Nazorat savollari
1. Asinxron elektryurittichlar ishlash jarayoni va tuzilishini ayting ?
2. Elektr isitish qurilmalari ishlash tuzilishi va tartibi ayting ?
3. VET-200 suv isitgichi tuzilishini tushintiring ?
15-MAVZU: Chorvachilikda elektrotexnologik jarayonlar va
avtomatlashtirish
Reja;
1.Chorvachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashgirish asoslari
2. Avtomatik boshtsarish tizimining sinflanishi
3. Avtomatik boshqarish tizimlarining elementlari
Chorvachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashgirish asoslari
Avtomatik boshqarish asoslari. Asosiy tushunchalar
Har qanday texnologik jarayon fizikaviy kattaliklar, ya’ni jara yon ko’rsatkichlari bilan harakterlanadi. Bu ko’rsatkichlar jarayonning to’g’ri borishi uchun yoki uzgartirmasdan saqlashni taьminlash uchun xizmat qiladi. Biron bir ob’ektdagi jarayon ko’rsatkichlarini berilgan miqdorda ushlab to’rish yoki talab etilgan yunalishda o’zgartirish, ya’ni boshqarish uchun zarur bo’lgan operatsiyalar majmuasi boshqarish deb, jarayon ko’rsatkichlarining o’zi esarostlanuvchi miforlar deb ataladi.Boshqarish - boshqariladigan parametrni berlgan algoritm funksiyasi asosida ushlab to’rish, yo’naltirish demakdir.Algoritm - berilgan miqdor va izlanayotgan natijani olish uchun zarur bo’lgan qonunlar, energiyalar majmuasi, ketma-ketligidan iboratdir.Algoritm funktsiyasi - berilgan texnologik jarayonni, qandaydir qurilma yoki qurilmalar tizimi ishini to’g’ri olib borish uchun zarur bo’lgan qonunlar yigindisidir.Boshtsarilayotgan ob’ekt yoki ob’ekt to’g’ridan - to’g’ri texnologik jarayon xosil bo’ladigan vaundagi boshqarishlarning algoritmini to’g’ri olib borish uchun tashki ta’sir zarur bo’lgan qurilma, qurilmalar majmuasi yoki tizimidir. Texnologik jarayoni rostlanishi zarur bo’lgan texnikaviy qurilma, boshqariladigan avtomatika ob’ekti, qisqacha ob’ekt O deyiladi. Boshqariladigan ob’ekt tirikmas texnik qurilma (samolyot, stanok) yoki tirik mavjudod (odamlar guruhi, hayvon)lar bo’lishi mumkin Odamning ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshtsarish deyiladi.Odamning ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshtsarish deyiladi.
Tirik va tirikmas tabiatni boshqarish, ya’ni boshqarishning umumiy nazariyasiga kibernetika deyiladi.
Ob’ektni avtomatik boshqarishni amalga oshiradigan texnik qurilma boshqaruvchi qurilma BK deyiladi.
Boshqaruvchi qurilma BK va boshqariladigan ob’ekt O birgalikda avtomatik boshqarish tizimi ABT ni tashkil qiladi.
Chorvachilik dagi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning xususi- yatlari:
a) texnikaparning biologik ob’ektlar bilan bog’liqligi;
b) ishlab chiqarish jarayonlarining xilma - xilligi;
v) mashina va qurilmaparining har - xil harakteristika va ish re- jimlariga egaligi;
g) mashina va qurilmalarining har joyda ishlashi va ta’mirlash bazasining avtomatik boshqarish ob’ektdan uzokligi;
d) mashina va qurilmalar tezligining pastligi, sutka davomida kam ishlashi, ishining mavsumiyligi;
e) namlik (W%) va harorat (T°S) ning katta miqdorda uzgarib tu- rishi;
j) ish jarayonida yengil va ogir kushilma (chang, agressiv gazlar, ammiak, oltingugurt vodorod)larning bo’lishini hisobga olgan holda, Chorvachilik ni avtomatlashtirish sanoatdan farq qiladi.
Avtomatik boshqarish tizimining sinflanishi
Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajaradigan funktsiya-siga qarab:
a) avtomatik nazorat;
b) avtomatik ximoya;
v) avtomatik rostlash;
g) avtomatik masofadan boshqarish;
d) avtomatik teleboshqarish bo’lishi mumkin.
a) avtomatik nazorat, avtomatik: xabar berish(signalizatsiya), ulchash, saralash, informatsiya tuplashni uz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |