114
olsa u yana tiklanadi (58-rasm). Agar haydovchining dam olganidan
keyin
ham ish qobiliyati tiklanmasa, bu o‘ta toliqish deb ataladi.
Masalan, kechasi to‘yib uxlamasa, haftaning oxiriga kelib charchoqlar
yig‘ilib borgani uchun bu ham o‘ta toliqishga olib keladi.
100
80
60
40
20
0
Is
h
qo
bi
liy
at
i,
%
0
1
2 3
4 5
6
7
8
Ish
soatlari, s.
Tu
sh
lik
58-rasm. Haydovchi ish qobiliyatining ish soatlari davomida o‘zgarish grafigi
.
Haydovchi ish qobiliyatining kun davomida o‘zgarib borishini 3
davrga ajratish mumkin:
Birinchi davr – kirish bo‘lib, haydovchi dam olishdan so‘ng ishga
chiqqani uchun ma’lum vaqt yo‘l sharoitiga ko‘nika olmaydi. Vaqt
o‘tishi bilan uning ish qobiliyati ortib boradi.
Ikkinchi davrning boshida ish qobiliyati o‘zining eng katta
qiymatiga yetadi va ma’lum vaqt davomida turg‘un saqlanib qoladi.
Ish vaqtining davom etishi bilan shunday davr boshlanadiki,
endi ish qobiliyati yana pasaya boradi.
Tushlik va dam olish hay-
dovchining ish qobiliyatining yana ortishiga olib keladi. Kunning
oxiriga kelib charchoqning ortishi oqibatida ish qobiliyati ma’lum
bir jadallik bilan pastga qarab ketadi (kuzatishlar yetti soat ishlag-
anidan keyin ish qobiliyatining keskin pasayishini tasdiqlagan).
59-rasmda «Toshavtobustransxizmat» uyushmasining 2-avtobus
saroyida 2001 – 2006-yillarda haydovchilarning ish soatlari bo‘yicha
sodir etgan YTH tasvirlangan.
59-rasmdan ko‘rinib
turibdiki, haydovchining ish soatlari
ortishi bilan YTHning soni ham ortib borar ekan. Eng ko‘p YTH
haydovchi ishining 4 – 7 soatlari to‘g‘ri kelar ekan. Haydovchi
8 soat ishlaganidan keyin YTH sonining
kamayib borishi
haydovchilarning ish tartibi (rejimi) bilan bog‘liq bo‘lib, 2-avtobus
saroyida asosiy qism haydovchilari ikki smenada ishlaydi.
115
10
8
6
4
2
Y
TH s
on
i, d
.
2 4 6 8 10
12 14
Ish soatlari, s.
59-rasm. YTH sonini haydovchining ish soatlari bo‘yicha taqsimlanishi.
Tahlillar va 58
–
59-rasmlardan shunday xulosa kelib chi-
qadi. Haydovchining ish kuni davomida ish qobiliyatining
pasayishi tabiiy holdir. Ish qobiliyatini zarur darajada ta’minlash
haydovchining kunlik ishini qanday tashkil etishiga bog‘liq ekan.
Har bir haydovchining ish kuni «Avtomobil
haydovchilarining ish
soatlari va dam olishlari haqida nizom» asosida tashkil etilishi kerak.
Ushbu nizomga ko‘ra, haydovchining haftalik jami ish soati
haftalik soat, kunlik 7 soat va dam olish kuni arafasida 6 oy qilib
belgilangan. 1 soatga qisqartirish kerak.
Agar ishlab chiqarish sharoiti 7 soatlik ish soatini ta’minlay
olmasa, ish soati 10 soatgacha cho‘zilishi mumkin. 12 soatlik ish
kuni esa, faqat Kasaba uyushmasi markaziy qo‘mitasining
ruxsati
bilan tashkil etilishi mumkin.
R. V. Rotenber haydovchining ish soatlarini o‘rganib, quyida-
gilarni aniqlagan (4-jadval).
4-jadval
Haydovchilar soni, %
14
44
27
15
Ish kunining davomiyligi, soat: 8 soatgacha 8 – 10 soat
10 – 12
soat
12 soatdan ko‘p
Amaldagi qonunlarga ko‘ra («Mehnat kodeksi haqida»gi Qonun)
haydovchiga ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun
vaqt
berilishi, kunlik va haftalik dam olish kunlari va yillik ta’til
berilishi kerak.
Haydovchining ish kunini rejalashtirishda ikki kunda 4 soat va
bir yilda 120 soat ortiq ishlashiga ruxsat etiladi.
Yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki, haydovchining ish tarti-
bini tasarrufdagi xizmat bo‘limi rejalashtiradi va unga javob beradi.