya orqali, avvalam- bor, muayyan davrda, vaqtda qancha miqdorda naqd pulga talab borligini aniqlash va bu orqali pul muomalasini barqarorlashtirish yo‘llarini tanlash mumkin. Muomala vositasi funksiyasida naqd pul aylanishini aniqlash imkoniyati yaratiladi. To‘lov vositasi funk- siyasi esa subyektlarning qarz majburiyatlari miqdorini aniqlash va ularni amalga oshirishda qancha miqdorda naqd pul yoki qancha miqdordagi mablag‘larni naqdsiz o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz hamda mazkur aylanmaning sama- rali va uzluksiz bo‘lishini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Muomala va to‘lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida pulning jamg‘arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi. Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada bo‘lmagan pullar jamg‘armaga yo‘naltirilishi mumkin. To‘lov vositasi funksiyasi yordamida shakllangan, iste’mol
uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar jamg‘arilishi mumkin. Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag‘larini qo‘llarida yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg‘arishlari mum- kin bo‘lsa, yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag‘larini o‘zlarining banklardagi hisobraqamlarida jamg‘arishlari mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular bir-birini to‘ldiradi. Pulning funksiyalari ay- nan shunday uzviy bog‘liqligi va bir-birini to‘ldirishi pul muoma- lasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi.
Pulning funksiyalarini sanab bering.
Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini qanday bajaradi?
Pulning muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
Rivojlangan davlatlarda pulning qanday funksiyalari o‘rganiladi?
Jamg‘arish vositasi funksiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarbligi.
III bob. PUL AYLANMASI VA UNING TUZILISHI
Pul aylanmasiga tavsifnoma va uning tuzilishi
Naqd pulsiz va naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirila- digan to‘lovlaming yig‘indisi pul aylanmasini tashkil qiladi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barchasi pul yorda- mida ayirbosh qilinadi. Pul aylanmasiga tovar aylanishining pul shaklidagi ko‘rinishi, deb qarab bo‘lmaydi. Chunki pul aylanmasi tovar aylanmasidan kengroq bo‘lib, u tovarning sotilishi va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to‘lash jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Pul aylanmasining sodda chizmasini quyidagicha ifoda qilish mumkin, ya’ni pul harakati faqat aholi va korxona, tashkilotlar o‘rtasida bo‘ladi deb qaraymiz. Bunda pul aylanmasining asosiy ikki omili: bir tomondan tovar va resurslar harakati; ikkinchi tomondan pul harakati ko‘rsatilgan. Bu chizmada davlat tashkilotlari, moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import va boshqa iqtisodiy munosabatlar yo‘q deb qaralgan. Aholi va korxonalar hech qanday vositachilarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy munosabatda bo‘lishadi
Do'stlaringiz bilan baham: |