8.2. Elektr isitish qurilmalari
Chorvachilik fermalarida elektr quvvati sutni pasterizatsiyalash, suvni isitish va ventilyatsiya isitish tarmoqlarida keng foydalaniladi. Elektr qurilmalari mavjud isitgichlardan har qanday sharoitda tezda ishga tushishi mumkinligi va avtomatik tarzda belgilangan haroratni ta’minlay olishi bilan ajralib turadi. Elektr qurilmalari uchun maxsus yonilg‘i tayyorlanishi zarur emas. Shuning dek, qo‘shimcha ishchi kuchi ham talab etilmaydi.
Elektr isitgichning eng ma’suliyatli qismi – isitish elementi sanaladi. Element elektr quvvatini Joul-Lents qonuniga binoan ichki energiyaga aylantiradi:
Q = I2 · R · t,
bu yerda: Q – issiqlik miqdori, J; I2 – tok kuchi, A; R – qarshi-lik, Om; t – vaqt, soniya.
Isitish elementlari uchun tasma, spiral yoki sim shaklida tayyorlangan nixrom, konstanta va boshqa yarim o‘tkazgich materiallardan foydalaniladi. Isitish usuliga qarab elektr isitish qurilmalari elektrod (bevosita isitish) va element (bilvostita isitish) shaklida bo‘ladi.
Elektrodli isitgichlarda elektrodlar isitilishi lozim bo‘lgan muhitga (suv, tuproq) qo‘yiladi va tok elektrodlar orasidan shu muhit orqali o‘tib unga issiqlik energiyasini beradi.
Chorvachilik fermalarida suv isitish uchun foydalaniladi
158-chizma. VET-200 suv isitgichi:
1–rezervuar; 2–qobiq; 3–issiqlik saqlash qatlami; 4–harorat relesi; 5–kichik shtutser; 6–quvurli isitish elementi; 7–katta shtutser; 8–bo‘g‘iz; 9–to‘kish krani;
10–ventil; 11–qaytarmas klapan; 12–rezina shlangi; 13–bo‘g‘iz;
14–termometr; 15–quvur o‘tkazgich.
gan element isitgichlarida TEN tipidagi quvurli isitish elementlari qo‘llaniladi.
VET-200 eng ko‘p tarqalgan suv isitgichlaridan sanaladi. Bu isitgich 200 l sovuq suvni 4 s mobaynida +80°...+85 °C haroratgacha isitib beradi (158-chizma).
VET-200 suv isitgich 200 l rezervuar (1), qobiq (2), issiqlik saqlash qatlami (3) dan tuzilgan. Rezervuarning pastki qismiga payvandlangan shtutserga uch fazali uch quvurli isitish elementi (6) qotirilgan. Element izolyatsiyalangan o‘zak arig‘iga joylashgirilgan spiral shaklida tayyorlangan nihrom simdan tayyorlangan. O‘zak spiral simi bilan birga po‘lat quvur ichiga joylashtirilgan. Elektr toki o‘gganda spiral qiziydi. Spiral bilan birga po‘lat quvur va suv ham isiydi. Isitish elementi 220 V kuchlanishga mo’ljallangan. Berilgan haroratni saqlab turishda suv isitgich kichik shtutserga (5) o‘rnatilgan harorat relesi (4) bilan ta’minlangan.
Belgilangan isitish harorati rele korpusidagi strelka tortqisi buralib to‘g‘rilanadi. Tortqini soat strelkasiga qarshi buralsa, isitish harorati tushadi va soat strelkasi bo‘yicha buralsa harorat ko‘tariladi. Suv rezervuarga ta’minlagich suv quvuri va bo‘g‘iz (8) orqali to‘ddiriladi. Suv quvuri suv isitgichdan reaina shlang (12) orqali izolyatsiya qilinadi. Ventil (10) ochilganda suv bo‘g‘iz (8) orqali rezervuarga kiradi va issiq suvni rezervuardan suv to‘plash bo‘g‘izi (13) orqali haydaydi. Suv isitgich suv quvuridan ko‘pi bi-lan 200 kH/m2 bosimda ta’minlanishi lozim, iste’mol quvvati 5,4 kVt. Suv isitgich komplekti tarkibiga uch polyusli rubilnik, magnit ishga tushirgich va saqlagichlar kiradi. Agar elektr tizimi uch fazali bo‘lsa isitish elementlari yulduzcha, ikki fazali bo‘lsa uchburchak shaklida ulanadi. Isitgich suvni +8 °C dan +90 °C ga isitganda ish unumi 50 l/s. ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |