Og'abekova (Sayfiyeva) Madina 11-variant 1



Download 165 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi165 Kb.
#45579
Bog'liq
Og’abekova Madina

Og'abekova (Sayfiyeva) Madina

11-variant
1.“Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”ning (1483-y) qirq sakkizinchi bobi sarlavhasi “Afloq hay`ati shikoyatidakim...” (Osmon tuzilishidan shikoyat...”) so’zlari bilan boshlanib, jahondagi buyuk podshohlarning nomlarini birma-bir tilga oladi. Faridun, Jamshid, Eraj, Xushang, Zahhok, Salm, Manuchehr, Navzar, Bahman, Doro, Iskandar, Chingizxon, Temur kabilar qanchalik qudratli bo’lishlariga qaramay, olamdan o’tdilar, bu dunyoda insonning faqat yaxshi ishlarigina qoladi, degan pand-nasihat so’zlari bilan tugallanadi. Shundan keyin Iskandar haqida hikoya qiluvchi “Iskandarning yetti iqlim mamolikin panjai tasarrufig’a kiyurg’oni va xoli ilik bila olamdin rihlat markabin surg’oni” (Iskandarning yetti iqlim malakatlarini o’z qo’liga kiritgani va bo’sh qo’l bilan bu dunyodan ketish otini surgani”) deb nomlangan yigirma besh baytdan iborat bo’lgan bob keladi. Qirq to’qqizinchi ushbu bobda Iskandar tarixi qisqa bayon etiladi. Dunyoning barcha mamlakatlarini, ho’lu quruq yerlarni egallagani, hatto osmoning ko’k gumbazi ustiga ham xutba o’qitib, adolat tamg’alarini oltin, kumushlarga emas, ko’kdagi yuldazlarga urgani mubolag’a asosida tilga olinadi. Shoir butun jahon shohlari Iskandarga o’z ixtiyorlari bilan qul bo’lishdi va bu bilan ular faxrlandilar, deya Iskandar jahongirligiga alohida urg’u beradi.

“Tarixi Muluki Ajam”dagi obrazda ham bir qancha badiiy-mifologik xususiyatlar mujussam. Shoir o’z qahramonlari – Farhod va Bahrom singari Iskandarni ham Jamshidga qiyos qiladiki, bularda biz uning odil shoh g’oyasi haqidagi qarashlarini ko’ramiz. Umuman, Sharq adabiyoti va folklorida idel podshoh sifatida Jamshidni ko’rsatish an’anasi borki, Navoiy bu an’anani ham chetlar o’tmagan.

Iskandar ta’rifiga bag’ishlangan XIX bobda Iskandar Jamshidga qiyos qilinadi:

Zotig’a Jamshedlig’ oyin bo’lub,


Ko’zgu anga jomi jahonbin bo’lub...

Shoir bosh qahramon to’g’risida gapirar ekan, uni “Jamshukuh”, “Jamqadr” kabi sifatlar bilan u3lug’laydiki, bu omillar shoirning Jamshidga ideal shoh sifatida qaraganligini, Iskandarni shunga qiyos qilganligini ko’rsatadi. Iskandarning porloq chehraligi va jahonni fath etishi ham Jamshidga o’xshatiladi:

Yana shoh raxshanda xurshiddek,

Jahon mulki fathiga Jamshiddek.

“Saddi Iskandariy” Navoiy “Xamsa” sidagi eng yirik doston. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Sharqdagi mashhur siymolardan biri jahongir Iskandarga bag’ishlangan. Navoiy ham o’z salaflari Nizomiy, Dehlaviy va ustozi Jomiy kabi oldiga tarixiy doston yaratishni vazifa qilib qo’ymagan. Shoir uchun Iskandar tarixiy lashkarboshi emas, balki ideal hokim, sarkarda, haqiqiy olim, tabiat, jahondagi bahru bar (ho’llik va quruqlik) tadqiqotchisi. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomai Iskandar” dostoniga tatabbu` tarzida yaratilgan. Iskandar haqidagi kitoblarda uning odamxo`r ya`jujlardan saqlanish uchun ulkan bir devor qurdirgani aytiladi. Bu devor Qirvon o`lkasida Qof tog’ida ekan. Bu devorning tarixan qay darajada aniq va to`g’riligi haqida bir narsa deyish qiyin. Lekin uning katta ramziy ma`nosi bor. U ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi devor. Uni barcha xalqlar birgalashib quradilar. Navoiy shu tariqa Iskandarning jahongirligiga emas, insonparvarligiga diqqatni tortadi. Navoiy o’zigacha mavjud manbalarni chuqur o’rganadi. “Xamsa”ning boshqa dostonlarida, lirikasida va boshqa asarlarida ilgari surgan ilmli, olim, adolatli shoh obrazini “Saddi Iskandariy”dagi Iskandar obrazida yoritishga harakat qiladi. Aytish kerakki, Navoiy “Tarixi mulki Ajam” asarida Iskandar haqidagi afsona va rivoyatlar asosida yoritgan bo’lsa, “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning shoh va olim sifatida ideal obrazini chizishga harakat qiladi. Alisher Navoiy bir qator ijobiy - odil, orif, fuqaroparvar shohlar obarzini yaratdi. U o’zining podshoh va rayiyat haqidagi fikr-mulohazalarini, orzu-ideallarini xususkn, “Saddi Iskandariy” dostonida, shu dostoning bosh qahramoni Iskandar obrazida mujassamlashtirgan. Iskandar Navoiy orzu qilgan barkamol shoh timsolidir. Navoiy Iskandar obrazini tayyor holda bermaydi, uni voqealar rivoji bilan pog’onama-pog’ona o’stirib, takomillashtirib beradi. SHu jihatdan qaraganda, nvaioy yaratgan Iskandar obrazi Xusrav Dehlaviy yaratgan Iskandar obrazidan katta farq qiladi va Nizomiy qahramoniga yaqin turadi. Navoiy shahzoda Iskandar obraziga, uning go’daklik yillari, ta’lim-tarbiyasi va balog’atga yetishigakatta e’tibor beradi. Shahzoda toj-taxt va mol-davlatga emas, balki ilm-fanga, olijanob insoniy fazilatlarni egallashga intiladi. U Arastuning otasi Naqumojis qo’lida ta’lim-tarbiya oladi, aql-zakovati va kuch-quvvati bilan hammani xuddi Farhoddek hayratda qoldiradi. Falyaqus vafot etadi. Valiahd Iskandar taxtga chiqishi kerak. Biroq u taxtga chiqishga oishqmaydi. CHunki u davlatni boshqarish shunchaki havas emas, balki g’oyat og’ir va mas’uliyatli bir vazifa ekanini, katta tajriba va bilim talab etishini biladi. Binobarin, Iskandar xalqqa murojaat etib, shunday deydi:

Bar obovu ajdodima qildi haq,
Bu mulk ahlig’a hukmronlik nasaq.


Bu kishvarg’a kishvar panohe toping.

Navoiy shahzoda Iskandarni molu-davlat, mansab-martaba va aysh-ishratga berilib ketgan xudbin va ayyor shahzodalarga qarama-qarshi qo’yadi. Navoiy yashagan muhitni, temuriy shahzodalarning aysh-ishratga va toj-taxt talashishga berilib ketganini ko’zda tutsak, shahzoda Iskandar obrazining mohiyati va amaliy ahamiyati yanada oydinlashadi. Iskandar toj-taxtni rad etadi. Biroq el-yurt kamtarin va aql-zakovatli Iskandarni taxtga munosib bilar edi.u el-yurtning ra’yiga qarshi borolmaydi. Taxtga chiqadi, mamlakatda insof va adolatni o’rnatadi. Xalqning osoyishtaligi va farovonligi uchun, obodonchilik va ilm-ma’rifat uchun bel bog’laydi. U o’zining taxtga chiqish marosimiga yig’ilgan xalqqa murojaat qilib, bunday deydi:



Yig’ilg’och ulus shah qilib ibtido,
Xaloyiqqa so’z mundoq qildi ado:

Ki berdi menga dodgarlik iloh,


Bor ersa xaloyiq aro dodxoh.


Kelib olima arzi hol aylasun,

O’z ahvolini qiylu qol aylasun.
Qoshimda so’zin arz aylar zamon,
meni bir o’zi yanglig’ etsun gumon.


Ayon aylasun reshu dardu g’amin,

Yoqay dod bermak bila marhamin.

Iskandar o’zga xalqlarga ham adolat qiladi. Ularni zolimlarning zulmi va turli ofatlardan qutqaradi. Ularning obodonligi, faravonligi va osoyishtaligi uchun kurashid. Nihoyat, insoniyatning ashaddiy dushmani va yovuzlikning timsoli bo’lgan ya’juj-ma’jujlarning yo’lini to’sib, adolat va osoyishtalik devorini barpo etadi. Alisher Navoiy Iskandardek podshohni butun hayotini va faoliyatini insonning baxt-saodati uchun kurashga bag’ishlagan, xatolarini odilona bartaraf etgan podshohni orzu qilar edi. U o’z davridagi feodal hukmdorlarni Iskandardan ibrat olishga da’vat etadi. SHuning uchun ham dostoning xotimasida Husayn Boyqaro va uning farzandlarini madh va duo qilar ekan, dostonning nazariy xotimasi “Hukamo xiradnomasi”ga o’tib, olimlar tilidan hukmdor va xalq, hukmdor va sipoh haqidagi o’z istak-orzularini bayon etadi. Chunonchi, Arastu tilidan:



Kishi muhr aro har ne qildi nigor,

Varaqqa hamul naqsh o’lur oshkor.

Xaloyiqqa ko’rma, qilib benavo,
O’zungga ravo ko’rmaganni ravo!


Filotun tilidan:

Sipah xotirin lutf ila shod qil,
Raiyatni adl aylab obod qil.
Bi ikkiga sendin qachon yetsa kom,
Topar shahlig’ing ravnaqu intizom.


Suqrot tilidan:

Ulus ranjig’a ehtimom aylama,
O’zungga bu otni harom aylama.


Raiyatni adlingdin osuda tut,

Farog’at mihodida uyquda tut.

Alarg’a chu taskinu oromdur,
Sanga dog’i hosil bori komdur.


Raiyatqa bo’lsa parokandaliq,

Toapr saltanat naxli barkandaliq.

Agar qo’y bo’ri xayli pomolidur,
yaqin bilki cho’pong’a it holidur.

Alisher Navoiyning ko’hna Sharq adabiyoti, san’ati va madaniyatini puxta o’zlashtirganligini va bu bilimlarni o’z asarlarida mohirona qo’llaganligini yaxshi bilamiz. Bu buyuk qalb va aql sohibi o’zining lirik va epik janrlardagi asarlarida ana shu sharqona madaniyat unsurlari – an’anaviy obrazlardan yangicha usulda foydalanib, tengsiz mahoratini namoyish etgan. Shulardan biri Iskandar obrazidirki, unga murojaat qilmagan adibning o’zi Sharq mumtoz adabiyoti vakillari orasida kam uchrasa kerak.


2. Alisher Navoiy o`zbek adabiyotining asoschisi, mashhur shoir, olim, yirik mutafakkir, davlat arbobi, ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo`shgan siymodir. U o`z asarlarida insonni ulug`lab, uni yuksaklikka ko`tardi, kishilarni ilm-fan va kasb-hunarni egallashga, xulqli – odobli bo`lishga chaqirdi. Shoir insonlardagi salbiy illatlar, jamiyatga qarshi, xilof xatti-harakatlar, axloqsizliklarni qattiq qoraladi. Navoiy o`z asarlarida ayniqsa, saxovatli insonlarni qadrladi, xasis, ziqna kishilarni qattiq tanqid ostiga oldi. Shoir “Mahbub ul-qulub” asarida saxovat haqida fikr yuritar ekan, unga insoniyat bog`ining mevali daraxti deya ta’rif beradi. Nafaqat mevali daraxt, balki bu daraxtning hosili foydali ekanligini ham ta’kidlaydi. Navoiy saxovatlilikni odamiylik mamlakatining mavjlanib turuvchi dengizi, balki mazkur dengizning qimmatbaho gavhari deb ulug`laydi. Buyuk mutafakkir saxiy va baxil kishilarni tabiat va jamiyatdagi turli narsa-hodisa, qavm yoki guruhlarga o`xshatib, ularni butun borliqqa, insoniyatga keltiradigan foydasi bo`yicha o`zaro qarama-qarshi qo`yish asosida falsafiy mushohada yuritadi. Saxovatsiz kishilar yog`insiz bahor buluti, hidsiz mushk, mevasiz daraxt, o`tin yoki tutunga o`xshatilib, “Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor” deydi. Navoiy ta’biricha, baxil Quraysh sayyidlaridan bo`lsa ham behishtga (jannatga) kirmaydi, saxiy bandai habashiy bo`lsa ham tamug`(do`zax)i bo`lmaydi. “Saxiy bulutdur- ishi xirmon, balki maxzan (xazina) bermak. Baxil mo`rdur - da’bi xo`sha balki dona termak. Ya’ni, baxil xas yoki urug` terishga odatlangan qumursqadir. Navoiyning “Mahbub ul- qulub” asari orqali saxovat faqat moddiy yordamgina emas, balki odamlarga himmat qilish, ma’naviy yordam qo`lini cho`zishdan ham iborat fazilat ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo`lamiz: “Himmat ahlig`adur saxovat ixtisosi va bu ikki sharif sifat valoyat xosi. Saxovat odamig`a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh”. Navoiy fikrlarini sharhlar ekan, himmatsiz kishi er (odam) soniga kirmasligi, bunday kishi ruhsiz badan kabi bo`lib, ruhsiz badanni kishilar tirik demasligini ta’kidlaydi. Muallif oliyhimmat va himmatsiz kishilardagi mavjud xarakter-xususiyatni jonivorlar misolida allegorik tarzda tasvirlaydi: baland parvoz lochin oliyhimmat, sichqon ovlovchi kal yurutachi qushi behimmat. “Shunqor maskani shohning bilagi, yurutachi maqomi o`luksaning sassig` badani va so`ngagi”. Saxiy insonlar ov qilib yovvoyi hayvonlarni to`yg`azadigan arslonga, baxil esa tugun axtarib, pul o`g`irlashga odatlangan sichqonga o`xshatiladi.Navoiy saxovatni isrofdan farqlash zarurligini uqtirib shunday deydi: “Haq molin kuydurganni devona derlar va yorug` kunda sham’i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar”. U ehsonni maqtanish uchun berish riyokorlik hamda shu yo`l bilan o`zini saxiy deyish behayolik, el ko`rmaguncha bermay turish esa pastlik deb hisoblaydi. Navoiy asarda barcha yaxshi fazilatlarga ega insonda saxovat va muruvvatlilik sifati bo`lmasa, uni hattoki inson deyish joiz emasligini ta’kidlaydi:

Kishida barcha axloqi hamida,

Chu jam’ o`ldi qo`yarlar otin ehson.

Biri andin saxodur, bir muruvvat,

Bular gar yo`qtur, inson ermas inson.

Umuman, Navoiy asarlari orqali saxovat va himmat borasida bergan pand va o`gitlari bugungi kunda maqol va aforizm darajasiga ko`tarilgan. Masalan, uning “Tilab berganni ham saxiylikdin yiroq bil; zo`rlash bilan bergandin bermaganni yaxshiroq bil”, “Bitta nonni ikki bo`lub, yarmini bir ochga berganni saxiy de, o`zi yemay barini muhtojga berganni axiy (o`ta saxovatli) de”, “Har g`aniyki tirikligida ehsonidin ko`ngullarni shod qilmag`ay, o`lganidin so`ng ani kimsa duo bila yod qilmag`ay”, “Ehson tiriklikda yaxshi otdur, o`lgandin so`ng do`zax azobidin najot”.



Xulosa qiladigan bo`lsak, Navoiy asarlarida ulug`langan yuksak insoniylik g`oyalari barcha kitobxonlarni komillikka yetaklovchi ulkan tarbiya maktabi vazifasini bajarishi shubhasiz.
Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish