O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi


Kompyuterda ishlash xususiyatlari



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Kompyuterda ishlash xususiyatlari. 
Kompyuterlar bilan muloqot 
tashqaridan 
qaraganda 
oddiy 
ko’rinishi 
bir 
tarafdan 
foydalanuvchilarning sub’ektiv sezgilari bilan, ikkinchi tarafdan u 
yoki bu ishlab chiqarish faktorlarining turli xil reaktsiyalarini izlash 
bilan tasdilanayapti. 
Kompyuterlarda ishlash birinchi navbatda ekrandagi tasvirni 
qo’lyozma yoki bosma materiallar matnini ajratish, mashina yozuvi, 
grafika ishlari va boshqa operatsiyalarni birgalikda o’zlashtirish bilan 
bog’liq bo’lib, ko’zni toliqishiga olib kelishi yaltirash, lipillash va 
boshqa shu kabi ekran ko’rish parametrlarining, xamda xona 
muhitining o’zgarishlari bilan kuchayadi. 
Bu ish diqqatni yuqori konsentrasiyasi, ko’rish noqulayliklari, 
berilgan 
vazifaning 
sifatiga 
javobgarlik 
kabi 
zo’riqishning 
psixoemosional darajasini yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Katta 
xajmdagi axborotni qayta ishlash, murakkab masalalarni еchish 
ko’pincha vaqt tig’izligi bilan bog’liq bo’lib, aqliy va asabiy 
zo’riqishning kuchayishini talab qiladi. Bundan tashqari qimirlamay 
bir xil o’tirish turli guruh muskullarni zo’riqishiga, klaviaturadagi bir 
xil xarakatlar esа qo’lning butin va muskullarida shamollash 
jarаyonini rivojlanishiga olib keladi. mq: 
Keltirilgan faktorlar shuni ko’rsatadiki, xususiy kompyuterda 
doimiy ishlash toliqishga olib keladi, u rivojlanish darajasi bo’yicha 
boshqa faoliyatlar ichida ikkinchi o’rinni egаllaydi (birinchisi-
avtobus xaydash). Bolalarni va o’smirlarni gigienasi soxasidagi 
yaqindagi tekshiruvlar ko’pgina o’quvchilarning informatika darsidan 


277 
so’ng ishlash qobiliyati ikki marta, uchdan bir qismida esа ko’zning 
o’kirligi pasaygan. 
Videoterminal bilan bir xaftada kamida bir kun ishlovchi 1025 
kishini so’rovidan shu ma’lum bo’ldiki, 74% - ko’zini charchaganini, 
31% - ko’zini o’tkirligi pasayganini, 39% -asabi taranglashganini, 
16% - umuman sog’ligi yomonlashganini qayd etdilar. 
Videoterminallar bilan ishlash xususiyatlari: ko’rish organlariga 
yuqori talabchanlik, asabiy zo’riqishlar, ish xarakterining bir 
zayildaligi, badanning ish xolatini majburiyligi, xamda zararli ishlab 
chiqarish faktorlari, birinchi navbatda displeini elektron-nurli 
trubkasining 
elektromagnit 
nurlanishi 
turli 
xil 
kasalliklarni 
shakllanishiga yordam berdi. 
Kompyuterda ishlash ayniqsa yosh bolalarga va o’smirlarga 
o’suvchi organizmning anatomik-fiziologik xususiyatlariga va tashqi 
ta’sir etuvchilarga moyilligi tufayli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Umumiy 
va ko’rish toliqishi asablanish chastotasini oshishi fonida, misol 
uchun, xavotirlanish, achchiqanish, xech kimga qo’shilmaslik yoki 
uyquni bo’zilishi shaklida namoyon bo’ladi. SHuni qayd etish 
lozimki, kompyuter texnikasini ma’naviy eskirish davri 2- 2,5 yildan 
oshmaydi. 
Kompyuterda 
ishlashni 
to’g’ri 
tashkil 
etish, 
foydalanuvchining 
sog’lig’iga 
salbiy 
ta’sirini 
iloji 
boricha 
kamaytirish uchun, surunkali kompyuterda ishlash inson organizmiga 
ta’siri va keyingi oqibatlari xususiy kompyuterning sifatsiz emission 
va vizual xarakteristikalari sababli, ish joyini, ish tartibini noto’g’ri 
tashkil etilganidan, u yoki bu shikoyatlarning mukammal sabablarini 
ko’rib chiqamiz. 
Xususiy kompyuterda ishlash jarаyonida yuqorida aytilganidek, 
bir qator zararli va xavfli faktorlar operatorning ish qobiliyatiga va 
sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu faktorlarga birinchi 
navbatda ko’zga tushadigan o’ziga xos og’irlik, kam xarakatchanlik 
bir xildagi va ish zo’riqishi, elektromagnit maydoni, xamda shovqin 
va issiqlik ajralishidir. Ularning manbai bo’lib nafaqat kiruvchi va 
emission parametrli kompyuter qurilmasining o’zi, balki sanitar-
gigienik va ergonomik parametrlari bilan xarakterlanadigan ish joyi, 
ish va dam olish tartibi hisoblanadi.


278 
Turli 
xildagi, 
kelib 
chiqishiga, 
intensivligiga 
ko’ra 
foydalanuvchiga ta’sir qiluvchi faktorlarga qarshi sanitar-gigienik va 
tashkiliy-texnikaviy tadbirlar 
kompleksi faqatgina 
muhitning 
me’yoriy ko’rsatkichlariga rioya qilganda, xamda kompyuterning 
gigienik sertifikatga muvofiq bo’lib, ish to’g’ri tashkil etilganidagina 
qo’l keladi. 
Xususiy kompyuterda ishlash jarаyonida insonga zararli va xavfli 
ta’sirlarni kamaytirish maqsadida Butun dunyo sog’liqni saqlash 
tashkiloti hаmdа SanQvaN 0224-07 shaxsiy kompyuterlarda, video 
displey terminallarida va ofis jihozlarida ishlashda (03.04.07y)
quyidagi tavsiyanomalarni ishlab chiqdi:
- tibbiyot ko’rsatkichlari bo’yicha chegirishlar; 
- displeyning texnik xarakteristikalariga talablar; 
- operatorning ish joyiga talablar; 
- faoliyatni tashkil etish bo’yicha tavsiyanomalar;
To’g’ri tanlangan kompyuterda ishlaganda foydalanuvchini 
sog’lig’ini saqlash maqsadida quyidagi qiyin bo’lmagan qoidalarga 
rioya qilish kerak: 
- ish joyi qulay bo’lishi va tayanch-xarakat apparatini xamda 
qon almashishini normal ishlashini ta’minlash kerak; 
- kun davomida videoterminalda umumiy ishlash davomliligi 4 
soatdan oshmasligi, videoterminalda uzluksiz ishlash 1.5-2 soatdan 
ko’p bo’lmasligi, xar bir soat ishdan so’ng kamida 10-15 minut 
tanaffus qilish, shu paytda o’rnidan turib, ko’zg bel, qo’l va oyoq 
uchun maxsus mashqlar qilish kerak;
- normal ko’rish qobiliyatida (yanada agar ko’zoynak taqib 
ishlansa) ko’z ekrandan qo’l cho’zilganchalik (60-70 sm dan yaqin
bo’lmagan) masofada bo’lishi va yiliga kamida bir marotaba ko’z 
vrachiga tekshirtirib turish kerak; 
- bir soat mobaynida 10 mingdan kup klavishani bosish 
kerak emas; 
- monitor ekranida 
yaltillashlar paydo bo’lishiga 
yo’l 
qo’yilmasligi kerak; 
- xomilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat 
berilmasligi va bolalarga kompyuter o’yinlarini o’ynash vaqtini
keskin qisqartirish (bir kunda 15-20 minutdan oshmasligi) kerak. 


279 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish