O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Eshitish
 
analizatori
.
1861 yili anatomik olim Alfonso Korti 
(1822-1876y) insonning eshitish a’zosi- quloqni tekshirib, uning 
ishlash tartibini o’rganib chiqgan. 
Odatda, biz quloq dеgаnda tashqi ko’rinishdagi quloq chanog’ini
(suprasini) tushunamiz. Ushbu quloq suprasidan bosh suyak tomon 
ichki eshituv yo’li o’tgan bo’lib, u balog’atga еtgan odamlarda 2sm. 
gacha bo’ladi. Undan keyin xususiy eshituv a’zosi, o’rtacha quloq, 
ya’ni baraban bo’shlig’i boshlanadi. U tashqi eshituv yo’lidan 
baraban pardasi bilan chеgаralangan. Baraban bo’shlig’ida uchta 
mayda suyakcha-bolg’acha, ya’ni ichki tog’ay va eshituv 
suyakchalari joylashgan. Har bir tovush to’lqinida bolg’acha 
suyakchalar tog’ayga, tog’ay esa o’z navbatida eshituv 
suyakchalariga ta’sir etadi. Ushbu suyakchalar baraban pardasi 
tebranish amplitudasini 2-3 martagacha kuchaytiradi. O’rta quloqdan 
keyin esa spiralsimon naycha joylashgan bo’lib, u o’ziga xos 
suyuqlik bilan to’latilgan bo’ladi. Spiralsimon naychada membrana 
yashiringan bo’lib, u 16 mingga yaqin sezuvchi tolasimon 
hujayralardan tashkil topgandir. Bu Alfonso Kort sharafiga «Kort 
a’zosi» deb nomlanadi.
Tovush to’lqini baraban pardasidan suyakchalar orqali 
spiralsimon naychaga uzatiladi va bu vaqtda membranada titrash
tarqaladi. Titrash «Kort a’zosi»dagi tolasimon xujayralarni harakatga
keltiradi, xujayralar egilib, buralib deformasiyalanadi va unda 
elektrik signallar hosil bo’ladi. Bu elektrik signallar eshitish 
nervlarini ko’zg’atadi. Bu shartli belgili («kodirovanne») elektrik 
impulslar miyaga uzatiladi va u miyada qayta ishlanib anglanadi. Ana 
shunday mexanik tebranishlarni elektrik impulslarga aylantirib berish 


63 
qobiliyatiga egа bo’lgan inson qulog’i 0 dan 130 dB gacha bo’lgan 
tovush intensivligini eshita oladi. Lekin, insonga turli xil chastotadagi 
tovushlar turlicha ta’sir etadi. SHovqinning insonga ta’sirini 
fiziologik baholash maksadida, u past chastotali (300 Gts.gacha), 
o’rta chastotali (300...800 Gts) va YUqori chastotali (800 Gts dan 
yuqori) shovqinlarga ajratiladi. 
6-rаsm.
Eshitish analizatorining sxemasi: 1-suyak; 2-yumaloq 
tuynukcha;3-quloq suprasi; 4-nog’ora parda; 5-eshitish nervi; 6-
suyak;7-yarim doira kanallari; 8-chig’anoq; 9-eshitish suyakchalari
Tovush signallari odamga ko’p qismdagi ma’lumotlarni yetkazib 
beradi. Ular yana xavfli signallarni uzatish uchun ham xizmat qiladi. 
O’z navbatida, akustik holat aniq miqdorda xavfsizlik sharoitini 
aniqlaydi. Tovush to’lqinining asosiy ko’rsatkichlari jadallik darajasi 
va chastotasi bo’lib, eshitishni sezishda subyektiv ravishda qattiqlik 
va balanddik sifatida qabul qilinadi. 
Chastota bo’yicha eshitishni sezish doirasi 16-20 dan 20000 - 
22000 Gs gacha cho’ziladi. Eshitish boshlanishining kattaligi 
seziladigan tovushlarning chastotasiga bog’liq. Uning yuqori 
chegarasi og’riqni sezish bo’sag’asi bo’lib, kam darajada chastotaga 
bog’liq va 130-140 dB oraliqda yotadi. Jadallik darajasining 
chastotaga nisbati tovush qattiqligini sezishni aniqlaydi.
Tajribada aniqlanganki, odam har xil chastota va jadallikka ega 
bo’lgan tent kattalikdagi tovushlarni baholaydi. 
Mutlaq differensial bo’sag’a taxminan 2-3 Gs teng. Nisbiy 
differensial bo’sag’a doimiy bo’lib, u 0,002 ga teng. Real sharoitlarda 


64 
odam tovush signallarini ma’lum akustik fonda qabul qiladi. Bunda 
fon foydali signalni niqoblashi mumkin.
Mehnat muhofazasida niqoblash (maskirovka) sifati ikki barobar 
ahamiyatga 
egadir. 
Akustik 
indikatorlarni 
yaratish 
va 
konstruksiyalashda bunday samaraga kurash choralarini ko’zda tutish 
muhimdir. Ayrim holatlarda niqoblash( maskirovka) samarasi akustik 
vaziyatni yaxshilash uchun ishlatilgan bo’lishi mumkin . 
Shundan malumki, yuqori chastotali ohanglarni odam uchun kam 
zararli bo’lgan past chastotali ohanglar bilan niqoblash (maskirovka) 
g’oyasi mavjud. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish