Energiya turlari



Download 3,05 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi3,05 Mb.
#766129
Bog'liq
5-sinf Texnologiya


ENERGIYA TURLARI
“Energiya” so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, “harakat, faollik, kuch, quvvat” degan ma’nolarni bildiradi. Energiyaning o‘zgarishi shu o‘zgarishlarni sodir qilish uchun bajariladigan ish bilan belgilanadi.
Masalan, bolta bilan o‘tin yorganda ish bajariladi. Shu bajarilgan ishga energiya deb ataladi. Energiya resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalarga (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) boʻlinadi.
ENERGIYA TURLARI
Yoqilgʻi bilan bogʻliq energiya resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi. Bular muqobil energiya manbalari deb ham ataladi. Tabiatda mexanik, elektr, quyosh, atom, shamol va boshqa turdagi energiyalar mavjud.
ENERGIYA TURLARI
Mexanik energiya deb mexanik harakatlarning va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy o‘lchoviga aytiladi.
Gidroenergetika – dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng ko‘p ishlatiladigan turidir. Shuningdek, bu elektr energiyani ishlab chiqarishning eng qadimgi usuli hisoblanadi.
ENERGIYA TURLARI
Energiyaning bu turi suv resurslari asosida energiya ishlab chiqarishga asoslangandir. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmuyi – gidroelektr stansiyalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekistonning energiya tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va boshqa davlatlarga eksport ham qilinadi.
ENERGIYA TURLARI
Gelioelektr (“gelio” yunoncha “quyosh”) stansiyalar – quyosh energiyasini katta miqdordagi elektr energiyasiga aylantiradigan zamonaviy stansiyadir. Bu stansiyaning ishlashi oddiy bo‘lib, bir necha ming kvadrat metr maydonga o‘rnatilgan geliostat oynalar quyosh bilan barobar aylanib, quyosh nurlarini suyuqlik, ko‘pincha suv bilan to‘ldirilgan sig‘imga yo‘naltiradi.
ENERGIYA TURLARI
ENERGIYA TURLARI
Atom energiyasi – atomlarning markazida joylashgan atom yadrosida sodir bo‘ladigan jarayonlar natijasida ajralib chiqadigan energiyadir. Bu energiya bir tomondan elektr energiyaning tannarxini kamaytirsa, ikkinchi tomondan insoniyatni bir necha yuz yillar davomida energetika muammolaridan xalos qilgan bo‘ladi.
ENERGIYA TURLARI
Mamlakatimizda ilk atom elektr stansiyasi Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilmoqda. O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasida joylashgan To‘dako‘l suv ombori yaqinida quriladi. Atom elektr stansiyasini 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
ENERGIYA TURLARI
Shamol energiyasidan, asosan, elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Quyosh mavjud ekan, shamol esadi va u qayta tiklanadigan energiya manbasi hisoblanadi. Ushbu muqobil energiya boshqa energiya manbalariga nisbatan arzon va qulay, hech qanday yoqilg‘i talab etmaydi, atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Energiya deb nimaga aytiladi? Uning qaynday turlari bor?
2. Yoqilg‘i bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan energiya resurslari nima deb ataladi?
3. Mamlakatimizda ilk atom elektr stansiyasini qurishdan maqsad nima? O‘z javobingizni misollar bilan tushuntirib bering.
Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish