O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi


 Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

12.3. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli 
faktorlar.
Kuchaygan ko’rish zo’riqishi

Ortiqcha ekranga qarash uzoqni 
ko’ra olmaslik kasalligiga yo’liqishiga, ko’zni charchashiga, bosh 
og’rishiga, xavotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress 
yuzaga kelishiga olib keladi. videoterminal foydalanuvchisi 
ekranning doimo lipillab, shakllarni noaniq ko’rinishidan, xamda 
displey yoritilganligi bilan xonaning yoritilganligi orasidagi 
tafovutga tez-tez moslashishidan toliqadi. Ma’lumotlarni kiritish 
paytida boshlang’ich xujjatning sifatini yomonligi, farqlovchi 
ob’ektlarni turli xil masofada joylashganligi ko’rishga yomon ta’sir 
qiladi. Ko’ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning atrofi bir tekisda 
yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug’lik oqimining aks etishi 
hisobiga yorig’ dog’lar paydo bo’lishini zo’raytiradi. 
Shunday qilib, shuni qayd etish mumkinki, displeyni texnik 
xarakteristikalari: ishlash qobiliyati, ravshanligi, kontrastligi, ekranni 
tez-tez lipillashi, va tabiiyki, agar qurilmani o’rnatayotganda yoki 
tanlayotganda bularga e’tibor qilinmasa - ko’rish ishlariga juda 
yomon ta’sir qiladi. 
Kuchaygan ko’rish noqulayligi va keyingi ko’rishni buzulishi 
xarflarning grafikasi yomon, shakllarning ravshanligi past, ranglari 
noaniq, ko’zga sezilarli lipillash va qaltirash va x.k bo’lgan eski 
videoterminallardan foydalanganda paydo bo’ladi. 
Hisoblash texnikasi operatorining ko’rishiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagi 
shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq 
kontrasti еtarlicha bo’lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, 
xamda displey yuzasidan qaytgan no’rni aks etishini ajratish joizdir. 
Bundan tashqari, ko’rish juda yorug’ displey ekranidan kamroq 
yoritilgan klaviaturaga, xujjatlarga nigoxni tez-tez o’tib turishi 
natijasida qattiq aziyat chekadi va boshqa sabablar bilan birgalikda 
ko’zning toliqishi - astenopiyasiga olib keladi. Shunday fikr 
mavjudki, "displey astenopiyasi" paydo bo’lishining еtakchi faktori- 
ekrandagi shakllarning o’ziga xosligi, xususan qog’ozdagi matnni 
shakllaridan farqlanishi tufayli yuzaga keladi. Elektron-nurli trubkali 
ekrandagi shakl qog’ozdagi matnlar shaklidan bir qator alomatlar 


280 
bilan farqanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas, chunki u 
diskret nuqtalar- piksellardan iborat, u lipillaydi, chunki bu nuqtalar 
ma’lum chastotalarda yonadi va o’chadi. 
Ko’rish toliqishining muxim faktorlaridan biri-kompyuter 
joylashgan xona va ish joyining yoritilganligidir. Videoterminal bilan 
ishlaganda yorug’lik muhiti xarakteristikalari ko’pincha umumiy 
kamchiliklarga egаdir: ko’rish chegаrasida ko’plab to’g’ri va qaytar 
yorqinliklar (ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) 
bo’lishi, ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritilganlik 
darajasining pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni xonadagi 
yorug’lik manbaiga nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va 
ko’rish organlarining operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga 
nisbatan elementar ximoyasi yo’qligiga bog’liqdir. "Astenopiya" 
terminiga 
mutaxassislar 
ko’rish simptomlarini (ko’z oldini 
xiralashuvi, predmetlarni shakl ko’rinishini noaniqligi, ular rangini 
o’zgarishi va b.) va ko’z simptomlarini (ko’z charchaganini xis etish, 
ulardagi xaroratining oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo 
bo’lishi va b.) aks etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida 
ko’rish analizatorining barcha bo’g’inlaridagi funksiyalarning, ya’ni 
ko’zning muskul apparati (akkomodatsiyaga va konvergentsiyaga 
javob beruvchi) zo’riqishi bilan birgalikda ko’z to’r pardasi 
elementlarida ko’rish organining optimal ishlashini ta’minlovchi 
(yorug’likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) biokimyoviy 
reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi. 
Ob’ektiv izlanishlar ko’rishning asosiy funksiyalari (rangni ajrata 
bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-
33 % va boshqalar) yomonlashgani, xamda sezilarli darajada ishlash 
qobiliyati va diqqatining pasayishini tasdiqaydi. Maxsus apparatura 
yordamida o’tkazilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, operatorlarda 
aniq ko’rish turg’unligi, ko’rish analizatorining elektr sezuvchanligi 
va labilligi (xarakatchanligi), ko’rish o’tkirligi va moslashuvi 
pasayadi, shuningdek ko’z muskullarining muvozanati bo’ziladi. Bu 
esа videoterminal bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni ko’rishi 
yomonlashuvidan aziyat chekib, ko’zoynakdan foydalanishiga olib 
keladi. 


281 
Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muxim 
xususiyati shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri 
ko’zning nurini yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning 
ko’pgina izlanishlari nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki xavorang-
binafsha yorug’likning ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini 
xiralashuviga olib kelishini ta’kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z 
to’rpardasining turli shakllarni aniqligini yomonlashtiradi. 
Ko’rish jarаyonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok 
etishini nazardan qochirmaslik kerak. Ko’rishning tashqi juft organi 
(ko’zlar) - uncha mukammal optik asbob bo’lmay, ko’z to’rpardasiga 
predmetlar shaklini bo’zib ko’rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag’darib 
"uzatadi". Shundan so’ng ko’z to’rpardasidan tushirilgan shakl 
bizning miyamizda qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 
gradusga ag’dariladi, undagi geometrik noaniqliklar tekislanadi. 
Albatta, ko’z to’rpardasida boshlang’ich shakl qanchalik aniq bo’lsa, 
uni qayta ishlash miyaga shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha 
yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz 
monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi. 
Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng 
samarali 
chorasidan 
biri 
xavorang-binafsha 
yorug’likning 
ortiqchaligidan, ko’z to’rpardasida shakllarning aniqligini oshirish
bilan birgalikda ximoyalashdir. 
Bioenergetiklarning fikricha, xususiy kompyuterda ishlaganda 
agar ko’rish organlariga ortiqcha og’irlik tushsa, og’irlikdan 
ximoyalanish, bu organning korrektsiyasi va davolanishi boshqa 
organlarning energiyasi hisobiga amalga oshadi, u esа yurakda, 
buyrakda, bosh miyada, asab tizimida, ichak-me’da traktida 
og’irlikning oshishiga olib keladi. Inson organizmidagi bioenergetik 
jarаyonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda qanchalik uzoq vaqt 
ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh оg’riqlari 
sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish