O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet142/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

3. Sutni sovitish
Yirik sutchilik komplekslarida avtomatlashtirilgan plastinkali sovitish qurilmalari ishlatiladi. Ular ikkita issiqlik almashinuvchi sektsiyadan tashkil topgan. Birinchisida sut sovuq suv yordamida dastlabki sovitishni oladi, ikkinchisida esa aylanuvchi rassol yordamida sovitiladi.
OOU-M avtomatlashtirilgan qurilma tarkibiga suv bilan sovitish sektsiyasi va rassol bilan sovitish sektsiyalarining plastinkali sovit-gichlari; termometrli sut uzatish quvuri; klapanli aylanma quvur; boshqarish qutisi kiradi.
Bu rusumdagi qurilmalarda yorug’lik va ovoz orqali signallashtirish ko’zda tutilgan. Ular ham avtomatik rejimda, ham qo’lda boshqarilishi mumkin. Sut nasos yordamida suv bilan sovitish sektsiyasiga haydaladi va u yerda 13°S haroratgacha sovitiladi. Keyin sut rassol bilan sovitish sektsiyasiga o’tadi va harorati tushiriladi. Sovitilgan sut saqlash sig’imiga kelib tushadi.
Hozirgi vaqtda OM-1A, OOU-M va TOM-2A sovitgichlaridan keng foydalaniladi.
RPO-1,6, RPO-2,5 (7.1-rasm), TOM-2A, 8M-1200, MKA-2000, AXU-1000 lar sutlarni sovitish va saqlashga xizmat qiladigan vannalar hisoblanadi.

7.2-rasm. Pasterizatsiyalash jarayoni:
a-diagrammasi; b-VDP rusumdagi uzoq muddatli pasterizator; 1-elektr dvigateli; 2-termometr; 3-reduktor; 4-aralashtirgich; 5-rezervuar; 6-tashqi qoplama; 7-issiqlik izolyatsiyasi
4. Sutni pasterizatsiyalash
Sutdagi bakteriyalarni yo’qotish uchun pasterizatsiya qilinadi. Bu jarayon (7.2 a-rasm) nomi frantsuz mikrobiologi Lui Paster sharafiga qo’yilgan bo’lib, pasterizatorlarda amalga oshiriladi.
Pasterizatorlar ulardagi issiqlik rejimi turiga qo’ra: termik yoki sovuqlikli; energiya turiga qo’ra: bug’li, elektrli, infraqizil ra-diatsiyali, ulьtrabinafsha nurlagichli, yuqori chastotali elakli; jarayonni bajarish xususiyatiga qo’ra: uzluksiz, uzlukli; konstruktiv xususiyatlariga qo’ra: plastinkali, quvurli, siqib chiqaruvchi barabanli, markazdan qochma, aralashtirgich va ko’ylaksimon sig’imli va boshqa; sektsiyalar soniga qo’ra: bir, ikki, ko’p sektsiyali yoki kombinatsiyalashgan; sutni termik pasterizatsiyalashda qo’llaniladigan rejimlar turiga qo’ra: oniy, o’zq muddatli, qisqa muddatli kabi sinflarga ajratiladi.
Sutni o’zoq muddatli pasterizatsiyalash aralashtirgichi bo’lgan VDP rusumidagi ikki devorli vannalarda (7.2 b-rasm) olib boriladi. Bunda sut 13...68°S haroratda 30 minut ushlab turiladi.
Qisqa muddatli pasterizatsiyalash sutni avtomatlashtirilgan pla­stinkali sovitish-pasterizatsiyalash qurilmalari (OPU) da 72,2°S harorat bilan 20 s mobaynida ushlab turish orqali amalga oshiriladi.
Oniy pasterizatsiyalash maxsus qurilmalarida sutni 88...90°S haroratgacha qizdirish orqali olib boriladi. Bunda siquvchi barabanli pasterizatorlardan foydalaniladi.
Ulьtrabinafsha nurlagichlar ichiga tsilindrik shaklidagi kvarts lampa tor xalqasimon tirqish qoldirilib o’rnatilgan zanglamas po’latdan yasalgan quvurdan iborat yupqa qatlam bo’lib, oqib utayotgan sutga kvarts lampa nurlarining xalqasimon tirqish orqali ta’siri ostida mikroblar zararsizlantiriladi.
Tebranma pasterizatorlarda jarayon tovush chastotasining f=(8...10) 103 Gts tebranishlari oralig’ida amalga oshiriladi. Mahsulot 1 s mobaynida ushlab turilganida yaxshi natijaga erishiladi. Tovush chastotalarining manbai (generatori) sifatida magnit maydoni hosil qiluvchi elaklardan. foydalaniladi. Generatordagi o’zgaruvchan magnit maydoni chastotasiga bog’lik holda nikelli o’zaklar o’z uzunligini o’zgartiradi va sutda yuqori chastotali tebranishlar maydoni hosil qiladi. Bu esa bakteriyalarning o’limiga sababchi bo’ladi.
OPF-1 rusumli doimiy o’rnatiladigan plastinkali avtomatlashti­rilgan pasterizatsiyalash-sovitish qurilmasi markazdan qochma tozalash, yupqa qatlamli pasterizatsiyalash va sovitishga mo’ljallangan. OPU-ZM, OP2-U5, OPU-5M qurilmalari ham sutga OPF-1 kabi ishlov beradi.
Oniy pasterizatsiyalash baraban tipidagi sutni ikki tomonlama qizdirish apparatlarida bug’ yordamida amalga oshiriladi. Siquvchi bara­banli bug’ pasterizatorlari konstruktsiyasining soddaligi, arzon va ixchamligi bilan ajralib turadi. Barabanning yuqori qismida qanotlarining borligi sababli sut nasosiga hojat qolmaydi. Baraban turidagi pasterizatorlarga OPD-1M va P-12 lar misol bo’ladi.



Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish