O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


Qishloq xo’jaligida bandlik va ishsizlik



Download 1,75 Mb.
bet38/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

7.Qishloq xo’jaligida bandlik va ishsizlik
Bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy mahsulotni yaratish bo’yicha qiladigan faoliyatini ifodalaydi. Bandlikning to’liqligi aholigining iktisodiy faolligiga munosabati bo’yicha hisobga olinadi. Bunga mahsulot, tovar ishlab chiqarishda va xizmatlarni amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslar tegishlidir. Iqtisodiy faol kishining mehnat statusi miqdor jihatdan ma’lum bir vaqt davomida ishlangan kunlar soni bo’yicha hisoblanadi:

Kategoriya buyicha iktisodiy aktiv aholiga quyidagilar kiradi:



  • yollanma mehnatchilar (ishchi va xizmatchilar);

  • doimiy xodimlar, haq to’lanmaydigan oila a’zolari;

  • mavsumiy xodimlar, haq to’lanmaydigan oila a’zolari;

  • obyektiv sabablar bo’yicha vaqtincha ishlamaydigan shaxslar, mavsumiy va tasodifiy xodimlar;

  • to’liq bo’lmagan ish kuni rejimida ish bilan o’qishni qushib olib boradigan va stipendiya yoki ish haqi oluvchi shaxslar va o’qituvchilar.

Qishloq xo’jaligida bandlik o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular tarmoqqa mehnatni jalb qilishning iqtisodiy sharoitlari bilan bog’langan. Qishloq xo’jaligida mexnat organik jihatdan yer bilan bog’langan. Bunda, yer mehnat munosabatlarining moddiy jixatdan quvvatlovchisi, yuzaga chiqaruvchisi hisoblanadi. Mehnat natijalariga tabiiy biologik jarayonlar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va mehnatning mavsumiyligi tufayli ish kuchiga ijtimoiy ishlab chiqarish tomonidan notekis talab mavjud. Bu yerda doimiy va mavsumiy ish kuchi bo’ladi. Doimiy xodimlar asosan doimiy ish hajmini bajarishga yo’naltiriladi, mavsumiy ish kuchi esa mavsumiy ishlarni bajarish uchun jalb qilinadi.

Qishloq xo’jaligida bandlik ikki xil shaklda ko’rinadi: to’liq va to’liq bo’lmagan. To’liq bandlik butun yil davomida xodimlarga ishni kafolatlaydi. Bu asosan chorvadorlar, mexanizatorlar, ishlab chiqarish raxbarlari va mutaxassislardir. To’liq bo’lmagan bandlik to’liq bo’lmagan ish kuni, to’liq bo’lmagan ish haftasi, to’liq bo’lmagan ish yili bilan xarakterlanadi. Bunday kategoriyaga qo’l mehnati bilan band bo’lgan xodimlar, mexanizatorlarning aloxida guruxlari, mavsumiy ish turiga jalb qilingan nafaqaxo’rlar, o’quvchilar kiradi.

Band bo’lgan xodimlarga quyidagilar kiradi:


  • yollanib ishlaydigan, shu jumladan, mavsumiy va vaqtincha ishlarni ham qo’shganda, to’liq yoki to’liq bo’lmagan sharoitda rag’batlanish uchun ish bajaradigan xodimlar;

  • tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar;

  • o’zini ish bilan mustaqil ta’minlovchilar;

  • yordamchi hunarmandchilikda va mahsulotni shartnoma bo’yicha sotishda band bo’lganlar;

  • fuqarolik–huquqiy shartnoma bo’yicha ish bajaruvchilar, shuningdek ishlab chiqarish kooperativlari a’zolri.

Mehnat bozorining bevosita subyektlari bo’lib, band bo’lmagan aholi hisoblanadi. Ular quyidagi guruxlarga bo’linadi:

  • o’z ixtiyori bilan band bo’lmagan shaxslar, korxonadan ishdan bo’shaganlar yoki hyech qachon mehnat qilishda ishtirok etmaganlar va ishlashni xoxlamaganlar va yashash uchun mablag’ning qonuniy manbaiga ega bo’lmaganlar;

  • turmush o’rtog’idan birining, yoki ota – onasining mablag’i hisobiga yoki ularning qaramog’ida yashovchi, ixtiyoriy band bo’lmagan aholi;

  • turli sabablarga ko’ra ishlab chiqarishdan ozod bo’lgan, bir ish joyidan bo’shagan, lekin mehnat birjasida ro’yxatdan o’tishga ulgurmagan, zaruriyatdan band bo’lmagan aholi;

  • zaruriy bandsizlik – ishsizlik, ya’ni ishlash va ish haqi olishni xoxlovchi va mehnat birjasida ro’yxatdan o’tgan kishilar.

Agrar mehnat bozorida bandlikka yordamlashish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirish manba’lari quyidagilar hisoblanadi:

I. Davlat byudjeti:

1.O’z bandligiga yordamlashish (tadbirkorlik faoliyati, dehqon xo’jaligi, fermer xo’jaligi)

2.Yangi ish joylari barpo qilishni rag’batlantirish.

II.Maxalliy byudjet:

1.Ish joylarini saqlab qolishni rag’batlantirish

2.Ijtimoiy ishlarni tashkil etish

III.Fuqarolarning bandlik fondi:

1.Ish joyini saqlash

2.Ishsizlarni yangi kasbga qayta tayyorlash

3.Ishsizlarga nafaqa

IV.Aholi bandligi xizmatining tijorat faoliyatidan keladigan daromadlar:

1.Ijtimoiy ishlarni tashkil etish

2.Ishsizlarni qayta tayyorlash

Ishsizlar – bu, ish va ish haqiga ega bo’lmagan, o’ziga to’g’ri keladigan ishni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro’yxatdan o’tgan, ish izlovchi va topsa darrov joylashadigan mehnatga yaroqli fuqarolardir. Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat kodeksi” ning60 “Ishsiz deb e’tirof etish” moddasida shunday yozilgan:

“Ishsizlar—o’n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno)”.

Qishloq xo’jaligida ishsizlik turli sabablarga asosan bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, ishsizlikning bir qancha turlari bo’ladi: friksion, strukturali va siklik(davriy).

Friksion – bu ishsizlikda, ishsizlar ish izlashadi, yoki yaqin kelajakda uni topishdan umidvor bo’ladilar. Friksion ishsizlik muqarrar hisoblanadi va qaysidir jixatdan maqsadga muvofiqdir. Ko’pgina ishchilar o’z ixtiyorlari bilan past unumli, kam haq to’laydigan ishlardan ancha yuqori unumli va ancha yuqori haq to’laydigan ishlarga o’tib ketishadi. Shunday qilib, mehnat bozori tashkil etiladi va harakat qiladi, ya’ni ishchilar soni bilan ish joylari soni mos kelmaydi.

Friksion ishsizlik o’z navbatida strukturali ishsizlikka o’tadi. Strukturali ishsizlik ish kuchiga talabning umumiy strukturasi o’zgarishini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida ayrim kasblarga talab pasayadi yoki butunlay to’xtaydi, boshqa kasblarga esa, jumladan, yangi, oldin mavjud bo’lmagan kasblarga talab o’sadi.

Strukturali ishsizlikda ishsizlar ma’lum darajada qayta tayyorgarliksiz, qo’shimcha bilim olmasdan, ba’zi hollarda yashash joyini o’zgartmasdan ish topa olmaydilar. Agar friksion ishsizlik qisqa muddatli xarakterga ega bo’lsa, strukturali ishsizlik uzoq muddatli xarakterga ega.

Siklik (davriy) ishsizlik, bu ishlab chiqarishning pasayishi bilan yuzaga keladigan ishsizlik. Bunda tovar va xizmatlarga talab kamayadi, bandlik qisqaradi va ishsizlar soni o’sadi. Ishsizlikning bu turi talabning taqchilligi bilan bog’liq. Iqtisodiyot inqirozdan chiqqandan keyin, ishlab chiqarish hajmi o’sadi va tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun ish kuchiga bo’lgan talab oshadi.

Ishsizlik darajasi, ishsizlar sonini umumiy ish kuchi soniga bo’lib topiladi va quyidagi formulada ifodalanadi:



Bu yerda ID – ishsizlik darajasi, %;

IS – ishsizlar soni, kishi;

UIK – umumiy ish kuchi soni, kishi.

Ishsizlar darajasidagi farq mamlakatning iqtisodiy siyosati xarakteriga, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishiga va boshqa omillarga bog’liq. Agar odam hyech qayerda ishlamasa va ish qidirish bilan band bo’lsa, u holda u ishsiz hisoblanadi. Inson ishsiz bo’lishi uchun nafaqat ishi yo’qligi, balki uni astoydil izlayotgan bo’lishi kerak. Lekin aksariyat hollarda odamlar hyech joyda ishlamaydi va shunday bo’lsa ham ishsiz hisoblanmaydi. Bular shunday katego-riyadagi odamlarki, ular nafaqaxo’rlar, yosh bola bilan uyda o’tiruvchilar, uzoq muddatga ta’til oluvchilar, va yangi ishga joylashish maqsadida qayta tayyorgarlikdan o’tuvchilardir.

Hozirgi vaqtda ishsizlikning uch turi mavjud:


  1. Tarkibiy o’zgarishlar bo’layotgan davrdagi ishsizlar;

  2. Iqtisodiyotning me’yorda harakat qilishi davridagi ishsizlar;

  3. Qisqa muddatli iqtisodiy inqirozlar bilan bog’liq ishsizlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bandlik darajasini qisqartirib ish haqini oshiradi va aksincha ish haqini pasaytirib bandlilik darajasini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, korxonalar mahsulot bahosini oshirib, bandlikni oshiradi. Korxona uchun eng muximi ish haqi darajasining maxsulot bahosiga nisbati hisoblanadi. Bunday holatda, ish haqi maxsulot bahosiga nisbatan tezroq o’ssa, korxona ozroq xodimlarni yollaydi.

To’liq bandlik amalga oshirilgan taqdirda ham ishsizlar bo’ladi.

Barcha mamlakatlar qatori O’zbekistonda ham mehnat bozoriga uchta asosiy omil ta’sir ko’rsatadi:


  1. Tabiiy-resurs,

  2. Demografik,

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy

Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlik quyidagi omillarga bog’liq:

Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlikka to’sqinliq qiluvchi omillar:

1.Og’ir mehnat sharoitlari;

1.Agrar sektorda ijtimoiy sferaning kuchsiz rivojlanishi;

2.Mamlakat hududlari bo’ylab qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining notekis taqsimlanishi;

3.Ishchi kadrlarning yetarlicha tayyorlanmasligi: mexanizatorlarning, quruvchilarning chorvadorlarning va boshqalarning;

4.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining pastligi;

5.Qishloq joylarda ishsizlar sonining o’sishi;

6.Yoshlarning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sferasidan chiqib ketishi.

Mehnatga yaroqli aholi sonining o’sish sur’ati va mehnatga bo’lgan talabning miqdori o’rtasidagi nisbatni ifodalovchi demografik omil mehnat bozori orqali keskin barkarorlashtiriladi. Bu omilning ta’siri bizning respublikada o’z ta’sirini hali ham yo’qotgan emas.

Shuningdek, ishsizlik darajasiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham keskin ta’sir qiladi:


  • Ishlab chiqarishning inqirozga uchrashi;

  • Maxsulot ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar;

  • Mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar(xususiylashtirish);

  • Moliya-kredit, investisiya, tashqi iqtisodiy sfera va daromadlar sferasidagi vaziyatlar.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish