Bank deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit- hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi.
Banklar paydo bo‘lishining asosi tovar-pul munosabatlari- ning rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tu- zumlarda banklarning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan subyektlarga berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi pul- dorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
«Bank» italyancha «banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i, «pulli stol» ma’nosini anglatadi. O‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo‘yib hisob-kitob qilishgan.
XII asrda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii» deb atalgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «banco rotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Demak, bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» ham italyancha «banca» so‘zidan olin- gan.
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich bosqichi XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar, asosan, o‘z mijozlari — savdogarlarga xiz- mat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib bor- gan. Banklar o‘z mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli
zarar ko‘rishdan himoya qilgan. Ular hisoblami ma’lum sum- madagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694-yilda aksiyadorlik banki sifatida tashkil topgan. Bu bank aksiyador-emission bank bo‘lib, unga davlat tomonidan bankno- talar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik, sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib bor- gan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanishi ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali ay- lanishining tezlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq mu- nosabatlarining rivojlanishi pulli hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlanti- rish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishining esa bank tomonidan boshqarilishi zarur edi. Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsim- lash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapi- talistidan farqli o‘laroq, bankir tadbirkor sifatida o‘z ish faoliya- tini olib borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor o‘z kapitalini sanoatga, sav- dogar o‘z mablag‘ini savdoga qo‘ysa, bankir o‘z kapitalini bank ishiga qo‘yadi. Ssuda kapitalisti, asosan, o‘zining bo‘sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar chetdan jalb qilingan mablag‘larga tayanadi. Ssudaga mablag‘ beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bo‘lsa, bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o‘z qo‘llarida jamlashadi va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib borishadi. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomil- lashuvi, ularning maxsus korxonalar — kredit muassasalariga ay- lanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan bo‘sh mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo‘nal- tirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‘yicha oladigan foiz o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi.
Banklarning funksiyalari
Bu bobda biz banklarga taalluqli bo‘lgan umumiy funksiyalar to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz. Keyingi boblarda alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi bo‘g‘in banklarining funksiyalari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, banklar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga aylan- tirish;
kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
to‘lov jarayonlarida vositachilik qilish;
muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish — banklarning ilk funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya amalga oshirilishi natijasida bir to- mondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo‘ladilar, ikkinchi to- mondan bu mablag‘lar banklarning kreditlash salohiyatini tashkil qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiya- larini olib boradi.
Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari banklar ishtirokisiz bir kor- xona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo‘lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |