XIV. YO‘L SHAROITLARI
14.1. Avtomobil yo‘llari, ularga qo‘yilgan talablar
va asosiy elementlari
O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘ri-
sida»gi Qonunida yo‘l tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Yo‘l – transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslash-
tirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud
sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini (umu miy
foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo‘llarini), shaharlar, shahar-
chalar va qishloq aholi punktlarining ko‘chalari va yo‘laklarini,
shuningdek, shahar elektr transporti yo‘llarini qamrab oladi».
Avtomobil yo‘llari QMQ 2.05.02-95 ga asosan butun uzunligi yoki
ayrim qismlarining xalq xo‘jaligidagi ma’muriy ahamiyati va vazifa-
siga ko‘ra belgilanishiga qarab 5-jadvalga asosan darajalarga bo‘linadi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |