Himoya vositalari
.
Himoya vositalari ikki guruhga bo’linadi:
jamoa va shaxsiy muhofaza aslahalariga.
Jamoa muhofaza
aslahalari o'zining ishlatiladigan joylariga
quyidagi muhofaza qiluvchi vositalar kiradi: mexanik, kimyoviy
va biologik omillarning ta'siridan; ultratovush to'lqinlaridan; elektr
ta'siridan; elektrostatik zaryadlar ta'siridan; xomashyolarning o'ta
issiq va o'ta sovuq ta'siridan; chang va zaharli moddalarga qarshi
o'rnatilgan vositalarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin.
258
Shaxsiy muhofaza aslahalari
o'z navbatida muhofazalash
sharoitiga qarab muhofaza bosh kiyimlari, nafas olish organlarini
muhofazalovchi qurilmalar, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari,
qo'lni, yuzni, ko'zni, quloqni muhofaza qiluvchi vositalar, yiqilib
(balandlikda ishlayotganlar uchun) tushmaslikni ta'minlovchi va
terini zararlanishdan saqlaydigan vositalaiga bo'linadi.
Sanoat korxonada qo'llaniladigan hamma jamoa muhofaza
vositalariga quyidagilar kiradi: mexanik (to'siq vositalari, saqlovchi
muhofaza vositalar va tormoz qurilmalari, blokirovka qurilmalari,
signal va xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qiluvchi asbob-
uskunalar, masofadan boshqarish qurilmalari) omillarning ta'siridan;
ish joylarini meyyorda yoritish; shovqin, titrash va ultratovushlardan
muhofazalash; ionlanuvchi nurlardan muhofazalash; atrof muhitni
yuqori va past xaroratlairdan ximoya vositalari.
Bu vositalar o'z navbatida bir necha mayda sinflarga bo'linadi.
Shuning uchun bularning har birini alohida ko'rib o'tish maqsadga
muvofiqdir.
11.2. Mexanik omillar ta’siridan muhofaza vositalar
To'siq vositalari
.
To'siq vositalari ishchilarning mashina xavfli
zonasiga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o'rnatiladi. Uning
tuzilishi
har
xil
bo'lishi
mumkin.
Asosan
mashina
va
mexanizmlarning
aylanuvchi
va
harakatlanuvchi
zonalarini,
stanoklarning qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi
xavfi bo'lgan (
masalan, elektr taqsimlash shkaflari
) va har xil
nurlanishlar bo'lishi mumkin bo'lgan (
issiqlik nurlari, elektromagnit
va ionlanuvchi nurlar
) xonalarni, shuningdek, havo muhitiga zaharli
moddalar chiqarayotgan joylarni ham to'siq vositalari bilan
ta'minlanadi. Bundan tashqari, qurilish tashkilotlarida qurilish olib
borilayotgan yoki ta'mirlash ishlari bajarilayotgan maydonlar,
qurilish mashinalari o'rnatilgan joylar, ishchilarning baland joylarda
ishlashiga to'g'ri keladigan ish joylari albatta to'siq vositalari bilan
ta'minlanadi.
To'siq vositalarining
turlari va shakli
uning ishlatiladigan joyi va
shakliga qarab xilma-xil bo'ladi. Ishlab chiqarish sharoiti texnologik
jarayon omillariga bog'liq bo'ladi. Masalan, sanoati korxonalariga
259
o'rnatilgan stanoklarning qobiqlari birinchidan, uning kuch
uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan, bu
uzatgichlarni moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu
uzatgichlar harakati natijasida hosil bo'ladigan tovushni kamaytirish
imkoniyatini yaratadi. To'siq qurilmalari asosan uch qismga bo'lib
qaraladi:
muqim, harakatlanuvchi va ko'chma vositalar
:
-
muqim
o'rnatilgan to'siq qurilmalarini doimiy harakat manbayi
bo'lgan tishli g'ildiraklar, qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalarni
qopqoqlar berkitish bilan amalga oshiriladi. Bunday to'siq vositalarini
o'rnatganda ularning ochib ta'mirlash ishlarini olib borish,
shuningdek, ba'zi bir favqulodda (masalan, ponasimon qayish chiqib
ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma'lum ish bajargandan keyin
yopib qo'yish imkoniyatini beradigan bo'lishi shart. Muqim
o'rnatilgan to'siq vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini,
elektr xavfi bo'lgan maydon va xonalarni, galvanika ishlari olib
boriladigan vannalarni, press, bosqon va boshqa temirchilik ishlari
bajariladigan joylaiga ham o'rnatilishi mumkin.
Aylanuvchi barabanlar, qum sepib quymalarni tozalash joylarini,
stanoklarning qirquvchi qismlari bilan kuzatuvchi ishchi iko'zi
orasidagi oraliqlar muqim o'rnatiladigan to'siq vositalari bilan
ta'minlanadi;
-
harakatlanuvchi
to'siq vositalari. Sanoati korxonalarida
ishlatiladigan ko'tarish vositalari xavfli zonalari har doim o'zgarib
turadi. Masalan, sexga o'rnatilgan har tomonlama harakatlanish
imkoniyatiga ega bo'lgan kranlar sexning xohlagan burchagida ish
bajarish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham uning xavfli zonasi
aniq maydonga ega emas. Sunday kranlarning xavfsizligini
ta'minlash
maqsadida
harakatlanuvchi
to'siq
vositalaridan
foydalaniladi. Ba'zi bir press, bosqon va qirquv stanoklari ham
harakatlanuvchi to'siq vositalari bilan ta'minlanadi;
-
ko'chma
to'siq vositalari ma'lum bir ishni bajarishda vaqtincha
o'rnatib qo'yiladi. Masalan, stanoklarni ta'mirlash ishlarida, elektr
tarmoqlarini uzib qo'yib bajarilayotgan ishlar vaqtida to'satdan elektr
tarmog'ini ulab yuborishni oldini oladigan ogohlantiruvchi yozuvlar
ko'chma to'siq vositalari hisoblanadi.
260
Do'stlaringiz bilan baham: |