Suyak-muskul zo’riqishi.
Ko’pgina operatsiyalarni bajargan
operatorda (dasturchi va ta’mirchilar kam darajada) еlka, bo’yin,
qo’l- oyoq muskullarini o’zgarmas holatda uzoq vaqt turishi, ularni
toliqishiga va o’ziga xos shikoyatlarni yuzaga kelishga sababchi
bo’ladi. 52,9% tekshirilgan operatorlarda bo’yin va ko’rak
muskullarining og’ringani, qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan
bo’lsa, 42,9 % ish tugashiga yaqin umurtqa pog’onasida og’riq paydo
bo’lgan, 15,2 % qo’l va oyoq muskullarining qotib qolgani va
uyushgani qayd qilingan. Turli guruh muskullarda og’riqni his etish
shu bilan bog’liqki, ular doimo holatda turib,bo’shashmaydilar, uning
natijasida aylanishi yomonlashadi. Qon orqali muskullarga ozuqa
moddalar еtarli darajada tez kelmaydi, ikkinchi tarafdan muskullarda
еmiruvchi moddalar to’planib qolishi sababli og’riqlar vujudga
keladi.
Foydalanuvchining
qo’l
barmoqari
va
panjalari
kasallanishining sababi klaviaturada bir xil xarakatni yuqori tezlikda
284
uzoq vaqt davom ettirish. Klavishlarni har bir bosish muskullarni
qisqarishi bilan bog’liq bo’lib,paylar suyak bo’ylab tinimsiz sirpanib,
teriga tegаdi va natijada shamollash jarаyoni rivojlanadi. Shunga
o’xshash kasalliklar "sichqoncha" bilan uzoq ishlaganda еlka va
barmoq muskullarida rivojlanadi.
Mashinistkalarning ishi ma’lumotlarni kiritish borasida operator
ishiga o’xshash bo’lsada, boshqa qator harakatlanuvchan ishlar
bo’lgani uchun, ya’ni qog’ozni karetkaga joylashtirib, uni
harakatlantirishi evaziga unchalik xatarli emas. Videoterminal bilan
ishlovchining uzoq muhim holatda o’tirishidan kelib chiqadigan
kasalliklarining
sababini
ko’pgina
izlanuvchilar
insonning
antropometrik xarakteristikalariga mebelning mos kelmasligidan deb
biladilar. Bunda stul va stolning ish yuzasi balandligi, norаsiоnаl
joylashgani, bilak va еlka suyangichlari yo’qligi, boshni noqulay
burchakda egilishi, qo’l va еlka muskullarini noqulay burchakda
buqilishi, xujjatlarni, displey va klaviaturani, ekranni qoniqarsiz
joylashgani, oyoq tagiga xech narsa qo’yilmasligi va x.k. sababchidir.
Ko’rsatilgan ergonomik noqulayliklar majburiy ish holatida
bo’lishga zarurat tug’diradi hamda suyak-muskul va peridtirik chekki
asab tizimini buzulishiga olib kelishi mumkin. Еtarlicha fizik faollik
va harakatchanlik bo’lmagan sharoitda uzoq vaqt noqulay o’tirish
umumiy toliqishning rivojlanishiga, bo’yin, ko’rak, belda og’riqar
paydo bo’lishiga, surunkali ishlash esа nevrit, radikulit, osteopatiya
kabi tayanch - xarakat va asab kasalliklariga olib keladi.
Qimirlamay o’tirishdan zo’riqish tufayli paydo bo’ladigan
ko’pgina kasalliklarning sababchisi klaviatura to’zilishining maqbul
emasligidan deb hisoblanadi. Ishlayotgan paytda qo’llarning
klaviaturaga parallel bo’lib turishi uchun paylarga va muskullarga
zo’riqish keladi.
Elektromagnit maydonlari va ularning ta’sirini oqibatlari
.
Kompyuterning ishlash jarаyonini tahlil qilishda videoterminallardan
foydalanish paytida yuzaga keladigan elektromagnit maydonlarining
(EMM) bevosita ta’siriga aloxida ahamiyat berilishi darkor, chunki
ular terida toshmalar paydo bo’lishiga,
ko’z qorachig’ini
xiralashishiga, homiladorlikning yomon kechishiga va sog’liqqa
285
jiddiy zarar keltiradigan boshqa o’zgarishlarga sababchi bo’lishi
mumkin.
Videoterminallar rentgen, ultrabinafsha (UB), ko’rinadigan
spektrdagi, infraqizil (IQ), аhbоrоt vоsitаlаrchastotadagi, juda past,
sanoatdagi
bilan,
chastotadagi
elektromagnit
nurlanishning
manbaidir. Bundan tanshqari ular aeron oqimlarni va elektrostatik
maydonni
yuzaga
keltiradi.
EMM
manbai
bo’lib
kuchli
transformatorlar (50 Gs), displeydlash 15-53 kGs chastotada
ishlovchi elektron-nurli trubkaning gorizontal og’uvchi nurlar tizimi,
elektron-nurli trubkaning modulyatsiya bloki - 50-81 Gs, monitor
ekrani (infra qizil va ultra binafsha), yuqori voltli kenotronlar va
kineskoplar (roentgen nurlanishi) hisoblanadi. Yuqori voltli
qurilmalar (10-15kV ortiq) kineskopning ichki yuzasida elektron
no’rni tormozlanishi tufayli paydo bo’ladigan va odatda ekrandan
tashqariga chiqadigan еngil roentgen nurlanishini yuzaga keltirsada,
ekrandan va displeyning boshqa yuzasidan 5 sm masofada
tarqalayotgan nurlar quvvatining ekspozitsion miqdori o’rnatilgan
miqdordan, ya’ni 100 mkR/sdang bir necha marta kichikdir. Snuni
ham qayd etish darkorki, kompyuterlarning xavfsizligi bo’yicha
butun dunyoda mavqegа egа Stokgolmdagi radiatson himoya Milliy
instituti monitorning rentgen nurlanishi darajasining еtarlicha keskin
standartini belgiladi,uning aytishicha, ushbu rentgen nurlanishi
darajasi shunchalik kichik bo’lishi kerakki, o’lchashlar bilan ularni
qayd qilishni iloji bo’lmasin. Ekrandan 20-30 sm masofada uskunalar
xaqiqatda ham xech nimani qayd qilishmaydi.
EMMning eng kuchli ta’siri ekrandan 30sm masofagacha bo’ladi,
lekin nurlanishning nafaqat ekrandan, balki videoterminal yuzasining
yon va orqa tomoni (manbai –chiziqli transformator)da intensivligi
kam emas. Bu holatga displey sinflarni va boshqa kompyuterlar soni
ko’p ish joylarini tashkil etishda e’tibor berish zarurdir. EMM ta’siri
katarakta va glaukomani rivojlanishiga, homiladorlik paytida nohush
hollarni vujudga kelishiga, amalgama asosida og’iz bo’shlig’ida
simob paydo bo’lib, tish plombalarini еmirishiga sababchi bo’lishi
ta’kidlanadi.
Ma’lumotlarning guvoxlik berishicha, kuchsiz EMM allergiya va
boshqa buzulishlarni, shu jumladan, ko’ngil aynashni, charchashni,
286
bosh og’rig’ini yuzaga keltiradi. Xar qanday elektromagnit maydoni
organizm kataklaridagi natriy va kalsiyni xarakatlanishiga ta’sir
etuvchi rezonans effektini yuzaga keltirishga qodirdir.
Qat’iy
xavf
birinchi
navbatda
past
chastotali
magnit
maydonlardan, avvalambor sanoat chastotadagisidan kelib chiqadi.
Bir qator izlanishlar tasdiqlashicha, kompyuter yaqin-atrofdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |