12.2 Kompyuter xonalariga qo’yiladigan ergonomik va
sanitar-gigienik talablar
Yigirmanchi asr inson faoliyatining ulkan yutuqlari bilan
nishonlandi, atomning bo’linishi va atom energiyasidan foydalanish,
insonning kosmosga chiqishiyu, turli sayyoralarni chuqur o’rganish,
yurak va miyada noyob operatsiyalar qilish. Lekin XX asrning
ikkinchi yarmini xaqli ravishda kompyuter asri deb atash joizdir,
chunki behisob imkoniyatga egа kompyuter texnikasisiz ulkan yutu
Eqlarni qulga kiritishni, umuman kompyuter ishtirokisiz xech qanday
soxani tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin ular ba’zi bir insonlar uchun
xatto yashash joyigina bo’lib qolmay, balki kompyuter ekrani oldida
o’z o’limini topayotgan aloxida virtual dunyoga aylandi.
O’zbekiston Respublikasida xozirgi paytda xususiy kompyuterlar
bizning turmush tarzimizga xam ildam kirib keldi. Ilgari biror
axborotni olish uchun kitobni olib, kerakli betini o’qish kifoya bo’lsa,
xozir kerakli axborotni magnit yozuvidan tushuna oluvchi tovushga,
matnga, shaklga keltira oladigan tarjimon-kompyuter darkor bo’lib,
tarjimon yo’qligi axborotga egа bo’lishdan maxrum etadi. Yana bir
xavf bu texnikaning tashqi ta’sirlarga (elektr toki, kuchlanishning
o’zgarishiga) beriluvchanligi bo’lib, kuchli tabiiy yoki sun’iy
elektromagnit maydoni ta’sirida axborotlarni butkul o’chib ketishidir
Ta’sirchan, asabi bo’sh insonlarda kompyuter bilan muloqot xuddi
275
narkotik singari bog’lab qo’yadi. Ko’pgina o’rta yosh ayollar,
kundalik hayot qiyinchiliklaridan chalg’ish maqsadida navbatdagi
lotin amerika seriallarini berishini kutishi, televidenieni dasturlariga
bog’langanliklari bilan, ular passiv ko’zatuvchi bo’lib, aktivligini
oshirish televidenieni boshqa dasturiga yoki kanaliga o’tishi bilan
kifoyalanadi.
Kompyuter bilan muloqot esа butkul o’zgacha bo’lib,
foydalanuvchi ekrandagi xayotga bevosita kira oladi, uni boshqaradi,
jarаyonni o’zgartiradi, qaror qabul qilishga aralashadi, ya’ni shu
reallikda yashaydi, Virtual xayot imkoniyatlari realdagidan ancha
keng bo’lganligi ( kosmik sayoxatlar qilishi, katta tezlikda
avtomobilda yurishi, shu bilan birga xech qanday jaroxat olmaslik
kafolati) o’z domiga maksimal darajada tortadi, unga qayta-qayta
murojaat etishga undaydi.
Aralashib ketolmaydigan insonlar uchun kompyuter tarmog’i
muloqot extiyojini qondiruvchi deyarli yagona imkoniyatga aylandi.
Elektron "narkotik”ka bog’lanib qolishdan boshqa yana bir noxushlik
mavjuddir. Ko’pgina izlanishlar shuni ko’rsatdiki, kompyuter
o’yinlarini an’anaviy o’yinlardan ustun qo’ygan bolalar tasavvur
qilish, fikrlash, qiziquvchanlik kabi sifatlarning rivojida orqada qolib,
o’rniga faqat tez ta’sirchanliknigina olayapti.
Agar avvalgi texnika yangiliklari: telefon, avtomobil, samolyot
insonga faqat mexanik qo’shimcha bo’lgan bo’lsa, kompyuter esа
insonni mashinadan ustun quyuvchi ongiga ta’sir ko’rsatmoqda. Shu
sababli taniqli amerikalik fantast yozuvchisi Ayzek Azimov
robototexnika qonunining ma’nosini shu uch jumlada "Insonga zarar
keltirma" deb ifodalaydi.
Kompyuterlarni xayotimizga kirishining ijtimoiy va boshqa
aspektlarida yana to’xtamasdan, "qora qutidan" bilmay foydalanish,
afsuski ko’plab xavf-xatarlarni o’z ichiga qamrab olganligini qayd
etish joizdir.
Har qanday xodisa: tabiiy yoki texnogen, ijtimoiy yoki sun’iy –
o’zida avval boshdan ijobiy va salbiy asosga egа bo’ladi. Inson
faoliyatining turli soxalariga kirib kelgan kompyuterlashtirish xaqiqiy
ilmiy-texnik revolyusiya bo’lib, ijobiy taraflari bilan bir qatorda xar
qanday ilmiy-texnik progress kabi inson sog’ligiga va yashash
276
muhitiga xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Videoterminallar bilan
ishlaganda bu ta’sir ko’rishni yomonlashuvida, tayanch-xarakat
tizimini kasallanishida, xomiladorlik jarаyonining yomon kechuvida,
teri kasalliklarida, allergik
reaktsiyalarda,
asab
kasalliklarida
namoyon bo’ladi.
Hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishda va boshqa faoliyat
soxalaridagi foydalanish afzalliklarini bir chekkaga surib, bu
darslikda kompyuterdan keng foydalangandagi nеgаtiv oqibatlar
aloxida foydalanuvchi va insоnning ishlash qobiliyatiga va
salomatligiga ta’siri, xamda ularni profilaktikasi va ximoyasi uchun
zarur chora-tadbirlar taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |