O’tkir xoletsistit.
O’tkir xoletsistit o’t qopining o’tkir yallig’lanishidir, uning rivojlanishida mikrob florasining o’t qopi devoriga ko’proq gemotogen yo’l bilan tushib, shikastlanishi kuzatiladi. Kasallik rivojlanishida qopchadagi o’t toshlari, qon aylanishining buzilishi, bo’yinchasining buklanib qolishi, o’tning turrungligi, me’da osti shirasining o’t yo’llariga tushishi ahamiyatli.
Patologoanatomik ko’rinishi.
O’tkir xoletsistit: kataral,flegmonali, gangrenali xoletsistitlarga bo’linadi.
O’tkir kataral xoletsistitda o’t pufagining shilliq qavati shishadi, qizaradi, epiteliysi ba’zi joylarda yirilgan bo’lib, gistologik tekshirilganda uning qizargani, yallig’langani, shishganligi va shilliq hamda shilliq osti qavatlarining leykotsitlar bilan infiltratsiyasi aniqlanadi.
Yiringli xoletsistitda o’t pufagi ko’pincha taranglashadi, tortiladi, uni o’rab turuvchi qorin parda xiralashadi, fibrinli pardalar bo’lishi mumkin, pufak bo’shlig’ida esa yiring to’planadi. Shilliq qavati shishgan, ba’zi joylarda eroziyalangan, shish va yallig’langan infiltrate o’t pufagi devorining hamma qavatlarini o’z ichiga oladi va unda abstsesslar paydo bo’ladi.
Flegmonali xoletsistitda o’t pufagi devoir barcha qavatlarining segment yadroli leykotsitlar bilan diffuz infiltratsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi, shilliq qavat nekrozi va yemirilishi yuz beradi, ba’zida esa devorining teshilishi ham kuzatiladi.
Gangrenali xoletsistitda nekrotik jarayon o’t pufagi devorining barcha qavatlariga tarqaladi.
Klinik ko’rinishi:
O’tkir xoletsistit o’ng qovurg’a ostiva qorin osti soxasida birdaniga paydo bo’ladigan og’riqlar bilan boshlanadi. Ko’pincha og’riqlar o’ng yelkaga va o’ng kurak soxasida tarqaladi. Bir necha soat davomida og’riq kuchayadi,lekin o’t-tosh sanchiqlarida uchraydigan og’riqlar kabi kuchli bo’lmaydi. Og’riqlar o’t pufagini o’rab turuvchi vistseral qorin pardaning ta’sirlanishiga bog’liq. Harakat chuqur, nafas olish og’riqni yanada kuchaytiradi. Bemor ko’pincha o’ng tomonga va orqaga egilgan bo’lib, majburiy holatga o’tiradi. Tana harorati oshadi. Yuz-beti ranglar, ahvoli og’ir, ingraydi. Qaltirash paydo bo’ladi. Haroratning oshishi va titrash yiringli va flegmonali xoletsistitdan darak beradi. Til quruqlashadi, oq karash bilan qoplanadi. Huruj aslida ko’ngil aynishi, qayta-qayta qusish qorin dimlanishi bilan o’tadi, qabziyat kuzatiladi. Bemor bezovta bo’ladi. Qorinni paypaslaganda o’t chiqaruvchi tizimlar uchun xos bo’lgan og’riq bilan ifodalangan Ortner, Zaxarin,Obraztsov-Merfi, Vasilenko belgilari, Frenikus belgisi, qorin pardaning ta’sirlanishi kabi belgilar musbat bo’ladi. Qorin yuzaki palpatsiya qilinganida o’ng qovurg’a ostida, ayniqsa o’t pufagi proyeksiyasida qattiq og’riq kuzatiladi, mana shu soatda qorin oldingi devoir mushaklarining taranglashuvi aniqlanadi. Ba’zi hollarda qorin devoir yupqaligida mushaklarda og’riq borligi va himoyaviy taranglanishiga qaramasdan cho’zilgan va og’riqli o’t pufagini paypaslash mumkin. Sariqlik kuzatilmaydi. O’tkir xoletsistitda duodenal zondlashni o’tkazish mumkin emas. Bemor umumiy holatining og’irlashuvi, yuqori harorat, titrash, taxikardiya, o’ng qovurg’a ostida qorinning og’rishi kuzatiladi.
Ionga neytrofil leykotsitoz (15-20, 10 l), EChT ning oshishi flegmonali va gangrenali xoletsistitdan darak beradi. Termografiya yordamida o’t pufagi proyektsiyasi soxasida terining gipertermiyasi o’chog’ini aniqlash mumkin. O’tkir xoletsistit tashxisida exografiya katta ahamiyatga ega, ayniqsa kechadigan jarayon tekshirilganda uning dinamikasini bilish uchun bir necha soatdan keyin (ertasiga) og’ir hollarni tashxis qilishda kompyuterli tomografiya qo’llaniladi. Exografiya va tomografiya nazoratida ba’zi bir muolajalari o’tkaziladi. O’t pufagi punksiyasi qilinadi va uning ichidagi yallig’langan suyuqlik olib tashlanadi, uning bo’shlig’iga antibiotiklar yuboriladi.
Kasallikning kechishi va uning asoratlari:
Kasallik oqibatida yaxshi tugashiga og’riq, harorat va qonning o’zgarishi, kasallikning 2-4 kunida ko’proq namoyon bo’ladi va bir necha kun saqlanadi, shundan so’ng bemor tez yoki sekin asta tuzaladi. Ba’zi hollarda esa surunkali shakliga o’tadi, ko’proq bu holat yiringli va flegmonali xoletsistitda uchraydi. Kasallik yomon kechganida o’tkir davri cho’ziladi va asoratlar kelib chiqishi mumkin: o’t pufagining qorin bo’shlig’ida perforatsiyasi peritonit rivojlanishiga yoki infektsiyaning ichki a’zolariga tarqalib ichki oqmalari hosil qilishiga, yuqoriga ko’tariluvchi xolangit, jigar abstsessiga sabab bo’ladi. O’ng qovurg’a ostida birdaniga o’tkir qattiq og’riq paydo bo’lishi, peritoneal belgilarning yaqqolligi, kichikroq tutishi, yel va najas chiqishining to’xtashi sababli qorinning tushishi, bosimning tushishi o’t pufagi perforatsiyasidan darak beradi. O’tli peritonit tashxisida austkultatsiya usuli ham yordam beradi: o’t pufagi joylashgan soha ustidagi qorin pardasining ishqalanish shovqini eshitiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, ugli peritonit og’irroq kechadi va yomon oqibatlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |