Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
9- Laboratoriya
Optik nurlantirish qurilmalari.
Ishning maqsadi: Optik nurlantirish qurilmalari tuzilishi va ishla jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Optik nurlantirish qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
HAYVONLARNI ULTRAFIOLET NURLANTIRISH
Ultrafiolet nurlari o’zining kimyoviy va biologik ta`siriga ega. Biologik ta`sirining namunasi sifatida insonning qo’yosh nur-lari ta`sirida qorayishi hisoblanadi. Shu asosda nurlantirish quril-malari ham ishlaydi.
Hayvonlardagi ultrafiolet etishmovchilik qishda va bahorda ultrafiolet nurlantirish bilan tiklanadi. Natijada tovuqlar-ning tuxum qilishi 15—17 foiz, sigirlarni sut berishi 10—15 foiz va bo’rdoqiga boqilayotgan cho’chqa bolalari semirishi 10—30 foizga oshadi. Nurlantirish shirzada (raxit) kasalligini oldini olishga va davolashga yordam beradi.
Nurlantirishda tovuqlar ratsionidan D vitamini preparatini olib tashlashga imkon beradi, bu esa tuxum etishtirish tannarxini pasaytirishga imkon tug`diradi.
Nurlantirish samarasi hayvonlar tomonidan olinayotgan nur me`-yoriga bog`liq. Nur olishning etishmasligi natijasi bilinmasligi mumkin, lekin belgilangan me`yoridan oshib ketsa nur halokatli shish paydo kilishiga sabab bo’lishi mumkin. Nurlantirish odat bo’yi-cha kunduzi o’tkaziladi. Ultrafiolet nuri dozasi antiraxit bir-liklarida me`yorlanadi.
Bu birlik hayvondagi D vitamini kamchiligini ultrafiolet nurlash darajasini aniqlab beradi.
Harakatli ultrafiolet qurilmasi va yosh buzoqlarni infraqi-zil nurlar yordamida isitgichlar qo’yidagi 173,174-chizmalarda kel-tirilgan.
Armatura (8) lampa (9) bilan kareta (2) ga osilgan bo’lib nurlanayotgan ob`ekt ustiga keltiriladi. Kareta elektryuritgich (6) yordamida ko’tarib turuvchi sim
bilan po’lat tros (1) orqa-li siljitiladi. Nurlantirgichga elektr ta`minoti parda osgichi kabi osilgan egiluvchan kabel orqali uzatiladi. Qurilma-ni oldinga-orqaga harakati av-tomatik tarzda amalga oshiri-ladi. Nurlatish dozasi nurlash lampalari osmasi baland-past-ligi, uning hayvonlar ustida harakat tezligi va lampalarning kundalik o’tish soni bilan me`-yorlanadi.
173-chizma. Harakatli ultrafiolet qurilmasi:
1—lampani siljitib yurish troslari; 2— karetka; 3.—ko’garib turuvchi sim;
4— kabel; 5—reduktor; 6—elektryuritgich; 7—boshqarish shiti; 8—armatura; 9— PRK-2 lamlasi; 10—armatura eshigi; 11—lampasimi; 12— h
174-chizma. 20 kunlikdan 3 oygacha bo’lgan yosh buzoqlarni infraqizil nurlarida isitish qurilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |