O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

 
 
evakuasion 
va 
tibbiyot belgilari 
yashil rang 
tayinlanuvchi 
belgilari ko’k rang
 
 
ko’rsatuvchi 
belgilari ko’k rang 
55 - rasm. Оgохlаntiruvchi bеlgilаr
 
Qizil rang—umuman taqiqlovchi rang bo'lib, agar u biror bir 
avtomatlashtirilgan vositaga o'rnatilgan bo'lsa, qizil lampa yonishi 
odam aralashishi kerak bo'lgan holat paydo bo'lganini ko'rsatadi yoki 
bo'lmasa, bajarilayotgan jarayon to'xtab qolganidan dalolat beradi. 
Qizil rangdan, shuningdek, mashina va mexanizmlarning boshqarish 
organlarini belgilashda, xavfli zonalarni to'siq vositalari bilan 
o'rashda, yong'inga qarshi chora-tadbirlar belgilashda, xavfdan darak 
beradigan lampalar sifatida foydalaniladi. 
Sariq rang—ogohlantiruvchi hisoblanadi. Bunda, masalan, 
mashina va mexanizmlarni avtomat rejimiga o'tishini yoki mashina 
va mexanizmlardagi ba'zi bir parametrlarni chegara nuqtaga 
yaqinlashib qolganini kocrsatuvchi qurilmalarda, qurilishda xavfli 


269 
zonalarni to'suvchi vositalarda va zararli moddalar solingan idishlarni 
belgilashda qo'llaniladi. 
Yashil rang—xabar beruvchi hisoblanadi. Uni ruxsat etiladigan, 
masalan, mashinalarning ishga tayyorligini bildiradigan, xavfli 
vaziyatlardan chiqish yo'llarini belgilovchi lampalar sifatidaqo'llash 
mumkin.
 
Masofadan boshqarish qurilmalari

Hozirgi zamon sanoati 
korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, 
ko'tarish kranlari, ish bajarish konveyerlari va boshqa qurilmalar 
mavjudki, bularning hammasi bu yerda ishlayotganlar uchun ma'lum 
xavf tug'dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgilab qo'yilmasa, 
baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi mumkun. Bu mexanizmlarning ba'zi 
birlari detallarni qirqish, ulaiga shakl berish ishlarini bajarsa, 
boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og'ir ishlarni yengillashtirish 
vazifalarini bajaradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash 
va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo'li sanoat 
korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir 
ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, 
sexlardagi umumiy ishlarni masofadan boshqarishga erishishdir. 
Masofadan boshqarish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin 
bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchilarni og'ir jismoniy 
mehnatdan qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar 
sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini 
beradi. Hozirgi vaqtda boshlang'ich xomashyoni ishlatish uchun 
uzluksiz uzatish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza 
qilish nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, 
eng ishchi uchun xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda 
bolg'alash, presslash ishlari va boshqalarni masofadan boshqarish 
yaxshi natija beradi. Radioaktiv moddalar bilan bog'liq ish 
jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib qo'yish kerak. 
Masofadan boshqarish tizimlarning ancha katta tezlikda harakat 
qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-
xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni 
tayyorlash va o'rnatish ishlarida xavfsizlikni ta'minlash, ularning 
tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar 


270 
ishlatilayotgan 
joylarga 
yaqin 
joylashgan 
uchastkalarda 
ishlayotganlar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi. 
Masofadan boshqarish tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda 
vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va 
xavfsizlikni ta'minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak. 
Mexanizatsiyalashning 
eng 
yuqori 
bosqichi 
masofadan 
boshqarish. Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo'lgan ish 
robotlar 
zimmasiga 
yuklanadi. 
Sexda 
butunlay 
odam 
qatnashmaydigan bo'ladi. Sexni boshqarishni ta'minlovchi dasturlar 
tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday 
boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning 
sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi. Ilg'or 
sanoat korxonalaridagi ba'zi bir sexlar bizda ham, shunday 
avtomatlashtirish tizimiga o'tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun 
mashinasozlik tarmog'ini masofadan boshqarish imkoniyati yo'q.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish