Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
ADABIYoTLAR:
1. Aleshkin V.R., Roщin P.M. Mexanizatsiya jivotnovodstva.-M.: Agropromizdat, 1985.
2. Belyanchikov N.N. i dr. Mexanizatsiya texnologicheskix protsessov.-M.: VO "Agropromizdat", 1989.
3. Melьnikov SV. Texnologicheskoe oborudovanie jivotnovodcheskix ferm i kompleksov.-L.: Agropromizdat. 1985
8- Laboratoriya
Elektr ta’minoti tizimlari.
Ishning maqsadi: Elektr ta’minoti tizimlari o’zilishi va ishla jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Elektr ta’minoti tizimi qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
Asinxron elektryuritgichlar uch fazali tok hosil qiluvchi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanib ishlashga asoslangan. Aylanuvchi magnit maydonining fizik xususiyatlari Lens qonuni bilan tushuntiriladi.
Rotorning aylanish chastotasi stator magnit maydonining sinxron deb atalgan aylanish chastotasiga teng bo‘lmagan (nosinxron) va yuklamaga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalari asinxron elektryuritgichlari deb ataladi. Asinxron elektryuritgichlar generator va yuritgich rejimlarida ishlashi mumkin. Asinxron elektryuritgichini generator rejimida ishlatish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Shu sababli asinxron yuritgichlar faqat ayrim hollardagina dizel yuritgichlarni chiniqtirishda qo‘llaniladi. Konstruksiyasining soddaligi, nisbatan arzonligi, puxtaliligi sababli asinxron yuritgichlari Chorvachilik ni mexanizatsiyalash tirishda keng foydalaniladi.
Asinxron yuritgichlarda rotorni magnit maydoni aylanishidan ortda qolishi sirpanishi (0,01–0,06) bilan tavsiflanadi. Magnit maydoni bilan qisqa tutashtirilgan o‘ramning o‘zaro munosabati asinxron elektryuritgichi konstruksiyasining asosi sanaladi. Asinxron elektryuritgichlari qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorlilarga (kontakt halqali) bo‘linadi.
154-chizma. Uch fazali qisqa tutashtirilgan asinxron elektryuritgich:
1–ventilyatsiya teshigi; 2–podshilnikning himoya to‘siqlari; 3–korpus; 4–o‘zak; 5–stator o‘rami; b–qopqoq; 7–rotor; 8–ventilyator.
Qishloq xo‘jaligida ko‘proq kollektorsiz uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichlari keng tarqal zontal panjada, gorizontal flanesda va vertikal holda bo‘ladi.
Uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichi (154-chizma) qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotordan tuzilgan.
Stator cho‘yan yoki po‘lat korpus (3) ichida ichi bo‘sh po‘latdan tayyorlangan sirti ariqqa o‘yiqli silindr – o‘zak joylashgan. O‘zak o‘zaro laklab izolyatsiyalangan ayrim-ayrim elektrotexnik po‘lat listdan tayyorlangan. Statorning ariqqa o‘yiqlariga uch fazali o‘ram (5) lar joylashtirilgan. Rotor (7) ayrim elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilib izolyatsion lak bilan qoplangan po‘lat silindrdan iborat. O‘rama qisqa tutashtirilgan rotor ariqcha o‘yiklariga olmaxon g‘ildiragiga o‘xshash halqaga qotirilgan mis va alyumin tayoqchalarga o‘xshatib joylashtiriladi. Rotor chetlari himoya to’sig’i (2) bilan yopilgan podshipnikli valga qotiriladi. Elektryuritgichdan jihoz va qurilmalarga harakatni uzatish uchun valga shkiv yoki mufta o‘rnatiladi. Stator korpusi himoya to’sig’iga faza o‘ramlarining uchi va oxiri chiqarib qo‘yilgan (155-chizma): birinchi faza uchi – C1 o‘rami, oxiri – C4; ikkinchi faza uchi – C2, oxiri – C5; uchinchi faza uchi – C3 va oxiri – C6.
155-chizma. Uch fazali elektryuritgich o‘ramlarining uchi va oxiri shakli:
a–stator o‘ramlari o‘zaro ulanmagan; b–stator o‘ramlari uchburchak shaklida ulangan; d–stator o‘ramlari yulduzcha shaklida ulangan;
C1, C2, C3 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar uchi;
C4, C5, C6 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar oxiri
Amaliyotda ko‘p hollarda elektryuritgichlarni o‘ramlarida rusumi ko‘rsatilmagan holda ulashga to‘g‘ri keladi. Bunda har bir faza o‘ramining uchi va oxiri akkumulyator batareyasi bilan tutashtirilgan megaommetr yoki yoritish lampasi orqali topiladi. Buda lampa yoki megaommetrning bir tarmog‘i o‘ramning bittasini chiqishiga ulab, ikkinchisi bilan qolganlariga navbati bilan ulab qo‘radi. Megaommetr ko‘rsatgichining nulga tengligi yoki lampa yonishi o‘ram uchining izlanayotgan fazaga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Agar ulash nazorati davrida barcha faza o‘ramlari reaksiya qilmasa, ya’ni megaommetr qarshiligi juda katta bo‘lsa yoki lampa yonmasa, demak, fazada uzilish mavjud.
Faza o‘ramlari juftligi topilgandan so‘ng, o‘ramlarning uchi va oxiri qo’yidagicha aniqlanadi. Faza o‘rami jufgliklari uchlari ixtiyoriy ravishda 1–2, 3–4 va 5–6 qilib belgilanadi. Uchliklar-ning 2–4–6 uchlari yulduzcha qilib bir joyga biriktiriladi. 1– 3–5 uchlari rubilnik orqali uch fazali elektr tarmog‘i o‘ramlariga tutashtiriladi. Agar elektryuritgich ishlab ketsa, demak, faza o‘ram uchlari to‘g‘ri topilgan bo‘ladi. Aks holda navbati bilan faza uchlari qayta yulduzcha qilib ulanadi. Masalan, 1–4–6 uchlar yulduzcha va 2–3–5 tarmoqqa ulanadi. Bu holda ham elektryuritgich me’yorda ishlamasa, ikkinchi va uchinchi faza almashtiriladi.
Fazalarning uchi va oxiri aniqlanganidan so’ng yulduzcha bilan ulangan uchlariga C4, C5, C6 va elektr tarmog‘iga ulangan qismiga C1, C2 va C3 deb rusum beriladi.
Elektryuritgich o‘ramlarini yulduzcha yoki uchburchak shaklda ulanishi tarmokdagi kuchlanish va stator o‘ramlaridagi nominal faza kuchlanishiga bog‘liq. Agar elektryurit
156-chizma. Shkivlar kengligi har xil bo‘lganda vallar parallelligini tekshirish:
a–lineyka yordamida;
b–ip yordamida261
gich pasportida 220/380 V va uchburchak (yulduz belgisi) ko‘rsatilgan bo‘lsa, stator o‘rami 220 V kuchlanishda uchburchak va 380 V kuchlanishda yulduzcha shaklida ulanishi lozim.
Elektryuritgich o‘rnatilishida unga qulay xizmat ko‘rsatilishi inobatga olinishi lozim. Elektryuritgich va bino devori orasi 1m, parallel o‘rnatilgan elektryuritgichi oralig‘ida 0,3 m masofa qoldirilishi zarur. Ochiqhavoga o‘rnatilgan elektryuritgichlarni yomg‘ir va qo’yosh nurlari tegishidan saqlash lozim.
Boshqarish apparatlari elektryuritgichga yaqinroq joylashtiriladi. Elektryuritgich jihoz yoki qurilma bilan tasma yoki zanjir orqali harakatga kelsa, sirpanib sozlanuvchi qilib o‘rnatiladi. O‘rnatilishda tasma yoki zanjirning bir o‘qda yotishini ta’minlash lozim. Aks hollarda agregatni vibratsiya bo‘lishi, tasma va zanjirlarning yeyilishiga olib kelishi mumkin. Elektryuritgich va mashinaning bir xil gorizontal tekislikda joylashishi tekshiriladi va qistirmalar bilan rostlanadi. Vallarning bir o‘qda joylashishi lineyka yo shnur yordamida tekshiriladi (156, 157-chizmalar).
Elektryuritgich o‘rnida, fundamentda qotirish boltlari uchunbelgi qo‘yiladi, so’ng elektryuritgich yana olinib, boltlar sementlanganidan so’ng qayta o‘rnatiladi. Elektryuritgich va mashina umumiy fundamentga o‘rnatilib, ularning vallarini bir o‘qda yotganligi qat‘iy ravishda tekshiriladi. Elastik muftalar uchun agregatning bir o‘qli emasligi 0,08–0,12 mm, qo’lachokli muftalar uchun 0,12–0,15 mm gacha ruxsat etiladi.
Montaj qilishda agregatni yer bilan sim orqali ulanganligi ta’minlanishi lozim. Agregatning tok yuruvchi qismlaridan me’yo-riy izolyatsiya qilingan korpusi, qobig‘i va barcha detallari erga tutashtirilgan nul simi bilan biriktiriladi. Erga tutashtirilgan sim elektryuritgichning boltigi qotiriladi.
157-chizma. Vallar o’qining uzaro bir chiziqda yotganligini tekshirish:
1–vallar; 2–lineyka.
Do'stlaringiz bilan baham: |