O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi


Uch fazali elektryuritgich o‘ramlarining uchi va oxiri shakli



Download 34,91 Mb.
bet45/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

155-chizma. Uch fazali elektryuritgich o‘ramlarining uchi va oxiri shakli:
a–stator o‘ramlari o‘zaro ulanmagan; b–stator o‘ramlari uchburchak shaklida ulangan; d–stator o‘ramlari yulduzcha shaklida ulangan; C1, C2, C3 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar uchi;
C4, C5, C6 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar oxiriAmaliyotda ko‘p hollarda elektryuritgichlarni o‘ramlarida rusumi ko‘rsatilmagan holda ulashga to‘g‘ri keladi. Bunda har bir faza o‘ramining uchi va oxiri akkumulyator batar­eyasi bilan tutashtirilgan megaommetr yoki yoritish lam­pasi orqali topiladi. Buda lampa yoki megaommetrning bir tarmog‘i o‘ramning bittasini chiqishiga ulab, ikkinchisi bi­lan qolganlariga navbati bilan ulab qo‘radi. Megaommetr ko‘rsatgichining nulga tengligi yoki lampa yonishi o‘ram uchining izlanayotgan fazaga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Agar ulash nazorati davrida barcha faza o‘ramlari reaksiya qilmasa, ya’ni megaommetr qarshiligi juda katta bo‘lsa yoki lampa yonmasa, demak, fazada uzilish mavjud.
Faza o‘ramlari juftligi topilgandan so‘ng, o‘ramlarning uchi va oxiri qo’yidagicha aniqlanadi. Faza o‘rami jufgliklari uchlari ixtiyoriy ravishda 1–2, 3–4 va 5–6 qilib belgilanadi. Uchliklar-ning 2–4–6 uchlari yulduzcha qilib bir joyga birik­tiriladi. 1– 3–5 uchlari rubilnik orqali uch fazali elektr tarmog‘i o‘ramlariga tutashtiriladi. Agar elektryuritgich ishlab ketsa, demak, faza o‘ram uchlari to‘g‘ri topilgan bo‘ladi. Aks holda navbati bilan faza uchlari qayta yulduzcha qilib ulanadi. Ma­salan, 1–4–6 uchlar yulduzcha va 2–3–5 tarmoqqa ulanadi. Bu holda ham elektryuritgich me’yorda ishlamasa, ikkinchi va uchinchi faza almashtiriladi.
Fazalarning uchi va oxiri aniqlan­ganidan so’ng yulduzcha bilan ulan­gan uchlariga C4, C5, C6 va elektr tarmog‘iga ulangan qismiga C1, C2 va C3 deb rusum beriladi.
Elektryuritgich o‘ramlarini yulduz­cha yoki uchburchak shaklda ulani­shi tarmokdagi kuchlanish va sta­tor o‘ramlaridagi nominal faza kuch­lanishiga bog‘liq. Agar elektryurit­



156-chizma. Shkivlar kengligi har xil bo‘lganda vallar parallelligini tekshirish:
a–lineyka yordamida;
b–ip yordamidagich pasportida 220/380 V va uchburchak (yulduz belgisi) ko‘rsatilgan bo‘lsa, stator o‘rami 220 V kuchlanishda uchburchak va 380 V kuchlanishda yulduz­cha shaklida ulanishi lozim.
Elektryuritgich o‘rnatilishida unga qulay xizmat ko‘rsatilishi inobatga olinishi lozim. Elektryuritgich va bino devori orasi 1m, parallel o‘rnatilgan elektryuritgichi oralig‘ida 0,3 m masofa qoldirilishi zarur. Ochiqhavoga o‘rnatilgan elektryuritgichlarni yomg‘ir va qo’yosh nurlari tegishidan saqlash lozim.
Boshqarish apparatlari elektryuritgichga yaqinroq joylashtiriladi. Elektryuritgich jihoz yoki qurilma bilan tas­ma yoki zanjir orqali harakatga kelsa, sirpanib sozlanuvchi qilib o‘rnatiladi. O‘rnatilishda tasma yoki zanjirning bir o‘qda yotishini ta’minlash lozim. Aks hollarda agregatni vibratsiya bo‘lishi, tasma va zanjirlarning yeyilishiga olib kelishi mum­kin. Elektryuritgich va mashinaning bir xil gorizontal tekis­likda joylashishi tekshiriladi va qistirmalar bilan rostlanadi. Vallarning bir o‘qda joylashishi lineyka yo shnur yordamida tekshiriladi (156, 157-chizmalar).
Elektryuritgich o‘rnida, fundamentda qotirish boltlari uchunbelgi qo‘yiladi, so’ng elektryuritgich yana olinib, boltlar se­mentlanganidan so’ng qayta o‘rnatiladi. Elektryuritgich va mashina umumiy fundamentga o‘rnatilib, ularning vallarini bir o‘qda yotganligi qat‘iy ravishda tekshiriladi. Elastik muftalar uchun agregatning bir o‘qli emasligi 0,08–0,12 mm, qo’lachokli muftalar uchun 0,12–0,15 mm gacha ruxsat etiladi.
Montaj qilishda agregatni yer bilan sim orqali ulanganligi ta’minlanishi lozim. Agregatning tok yuruvchi qismlaridan me’yo-riy izolyatsiya qilingan korpusi, qobig‘i va barcha de­tallari erga tutashtirilgan nul simi bilan biriktiriladi. Erga tut­ashtirilgan sim elektryuritgichning boltigi qotiriladi.



157-chizma. Vallar o’qining uzaro bir chiziqda yotganligini tekshirish:
1–vallar; 2–lineyka.8.2. Elektr isitish qurilmalari
Chorvachilik fermalarida elektr quvvati sutni pasterizatsi­yalash, suvni isitish va ventilyatsiya isitish tarmoqlarida keng foydalaniladi. Elektr qurilmalari mavjud isitgichlardan har qanday sharoitda tezda ishga tushishi mumkinligi va avtoma­tik tarzda belgilangan haroratni ta’minlay olishi bilan ajralib turadi. Elektr qurilmalari uchun maxsus yonilg‘i tayyorlan­ishi zarur emas. Shuning dek, qo‘shimcha ishchi kuchi ham talab etilmaydi.
Elektr isitgichning eng ma’suliyatli qismi – isitish ele­menti sanaladi. Element elektr quvvatini Joul-Lents qonuni­ga binoan ichki energiyaga aylantiradi:
Q = I2 · R · t,
bu yerda: Q – issiqlik miqdori, J; I2 – tok kuchi, A; R – qarshi-lik, Om; t – vaqt, soniya.
Isitish elementlari uchun tas­ma, spiral yoki sim shaklida tayyorlangan nixrom, konstanta va boshqa yarim o‘tkazgich mate­riallardan foydalaniladi. Isitish usuliga qarab elektr isitish qu­rilmalari elektrod (bevosita isi­tish) va element (bilvostita isit­ish) shaklida bo‘ladi.
Elektrodli isitgichlarda ele­ktrodlar isitilishi lozim bo‘lgan muhitga (suv, tuproq) qo‘yiladi va tok elektrodlar orasidan shu muhit orqali o‘tib unga issiqlik energiyasini beradi.
Chorvachilik fermalarida suv isitish uchun foydalaniladi­

158-chizma. VET-200 suv isitgichi:
1–rezervuar; 2–qobiq; 3–issiqlik saqlash qatlami; 4–harorat relesi; 5–kichik shtutser; 6–quvurli isitish elementi; 7–katta shtutser; 8–bo‘g‘iz; 9–to‘kish krani; 10–ventil; 11–qaytarmas klapan; 12–rezina shlangi; 13–bo‘g‘iz; 14–termometr; 15–quvur o‘tkazgich.263
gan element isitgichlarida TEN tipidagi quvurli isitish element­lari qo‘llaniladi.
VET-200 eng ko‘p tarqalgan suv isitgichlaridan sanaladi. Bu isitgich 200 l sovuq suvni 4 s mobaynida +80°...+85 °C ha­roratgacha isitib beradi (158-chizma).
VET-200 suv isitgich 200 l rezervuar (1), qobiq (2), issiqlik saqlash qatlami (3) dan tuzilgan. Rezervuarning pastki qismi­ga payvandlangan shtutserga uch fazali uch quvurli isitish ele­menti (6) qotirilgan. Element izolyatsiyalangan o‘zak arig‘iga joylashgirilgan spiral shaklida tayyorlangan nihrom simdan tayyorlangan. O‘zak spiral simi bilan birga po‘lat quvur ich­iga joylashtirilgan. Elektr toki o‘gganda spiral qiziydi. Spiral bilan birga po‘lat quvur va suv ham isiydi. Isitish elementi 220 V kuchlanishga mo’ljallangan. Berilgan haroratni saqlab turishda suv isitgich kichik shtutserga (5) o‘rnatilgan harorat relesi (4) bilan ta’minlangan.
Belgilangan isitish harorati rele korpusidagi strelka tortqisi buralib to‘g‘rilanadi. Tortqini soat strelkasiga qarshi buralsa, isitish harorati tushadi va soat strelkasi bo‘yicha buralsa ha­rorat ko‘tariladi. Suv rezervuarga ta’minlagich suv quvuri va bo‘g‘iz (8) orqali to‘ddiriladi. Suv quvuri suv isitgichdan reaina shlang (12) orqali izolyatsiya qilinadi. Ventil (10) ochilganda suv bo‘g‘iz (8) orqali rezervuarga kiradi va issiq suvni rezer­vuardan suv to‘plash bo‘g‘izi (13) orqali haydaydi. Suv isitgich suv quvuridan ko‘pi bi-lan 200 kH/m2 bosimda ta’minlanishi lozim, iste’mol quvvati 5,4 kVt. Suv isitgich komplekti tarkibi­ga uch polyusli rubilnik, magnit ishga tushirgich va saqlagich­lar kiradi. Agar elektr tizimi uch fazali bo‘lsa isitish element­lari yulduzcha, ikki fazali bo‘lsa uchburchak shaklida ulanadi. Isitgich suvni +8 °C dan +90 °C ga isitganda ish unumi 50 l/s. ni tashkil etadi.

Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish