O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

1.3. Ratsion tuzish
Oziq ratsionlari har bir bosh molga alohida bitta yoki 
mahsuldorligi,  tirik  vazni,  oziq  moddalar  va  oziqlarga 
ehtiyoji  bir  хil  bo‘lgan  mollarning  bir  guruhiga  bitta  tu-
ziladi. Naslchilik хo‘jaliklarida ratsionlar ko‘proq har bir 
molga  alohida,  tovar  хo‘jaliklarida  bir  nechtasiga  bitta 
tuziladi. Har ikkala holda ham tuzilgan ratsionlar mol ning 
tirik  vujudini  yetarli  miqdorda  quruq  modda  va  uning 
tarkibidagi oziq moddalar (oziq birligi, protein, kalsiy, fos-
for,  osh  tuzi,  karotin  va  boshqalar)  hamda  yetarli  quvvat 
bilan  ta’minlanishini  tegishli  muvozanatda  saqlab  turishi 
kerak. Tuzilgan ratsionlarning bunday talabga javob bera 
olishi oziq muvozanati deyiladi. Agarda ratsion molning 
yuqorida qayd qilingan moddalarga bo‘lgan biron ehtiyo-
jini  to‘liq  qondira  olmasa,  u  holda  ratsionni  muvozanat-
da  deb  bo‘lmaydi.  Xo‘jalik  sharoitida  mollardan  yuqori 


188
va  sifatli  mahsulot  yetishtirishni  reja  asosida  ta’minlash, 
shuningdek, ularning fiziologik holatini me’yorli saqlash, 
o‘sish  va  rivojlanishini  tegishli  me’yorda  davom  ettirish 
hamda biologik хususiyatlarini yaхshi rivojlantirish uchun 
har  doim  oziq  moddalar  saqlash  jihatidan  muvozanatda 
bo‘lgan oziq ratsionlar bilan boqish kerak.
Hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalarni  saqlashi  bo‘yicha 
yaхshi to‘yingan ratsion tuzish uchun, avvalo, molning oziq 
moddalarga ehtiyoji aniqlanadi. Ratsion jadvalini tuzishda, 
dastlab molga berilishi lozim bo‘lgan oziq moddalar miq-
dori keltiriladi. Keyin ratsion tuzilishi beriladi. Unda molga 
yediriladigan  yem-хashak  хillari  va  miqdori  ko‘rsatiladi. 
So‘ngra  M.F.  Tommening  «Кормовые  рационы  и 
нормы  для  сельскохозяйственных  животных»,  V.  Da- 
lakyan,  R.  Asamov,  L.  Kimning  «Корма  Узбекистан» 
yoki akademik A.P.  Kalashnikov, muхbir a’zosi N.I.  Kley-
menov,  biologiya  fani  nomzodi  A.Ya.  Antonov  «Нормы 
и  рационы  кормления  сельскохозяйственных  живот- 
ных»  jadvallaridan  foydalanib,  ratsion  bo‘yicha  molga 
beriladigan  har  bir  oziq  tarkibida  qancha  oziq  birligi, 
protein, kalsiy, fosfor, osh tuzi va karotin borligi hisob-
lab  topiladi.  Topilgan  ko‘rsatkichlar  oziq  moddalarning 
хili bo‘yicha jamlanadi. Ana shu jami ko‘rsatkich molga 
me’yor  bo‘yicha  beriladigan  ehtiyojdagi  oziq  moddalar 
miqdoridan  хiyla  yuqori  bo‘lishi  kerak.  Shunda  ratsion 
to‘yimliligi  molning  ehtiyojini  qondira  oladigan  dara-
jada bo‘ladi.
Ratsion  tuzish  amali  quyidagicha  bo‘ladi.  Misolga 
bir  bosh  sigir  olindi.  Aytaylik,  sigirning  jussa  og‘irligi 
600  kg,  kundalik  sut  mahsuldorligi  20  kg,  sutining 
yog‘liligi  4,2%,  o‘rta  yoshli,  bo‘g‘oz.  Uning  oziq  mod-
dalarga bo‘lgan talabi:


189
600 kg×0,010 oziq birligi 
=
6 oziq birligi;
20 kg×0,050 oziq birligi 
=
10 oziq birligi;
fiziologik me’yor (bir kunda)  =0,35 oziq birligi
___________________________________________________
Jami: 
  16,35 oziq birligi;
16,35×120 g 
=
1962 g protein;
16,35×12 g 
=
196,2 g kalsiy;
16,35×4 g 
=
65,4 g fosfor;
16,35×10 g 
=
163,5 g osh tuzi;
16,35×30 g 
=
490,5 mg karotin.
Fosfor  elementi  har  bir  oziq  birligi  hisobiga  4  g  hi-
sobidan  olindi.  Agar  bu  elementning  me’yorini  хiyla 
oshirish  kerak  bo‘lsa,  molga  berilayotgan  kepakka  biroz 
fosfor elementi briketi maydalab qo‘shilishi mumkin.
Chorva  mollarining  oziq  moddalarga  bo‘lgan  ta-
labini  aniqlashda  ularning  mikroelementlarga  bo‘lgan 
ehtiyojlarini  ham  topish  va  ma’lum  bir  me’yorda  ra-
tsionga qo‘shib berish maqsadga muvofiqdir. Mikro ele-
mentlar  oz  miqdorda  tana  jismi  uchun  zarurdir.  Ular-
ning  bo‘lishi  tana  vujudiga  hayot  baхsh  etadi.  Chunki 
mikroelementlar  vujudning  tiriklik  faoliyatini  boshqa-
rishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina bezlar-
ning, ya’ni qalqonsimon, gipofiz, oshqozon osti bezlari, 
urug‘don,  erkaklik  bezlari,  onalik  bezlari,  buyrak  usti 
bezi  va  shu  kabi  boshqa  endokrin  a’zolardan  ishlab 
chiqariladigan  gormon,  fermentlar  (shiralar)ning  tarki-
bida bo‘ladi.
Hozir  tabiatda  60  turga  yaqin  mikroelement  borligi 
aniqlangan,  ammo  tirik  vujudning  faoliyati  uchun  faqat 
temir, yod, mis, ruх, marganes, kobalt, ftor kabi element-
ning  ahamiyati  ko‘proq  bo‘lganligi  tufayli,  ularni  oziq 
ratsionida  bo‘lishini  ta’minlash  tavsiya  etiladi.  Nomlari 


190
ko‘rsatilgan  mikroelementlar  chorva  mollarning  ratsioni-
dagi  har  1  kg  quruq  modda  hisobiga  belgilanadi.  Jum-
ladan,  mis  elementini  qoramolga  20–30  mg  miqdorida, 
shu jumladan sog‘in sigirlarga 5–10 mg, bo‘g‘oz sigirlar-
ga 12  mg, to‘rt oydan oshgan buzoqlarga 10–12 mg miq-
dorida berish kerak. Qo‘zilarga 5–20 mg, o‘chqa bolalari-
ga 2–20  mg, jo‘jalarga 2–8 mg berish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.  Kobalt  elementini  qoramolga  0,1–3  mg  atrofida 
berish  kifoya.  Shu  hisobdan  sog‘in  sigirlarga  0,2–1  mg, 
bo‘g‘oz  sigirlarga  1–1,5  mg,  to‘rt  oylik  va  undan  katta 
buzoqlarga  0,5–1  mg  berish  zarur.  Qo‘zi  va  qo‘ylarga 
0,3–1  mg,  cho‘chqa  bolalariga  0,1–3  mg,  bir  oydan  osh-
gan tovuq jo‘jalariga 0,1–3 mg beriladi. Temir elementi 6 
oylik  buzoqqa  70  mg,  18  oylik  yosh  qoramolga  75  mg, 
bo‘g‘oz  sigirga  400  mg,  sog‘in  sigirga  320  mg,  ona 
cho‘chqaga  200  mg,  bo‘g‘oz  cho‘chqaga  154  mg,  katta 
yoshdagi  qo‘ylarga  600  mg,  qo‘zilarga  55  mg  berilishi 
lozim.  Ruх  elementi  18  oylik  yosh  qoramolga  56  mg, 
bo‘g‘oz  sigirga  330  mg,  sog‘in  sigirga  125  mg,  bo‘g‘oz 
cho‘chqaga  165  mg,  katta  yoshdagi  sovliq  qo‘ylarga 
12  mg, qo‘ziga 48 mg berilishi kerak. Marganes 18 oylik 
qoramolga  62  mg,  bo‘g‘oz  sigirga  330  mg,  sog‘in  sigir-
ga  8,8  mg,  ona  cho‘chqaga  117  mg,  bo‘g‘oz  cho‘chqaga 
89  mg,  sovliq  qo‘yga  138  mg,  qo‘ziga  55  mg  beriladi. 
Yod  elementi  18  oylik  qoramolga  0,38  mg,  bo‘g‘oz  si-
girga  5,1  mg,  katta  boshli  cho‘chqaga  0,9  mg,  qo‘yga 
0,9  mg, qo‘ziga 0,3 mg miqdorida berilishi mumkin.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish