O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Haydovchilik mahoratini oshirishning



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

12.3. Haydovchilik mahoratini oshirishning  
psixofizologik asoslari
Kasbiy mahorat – bu haydovchining yo‘l sharoitini tez va aniq 
baholay olishi, uni oldindan ko‘ra olishi hamda sharoitga mos 
ravishda avtomobilning texnik imkoniyatlaridan o‘z vaqtida va 


123
to‘g‘ri foydalana olishidir. Kasbiy mahoratning ahamiyatini shundan 
ko‘rish mumkinki, tajribali haydovchilar yangi haydovchilarga 
qaraganda bir necha marta kam YTH sodir etadi.
Fransuz  mutaxassislarining  fikricha,  haydovchi  o‘z  faoliyati 
davrida 500 km masofani bosib o‘tgunicha asosan o‘z avtomobilini 
boshqarish bilan band bo‘lib, boshqa harakat qatnashchilariga 
e’tiborini yetarli darajada qarata olmaydi. 500 – 3000 km masofani 
bosib o‘tganda haydovchi yo‘l-transport vaziyatiga e’tibor bera 
boshlaydi va avtomobilni xavfsiz boshqara olishi mumkin. Bu 
ko‘rsatkich albatta shartli bo‘lib, u birinchi galda haydovchilarni 
tayyorlash sifatiga va haydovchilarning individual xususiyatlariga 
bog‘liq bo‘ladi.
Haydovchilarning kasbiga tayyorligi darajasi har xil yo‘l-
transport vaziyatlarida avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari orqali 
baholanadi.
Bugungi kunda respublikamiz avtomobil yo‘llari va shahar 
ko‘chalarida avtomobildan foydalanish xususiyatlari (tortish va 
tormozlash dinamikasi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi va hokazo) 
bir-biridan keskin farq qiluvchi avtomobillarning ko‘payib ketishi 
YTH miqdorining ortishiga olib kela boshladi. Shuning uchun 
har xil yo‘l sharoitida xavfsiz boshqarish ko‘nikmalarini nafa-
qat yosh haydovchilar, balki tajribali haydovchilar ham doim oshi-
rib borishlari shart. Ko‘nikmalar doimiy bo‘lmay, balki o‘zgarish 
xususiyatiga ham ega. Agar haydovchi doim mashq qilib turma sa, 
kasbiy faoliyatida uzoq vaqt uzilishlar bo‘lsa, uning avtomo bilni 
boshqarish bo‘yicha egallagan ko‘nikmalari pasayib ketadi.
Haydovchilarning kasbga ishonchliligini oshirishga ularning 
axloq-odobini mujassamlashtirish, mashqlar, idiomator va autogen 
mashqlar ham katta rol o‘ynaydi. Idi – grekcha so‘z bo‘lib, tushunish, 
tasavvur etish ma’nosini anglatadi. Idiomatorika degani esa, biron-
bir harakatni xayolan bajarish degan ma’noni anglatadi. Masalan, 
yo‘lning qatnov qismiga to‘satdan piyoda chiqib qolganida, 
haydovchi bajarishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlarni his etishi kerak. 
Shuning uchun haydovchi har xil vaziyatlarda shart bo‘lgan xatti-
harakatlarni xayolida bajarib tursa, juda yaxshi natijalar beradi. 
Buni avtomobil poygachilari misolida ham ko‘rish mumkin. Ular 


124
musobaqa o‘tadigan yo‘l va undagi sharoit bilan avvaldan har 
tomon 
lama tanishib chiqib, musobaqa chog‘ida qanday harakat 
qilish zarurligini oldindan xayolan hal qilib oladilar. Haydovchilarni 
psixolo 
gik tayyorlashda autogen mashqlar ham muhim o‘rin 
tutadi. Autogen mashqlar yordamida inson o‘z-o‘zini ishontirishi 
natijasida zarur bo‘lgan psixologik holatni egallay oladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, char choqni va o‘ziga ishonchsizlikni yo‘qotishda katta 
yordam beradi.
Haydovchilarni tayyorlashda va ko‘nikmalarni mujassam lashti-
rishda yuqorida sanab o‘tilgan mashqlar faqat real yo‘l sharoitlarida 
amalga oshirilsa, yana yuqori samara beradi. Ammo har xil yo‘l-
transport vaziyatlarini real yo‘l va ko‘chalarda hosil qilib bo‘lmaydi. 
Murakkab kritik vaziyatlarni faqat avtomobil trenajyorlari, 
avtodromlarda va kompyuterlarda hosil qilish mumkin.


125

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish