G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik
va harakat xavfsizligiga ta’siri
Avtomobil yo‘llari qanday qoplama bilan to‘shalganiga, uning
g‘adir-budurligiga, ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab
harakat xavfsizligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, III – V darajali avtomobil yo‘lla-
rida 40 – 50 %, undan yuqori darajada bo‘lgan avtomobil yo‘llari da
135
60 – 70 % yo‘l-transport hodisalari ilashish koeffitsiyentining pastligi
oqibatida sodir etilar ekan.
Ilashish koeffitsiyentiga avtomobil yo‘llarining holatidan
tashqari, shinaning xususiyatlari, avtomobil konstruksiyasi va
ob-havo ham ta’sir o‘tkazadi, ammo avtomobil yo‘llarining
qoplamasi eng katta ta’sir qiluvchi omil ekan. Masalan, shinaning
konstruksiyasi va materiali 120 – 200 % ta’sir etsa, yo‘l qoplamining
quruq yoki ho‘l bo‘lishiga qarab 150 – 500 % gacha ta’sir etadi.
Yo‘l qoplamasini g‘adir-budurligi, qoplama tarkibidagi mate-
riallarning o‘lchamlari va g‘adir-budurlik burchaklari shinalar-
ning yemirilishiga hamda g‘ildiraklarning aylanishidan vujudga
keladigan transport shovqiniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyentini ko‘pincha
adabiyotlarda «φ» harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari
fanida φ uch turga ajratiladi:
φ – sirpanmasdan va shataklanmasdan harakatlanishdagi
ishqa lanish koeffitsiyenti; φ
1
– sirpanishdagi va shataksirashdagi
(bo‘y lama yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti; φ
2
– yonlama
sirpanishdagi (ko‘ndalang yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti.
Agar φ ning qiymati ma’lum bo‘lsa, φ
1
va φ
2
larni quyidagicha
aniqlash mumkin:
1) φ
1
= (0.7
1
/
4
0.8)φ; 2) φ
2
=
ϕ
ϕ
2
1
2
−
yoki φ
2
= (0.85
1
/
4
0.9) φ
1
.
φ ning qiymatiga qarab harakatlanish sharoiti quyidagi turlarga
ajratiladi (10-jadval):
10-jadval
Qoplama holati
Harakatlanish sharoiti
φ ning 60 km/s. tezlikdagi qiymati
quruq, toza
juda qulay
0,7
quruq, toza
me’yorida
0,5
ho‘l, iflos
noqulay
0,3
muzlagan
juda noqulay
0,1 – 0,2
Transport vositalari tezligining ortishi shinalar bilan yo‘l
qoplamasi orasidagi ilashish yuzasiga va unga tushayotgan og‘irlik
kuchiga ham ta’sir etadi. 11-jadvalda yo‘l qoplamasining turiga va
transport vositalarining tezligiga qarab ilashish koeffitsiyentining
o‘zgarishi keltirilgan.
11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tezlik ortgani sari ilash-
ish koeffitsiyentining qiymati kamayib borar ekan. Ilashish
136
koeffi t siyentining kamayishi tormoz yo‘lining ortishiga olib ke-
ladi. Demak, haydovchi harakatlanish tezligini tanlayotgan-
da xavf siz lik oralig‘ini saqlashi uchun ilashish koef fitsiyenti
kichik bo‘lgan yo‘l sharoitida tezlikni kamaytirishi kerak.
Lekin kuz va bahor paytlarida 70 %, yoz kunlarida esa 30 % ga-
cha YTH ilashish koeffitsiyentining yetishmasligi oqibatida so-
dir bo‘lishi ga qaramay, haydovchilar tezlikni tanlashda xatoga yo‘l
qo‘yar ekan. AQSHda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l
qoplamasi ning ho‘l bo‘lishi tezlikning 3 – 5 km/s ga va muzlash esa
20 km/s ga kamayishiga olib kelar ekan.
11-jadval
Qoplama turi
Tezlik, km/s
10
20
30
40
50
60
70
80 90 100
Ho‘l qoplamadagi ilashish koeffitsiyenti
Sement-beton
0,60 0,56 0,54 0,50 0,46 0,42 0,41 0,40 0,38 0,36
Asfalt-beton
0,58 0,53 0,48 0,44 0,40 0,37 0,33 0,30 0,30 0,29
Qora-chaqiq tosh
0,54 0,44 0,37 0,33 0,30 0,29 0,27 0,25 0,24 0,23
G‘adir-budur qora-chaqiq tosh 0,60 0,59 0,58 0,56 0,54 0,52 0,50 0,48 0,46 0,44
Haydovchilar uchun turli xil yo‘l sharoitlarida xavfsiz tezlikni
tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilayotganida va yo‘l larning
ilashish koeffitsiyenti kichik bo‘lgan joylarni aniqlash uchun ular
haqida ma’lumotlar zarur bo‘ladi.
Ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash uchun xilma-xil
usul va asboblardan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash
uchun Moskva avtomobil-yo‘llar instituti (texnika universiteti)
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan rotatsion tur dagi kichik hajmli
asbob – dinometrli tirkamalardan tashqari bugungi zamon texnika
taraqqiyotiga asoslangan aniqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan
elektron asboblar mavjud.
Ammo ATX sharoitida bunday asboblar bo‘lmaganligi uchun
xo‘jalikning harakat xavfsizligi xizmati xodimlari ilashish koeffi-
tsiyen tini aniqlashning eng oddiy bo‘lgan usullarini bilishlari shart.
Bunday usullardan biri ilashish koeffitsiyentini «Desselograf»
asbobi yordamida aniqlashdir. Buning uchun «Desselograf»
avtomobilining biron-bir joyiga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi
(ko‘pin
cha peshoynaga). Avtomobil ma’lum bir tezlikkacha
tezlashtirilib, so‘ng tormoz tepkisini keskin bosib (shoshilinch
tormoz berish) to‘xtatiladi. Desselografdan avtomobilning tormoz-
137
lash davridagi sekinlashishi (j) aniqlanadi. Ilashish koeffitsiyenti-
ning qiymatini quyidagi formula yordamida topiladi:
ϕ
ϕ
2
1
2
−
;
bu yerda: g = 9.81 m/s
2
– erkin tushish tezlanishi.
Agar desselograf asbobi bo‘lmasa, tajribalar aynan oldingi
usuldagidek qaytariladi. Lekin ikkinchi usulda tormoz yo‘lining
uzunligi aniqlanadi. Tajribalar bir necha marta qaytarilib, tormoz
yo‘lining (S
T
) o‘rtacha qiymati topiladi. Ilashish koeffitsiyentining
qiymati esa quyidagicha topiladi:
ϕ=
V
S
T
2
254
;
bu yerda: V – avtomobilning tormozlash vaqtidagi tezligi, km/s.
Ilashish koeffitsiyentining haqiqiy qiymatlarini aniqlash xavfsiz
tezlikni va yo‘lning ilashish koeffitsiyentining past bo‘lgan joylarini
aniqlashdan tashqari, YTH bo‘yicha sud yoki xizmat ekspertizasini
o‘tkazish davrida asosiy ma’lumotlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |