O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet12/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

3-chizma. Pul aylanmasining tarkibiy qismlari.




  1. Naqd pulsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish tamoyillari va naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari

Pul aylanmasining asosiy qismini naqd pulsiz aylanma, ya’ni korxona, tashkilotlar o‘rtasidagi, ularning davlat budjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir schotdan ikkinchi schotga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan aylanma tashkil qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri — pul aylanishini to‘g‘ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosa- batlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Kor­xona va tashkilotlar o‘zlarining xo‘jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‘ladi. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‘urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo‘ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi.

Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyat- lari va to‘lov usullariga ko‘ra, pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz aylanishiga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish, asosan, naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pul aylanishiga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan

to‘lovlami to‘lash, sug‘urta tashkilotlariga badallar to‘lash, uy- joy va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko‘rinishida qaytarish bilan bog‘liq to‘lovlarning to‘la- nishi kiradi.

Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 70—80 % ini naqd- siz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqdsiz pul hisob-ki- toblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining ri- vojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtayi nazaridan davlatning qiziqishi, mulk- chilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik shakllariga te- gishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosa- batlarning kengayib borishi asos bo‘ladi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ish- latmasdan pul mablag‘larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisob- varaqqa o‘tkazish orqali amalga oshirish tushuniladi.

Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldiga qo‘yilgan talablarni oladi.

O‘tgan asrning 30—32-yillarida o‘tkazilgan kredit islohoti dav- rida kiritilgan va sobiq Ittifoq davrida mavjud bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy buy- ruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish va sotish rejalarini bajarish nuqtayi nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqish- lariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qi­lish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini ba­jarish uchun iqtisodiy qiziqishlari va javobgarligini chegaralab, qat’iy qilib belgilangan edi.

Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan:

  • bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

  • to‘lov vaqti qat’iy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovar- lar jo‘natilgandan keyin yoki xizmat bajarilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Avans to‘lovlari tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi;

  • to‘lovchining roziligi to‘lov o‘tkazilishining asosi sifatida tan olingan;

qaysi sohada qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shakllari- ning ishlatilishi, ularni tashkil qilish tamoyillari to‘lovchining to‘lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi.

Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyi- li mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarda saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi. Bo- zor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank orqali o‘tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamo- yili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mab- lag‘larini ko‘chirish, ularning topshirig‘i yoki roziligiga asosan, hisobvaraqdagi mablag‘lar miqyosida bajariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ishlab chiqi- lishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag‘larni o‘tkazish hisobvaraq egasining topshirig‘iga binoan bajariladi. Mijozlarning buyrug‘isiz hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari faqat sud qaroriga binoan, qo- nunda belgilangan tartibda bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘chirilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksiga asosan, mijozlarning hisobvaraqlarida bar- cha talablarni bajarishga pul mablag‘lari yetarli bo‘lgan hollarda pul ko‘chirish bo‘yicha mijozning topshirig‘i va boshqa hujjatlar- ning kelib tushishi tartibida hujjatlar to‘lanishi lozim. Mijoz hisob­varaqdagi barcha talablarni to‘lashga mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, hujjatlarning to‘lanishi O‘zbekiston Respublikasi Mar­kaziy bankining «Xo‘jalik subyektlarining bankdagi hisobvaraq­laridan pul mablag‘larini ko‘chirish to‘g‘risida»gi 615-yo‘riqnoma- siga asosan amalga oshiriladi.

Agar mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan iboratki, mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chi- rilgandan so‘ng oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Tijorat bank- larining hisob cheklari bo‘yicha pul o‘tkazish bundan mustasno.

Hisob-kitoblar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasi- dagi o‘zaro e’tirozlar belgilangan tartibda, bank ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi hisob-kitoblarni tashkil qilishning to‘rtinchi tamoyilidir.

Banklar o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penalami hisob- lash va undirishga javobgar emas. To‘lovchi yuklab jo‘natilgan mah- sulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaga hisoblangan penani to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasida ko‘zda tutilgan tartibda to‘laydi. Agar bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada pena hisoblash va undirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda bank o‘z vaqtida to‘lanmagan huj­jatlar bo‘yicha pena hisoblashi va mahsulot sotuvchi korxona foy- dasiga undirib berishi mumkin.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyi- li hisob-kitob shakllarini tanlash bilan bog‘liq. Mulkchilik shakl- larining xilma-xilligi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida naqd pul­siz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo‘jalik organlari tomonidan hisob-kitobni erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular shart- nomalarda mustahkamlanadi. Xo‘jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Bu tamoyil hisob-kitob ishti- rokchilari o‘zaro munosabatlarining ijobiy natijalari uchun mod- diy javobgarligini oshirishga, hisob-kitob va shartnomaviy muno- sabatlarini tashkil qilishda iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to‘lovning muddatliligidir. Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga egadir. Xo‘ja- lik yurituvchi subyektlar to‘lovning qanday muddatga kelib tushi- shi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan holda xususiy mablag‘larining aylanishini oqilona tashkil etish, qarz mablag‘lariga bo‘lgan zaru- ratni hisoblab ko‘rishi, shu bilan birga, o‘z balansining likvidli- gini boshqarib borishi mumkin bo‘ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar kelishuviga ko‘ra, to‘lovlar muddatli, muddatidan oldin hamda muddati kechiktirilgan bo‘lishi mumkin.

Muddatli to‘lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • tovarlar jo‘natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin, bunday to‘lovlar avans to‘lovlari yoki oldindan to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi;

  • tovar jo‘natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aksept qi­lish yo‘li bilan;

  • yirik summada tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan summa- larni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Muddati uzaytirilgan to‘lovlar belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshi- rolmay qolgan hollarda, to‘lov muddatini muayyan muddatga cho‘zish, ya’ni yangi to‘lov muddatini belgilashni bildiradi. Mud- dati uzaytirilgan to‘lovlar tomonlarning moliyaviy ahvoliga zarar yetkazmagan holda shartnomaviy munosabatlar doirasida bo‘lishi lozim.

Muddati kechiktirilgan to‘lovlar to‘lovchi korxonaning hisob- varag‘ida hujjatda ko‘rsatilgan summani to‘lash uchun pul mab- lag‘lari bo‘lmagan holatda yuzaga keladi. Agar korxona bankdan kredit olish huquqiga ega bo‘lmasa, hujjat korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘nggina belgilangan tartibda to‘lanadi.

Yuqorida korxona va tashkilotlar o‘z pul mablag‘larini bankda- gi hisobvaraqlarida saqlashi lozimligini ta’kidlagan edik. Banklarda mijozlarga bir qator hisobvaraqlar ochiladi. Bular talab qilingun- cha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar, jamg‘armali depozitlar va muddatli depozitlar bo‘yicha hisobvaraqdir. Talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar ilga- rigi hisob-kitob varaqlariga tenglashtirilgan bo‘lib, xo‘jaliklarning barcha operatsiyalari aynan mana shu hisobvaraqlardan o‘tkazi- ladi. Jamg‘armali va muddatli daromad olish yoki pul mablag‘la- rini asta-sekin ko‘paytirib, yig‘ib borish maqsadida ochiladi.

Talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraq ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat;

  • soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tganligi va korxonaga iden- tifikatsiya kodi berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

  • imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzolari va korxona muhri tushirilgan ikki nusxadagi ariza.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlar ma’lum maqsadlarda tuzilib, hammasi birgalikda bank yuristi yoki bosh buxgalteriga topshiriladi. Bu hujjatlar tegishli ekspertiza va tekshiruvdan o‘tka- zilgandan so‘ng, bank boshqaruvchisi tomonidan korxonaga hisob­varaq ochish uchun ruxsat beriladi. Korxona tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijoz to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lu- motlar — rekvizitlar Markaziy bank qoshida ochilgan Bank de- pozitorlarining milliy axborot bazasiga «O‘zbekiston Respublikasi Bank depozitorlarining milliy axborot bazasi to‘g‘risida»gi Ni- zomga asosan taqdim etiladi. BDMABda mijoz ro‘yxatga olinib, unga maxsus xosraqam (unikal kod) beriladi. Yuridik shaxsning u ro‘yxatga olingan joyda birinchi marta ochilgan «Talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisobvarag‘i uning asosiy hisobvarag‘i hi- soblanadi. Mijozga berilgan xosraqam «Talab qilinguncha saqlana­digan depozit» hisobvarag‘i ichida ko‘rsatiladi. «Talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisobvarag‘ining tuzilishi ham boshqa bank hisobvaraqlari kabi 20 razryaddan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotlarga kompyu- terlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalash- tirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga raqamlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Banklarda mijozlarga hisobvaraqlar ochilishi mijoz va bank o‘rtasidagi shartnoma bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Shartnoma mijoz hisobvarag‘ini yuritish bo‘yicha shartnoma, deb yuritiladi. Shartnomada depozit shartlari, depozitdan foydalanish tartibi, bank tomonidan to‘lanadigan foizlar miqdori, bank to- monidan mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu xizmatlar uchun korxona tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar miqdori, bank mijo- zining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va boshqalar ko‘rsa- tilib, korxona rahbarlarining imzolari va muhrlari qo‘yiladi.

Korxonaga hisobvaraq ochishda bank tomonidan belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi. Banklarda yuridik shaxslarga «Talab qi­linguncha saqlanadigan depozit» hisobvarag‘i bilan birgalikda jamg‘armali yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochiladi. Bun- day hisobvaraqlarning ochilishini rasmiylashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • soliq to‘lovchiga berilgan raqamning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma;

  • imzolar va muhr izi namunalari qo‘yilib, notarius tasdiq- lagan kartochka (varaqcha).

Sanab o‘tilgan hujjatlar korxona ushbu bankda ilgari hisob­varaq ochmagan taqdirda taqdim etiladi. Agar korxona ilgari shu bankda biror hisobvaraq ochgan va tegishli hujjatlarni bankka taqdim etgan bo‘lsa, u holda faqat hisobvaraq ochish uchun ariza rasmiy- lashtirilib topshiriladi. Arizada qanday depozit bo‘yicha hisobvaraq ochish lozimligi ko‘rsatiladi va belgilangan tartibda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Budjet muassasalari uchun jamg‘armali va muddatli depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi.

Jamg‘armali va muddatli depozitlardan yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bu- ning uchun jismoniy shaxs tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘ri- sidagi ariza, imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha hamda hisobvaraq ochishni so‘ragan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat topshiri- ladi. Hujjatlar ko‘rib chiqilib, tegishli nazorat o‘tkazilgandan so‘ng, bank bilan mijoz o‘rtasida bank hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha shart- noma imzolanib, unda shartnoma shartlari belgilab qo‘yiladi. Ayni paytda shartnomada depozitlarning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda depozitor dastlabki hisob shakllari bo‘lgan hujjat- larga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi.

Umuman, hisobvaraq ochish uchun mijozlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar ularning «yuridik hujjati» hisoblanib, alohida papkaga tikiladi va bosh buxgalterda saqlanadi. Imzo va muhr namunasi tushirilgan varaqchalar mas’ul ijrochi va bankning so‘nggi nazorat xodimiga topshiriladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish