O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet39/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Ta’mmlanganliknmg mavjudligi. Ishonchli kreditlar va ular- ning qaytarilishini ta’minlovchi birdan bir garov shakli bevosita kredit shartnomasi hisoblanadi. Kredit shartnomasi shartlarining bajarilishini kredit ta’minlanganligining sharti sifatida qabul qi- lish, xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda, ishonchga sazovor bo‘lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatli kreditlash jarayonida qo‘llaniladi. Uzoq muddatli kreditlashda ham berilgan kreditlarni sug‘urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Odatda, sug‘urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Bizning amaliyotimizda bu ba’zi hollarda, tijorat bank- lari tomonidan o‘z sho‘balarini va muassasalarini kreditlashda qo‘llanilishi mumkin.

Yaxshi ta’minlangan kreditlar. Bunday kreditlar zamonaviy bank kreditining asosiy turi sifatida ta’minlangan ssudalar hisoblanadi. Ta’minlanganlik sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mul- ki, ko‘proq ko‘chmas mulki va uning ixtiyoridagi qimmatli qog‘oz- lar, boshqa mulk shakllari bo‘lishi mumkin. Qarz oluvchi o‘z maj- buriyatlarini bajara olmagan hollarda ta’minlanganlik asosi bo‘lgan mulk bank ixtiyoriga o‘tadi va bank uni sotib, yetkazilgan zararni qoplash huquqiga ega. Bank tomonidan berilayotgan kredit miq- dori taklif etilayotgan ta’minlanganlikning o‘rtacha bozor narxi- dan past bo‘ladi va mulk bahosi tomonlarning kelishuvi natijasida aniqlanadi.

Kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk tez sotiladigan, oldin biror majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilmagan, korxonaga tegishli bo‘lgan mulk bo‘lishi kerak.

Uchinchi shaxsning moliyaviy kafolati yoki kafilligi bilan berila- digan ssudalar. Kredit boshqa bir tashkilotning kafolati asosida beriladi. Kafolat beruvchi korxona yoki muassasa, agar qarz oluv­chi kredit shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarni vaqtida bajarma- sa, shu tufayli bank ko‘rgan zararlarni qoplashga kafillik beradi va faoliyat davomida haqiqatda shunday ahvol ro‘y bersa, o‘z mablag‘lari hisobidan zararni qoplab beradi. Moliyaviy kafillik beruvchi to- mon sifatida yuridik shaxslar, shuningdek, turli darajadagi davlat hokimiyati organlari ishtirok qilishlari mumkin.

Bank kreditining maqsadliligi. Jahon amaliyotida umumiy biron ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurs- larga bo‘lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z ixtiyori bo‘yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, o‘rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo‘llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomoni­dan biron maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.

Kreditning qaysi maqsad uchun berilayotganligi kredit shart- nomasida ko‘rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz oluvchi tomonidan faqatgina unda ko‘rsatilgan masalani hal etish uchun ishlatiladi (masalan, olinayotgan tovarlar bo‘yicha hisob- lashish, ish haqi to‘lash va h.k. uchun). Qarz oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko‘rsatilgan jari- malar qo‘llaniladi.

Qarz oluvchilarning kategoriyalari. O‘zining faoliyat doirasiga qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, agrar sohada kredit oluvchilar. Bu sohaning bo‘lishi — maxsus kredit muassasalari — agrobanklar- ning, keyinchalik qishloq xo‘jaligi sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa banklar «Agrobank», «Qishloqqurilishbank» va boshqa shu turdagi banklarning tashkil topishini belgilab beruvchi asos hisobla- nadi. Bu banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiylikni e’tiborga ol- gan holda kreditlash hisoblanadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish