O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet42/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Sudxo ‘rlik krediti kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng tarqalgan kredit hisoblanadi. Amalda sudxo‘rlik krediti Marka- ziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mablag‘larni vaqtincha foydalanishga berish yo‘li bilan amalga oshi- riladi. Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan xarak- terlanadi (120—180 %). Milliy kredit tizimi infrastrukturasi rivojla- nishi va hamma turdagi potensial qarz oluvchilarga kredit resurs- lardan foydalanish huquqini ta’minlash natijasida sudxo‘rlik krediti ssuda kapitali bozoridan yo‘qoladi.

  1. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati

Kreditning ahamiyati uning mohiyati va funksiyalari orqali aniqlanadi. Kreditning ahamiyatini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag‘batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funksiyalarining natijasi sifatida aniqlashti- rish mumkin.

Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijti- moiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Korxonalar- ga beriladigan kredit ularning vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayoni- ning uzluksiz davom etishini ta’minlaydi.

Pul mablag‘lariga ehtiyoj ishlab chiqarishning nafaqat mav- sumiy, shuningdek, boshqa sabablariga ham bog‘liq. Barcha hol- larda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz — doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muoma- lasini tezlashtirishni ta’minlaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va muomala sohasini rag‘- batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijti- moiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolari yechilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Kreditning ilmiy-texnika taraq- qiyotiga ijobiy ta’siri jahon talablariga mos mahsulot ishlab chiqa­rish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnolo- giyalami kiritish jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko‘rinmoqda.

Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o‘zga- rishlar tufayli ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday sharoitda kor- xonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Ko‘rinib turibdiki, kreditning paydo bo‘lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek, bo‘sh pul mablag‘- larining mavjudligi, ularni vaqtinchalik foydalanishga berish im- koniyatiga bog‘liq.

Kredit texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-usku- nalarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashi- nalar bilan ta’minlash asosida, minimal kapital xarajatlar hiso- biga xalq xo‘jaligiga kerak mahsulotning hajmini oshirishda kor- xonalarning samarali yo‘llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki beruvchi vositadir.

Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirishga yordam beradi.

Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligi qiymat shakllari o‘sish sur’atlarining bir-biriga munosabatini ifo- dalaydi va, o‘z navbatida, ishlab chiqarish fondlari samaradorligi darajasini xarakterlaydi. Kredit shunday ishlab chiqarish vosita- lari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligi va mehnatning fond bilan qurolla- nish darajalari oshsin.

Kreditning muhim vazifasi sof daromadni ishlatishda vosita- chilik mexanizmini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengay­tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun av- val uni pul ko‘rinishida jamg‘arish kerak. Kreditning o‘rnini to‘g‘ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak.

Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va proporsional rivojlanish asosida aholining moddiy- madaniy turmush darajasi oshishini ta’minlaydi. Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirish intensiv omillarini qo‘l- lash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.

Kredit davlatning iqtisodiy dastaklaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kredit ishlab chiqarishga ijti- moiy xarajatlarni iqtisod qilish yo‘li bilan ta’sir etadi. Ammo kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o‘zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.

Kreditning ahamiyati uni xalq xo‘jaligiga ta’sir etish mexa- nizmi va yo‘nalishida ifodalangan nazariy tushunchadir. Kreditning iqtisodiyot va ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga ta’siri uning xo‘jalik hisobining mustahkamlanishidagi mavqeyini oshiradi. Xo‘- jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi.

Kreditning xo‘jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi:

  • qarz maqsadli yo‘nalishiga ega bo‘ladi;

  • qarzni qaytarib berish va muayyan to‘lov to‘lash majbu- riyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.

Kreditning hozirgi sharoitdagi mavqeyini oshirish uchun bank- lar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo‘lmagan zaxiralar va xarajatlarga kredit- lar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo‘llashni hisobga olishlari zarur.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning ahamiyati or- tib bormoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida res- publikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bor­moqda va bunda kredit ham muhim ahamiyat kasb etayotir.

Kredit mamlakatlararo o‘zaro hamkorliklarni amalga oshi- rishda, xususan, qo‘shma korxonalar qurishda va ularning fao- liyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning ahamiyati yanada muhimroq bo‘lib ko‘rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga taalluqli qo- nunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar orqali ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi, «Fer- mer xo‘jaliklariga kredit berish va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunlari va boshqa shunga oid normativ hujjatlar davlatimiz olib borayotgan pul- kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Natijada yildan yilga tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tar- moqlariga ajratilgan kreditlar salmog‘i oshib bormoqda. Faqatgina 2013-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, iqtisodiyotning real sektoriga ajra­tilgan kreditlar hajmi 2012-yilning shu davriga ko‘ra 30,9 % ga oshib, 21,3 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu kreditlarning 72,9 % i uzoq muddatli kreditlardir. 2013-yilning 6 oyi davomida kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlar salmog‘i oshib, 3,8 trln so‘mni tashkil etdi.

«Obod turmush yili» Davlat dasturi doirasida 320 mlrd so‘mlik, shu jumladan, 15 ming yosh oilaga 81 mlrd so‘m miqdorda iste’mol kreditlari berildi. Umuman, iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalarning umumiy hajmi so‘nggi 10 yilda 9 martaga, oxirgi 3 yil ichida esa 2,4 barobarga oshdi.



NAZORAT SAVOLLARI
Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlariga ajratilgan kredit qo‘yilmalarning hajmi 5,7 trln so‘mni tashkil qildi. Oxirgi besh yilda investitsion kreditlar 4 barobarga oshdi.

  1. Nima uchun kredit beriladi?

  2. Kreditning mohiyati va funksiyalarini izohlang.

  3. Kredit tarkibini bayon eting.

  4. Kreditning tamoyillarini sanab o‘ting.

  5. Kreditning shoklari qanday bo‘lishi mumkin?

  6. Qarzni to‘lash usullarini bayon eting.

  7. Tijorat krediti nima?

  8. Kreditning bugungi kundagi ahamiyati.

    1. Banklarning kelib chiqishi va uning mohiyati


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish