56
bu yerda
N
– ish qudrati, 1 sek/vatt;
A
– ish, kg/m;
t
–
shu ish
bajariladigan vaqt, sek:
k
1
– 10ga teng bo’lgan vaqtlarga aylantirish
koeffitsiyenti.
Ishning qudrati mehnatning og’ir - yengilligini belgilab beradigan
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mehnat og’irligining qo’shimcha
ko’rsatkichi bir joydan ikkinchisiga ko’chirilayotgan yukning
maksimal kattaligiga hisoblanadi.
Statik ish
– odamning fazoda tana, qo’l
va oyoqlarini
o’zgartirmagan holda kuch sarflab ishlashidir. Fazoda yuk
ko’tarilmasligi tufayli bu ishni kilogram – metrlarda o’lchash
mumkin emas, yuk massasinni uni tutib turish davomiyligiga
ko’paytirilib, ish vaqti mobaynida xronometrajlash yo’li bilan
aniqlanadi.
Statik yuk kattaligi sekundiga kilogrammlarda ifodalanadi. Smena
mobaynida statik kuch kattaligi o’zgaradigan bo’lsa, bu holda ishning
davri uchun uni ushlab turish vaqtiga
sarflangan kuchi alohida
aniqlanadi, so’ngra qiymatlari jamlanadi. Bir smena uchun statik yuk
kattaligi mehnatning og’ir yengilligiga doir asosiy ko’rsatkichlardan
biri hisoblanadi. Ishning og’ir yengillik toifasini aniqlashda yuk
(kuch) kattaligigina emas, balki uning bir yo ikki qo’lda ushlab
turilishi, gavda va oyoq mushaklari
qatnashishi yoki ularning
qatnashmasliklari hisobga olinadi.
Aqliy mehnat.
Aqliy mehnat – odamning ishlab chiqarish
jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo’lishidir. Uning
asosini ma’lumotni idrok qilish, qayta ishlash va qaror qabul qilish
tashkil etadi. Ma’lumotni qabul qilish asosan ko’rish
va eshitish
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda diqqat, xotira,
intellektual faoliyat singari oliy ruxiy funksiyalar ishga solinadi.
Ortiqcha zo’riqish o’ziga xos bajariladigan funksiyalarning bir
xilligi va soddaligi (monatonligi) ayrim mehnat turlarining xususiyati
hisoblanadi. Aqliy faoliyatnig hamma xollarda asab tizimi,
uning
markaziy bo’limlarini ishtirok etishi asosiy belgi sanaladi. Aksariyat
aqliy mehnatni bajarish mushak faolligining pasayishi (gipokuneziya)
bilan birga o’tadi.
Aqliy mehnat kuchini sarflashda uning qator xususiyatlari hisobga
olinadi. Mehnatning kuchi, avallo, diqqat funksiyasiga qanday
57
talablar qo’yilishiga bog’liq. Bu ayni vaqtda kuzatilishi lozim bo’lgan
muhim ishlab chiqarish obyektlarini soni,
vaqt birligida kelib
turadigan signallar miqdoriga bog’liq. Shuningdek, emotsional
eshitish hamda ko’rishni zo’riqishning oldini olishda mehnatning bir
maromdagi darajasi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning kuchiga,
shuningdek, navbat (smena) bilan ishlash rejasi ham ta’sir qiladi,
muntazam ravishda ertalabki smenada
bajariladigan ish kam kuch
sarflanadigan mehnat, ish smenasi o’zgarib turadigan, jumladan,
tunda ishlash jarayonini ko’p kuch sarflanadigan mehnat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: