3. Sog’ish qurilmalari
Sog’ish qurilmalarining har xil variantlari, ko’rinishlari, turlari ishlab chiqariladi va qo’llaniladi (6.4-rasm). Qish va yoz fasllarida qo’llaniladigan sog’ish qurilmasining turi saqlash usuli va mashinada sog’ishni tashkil etishning qabul qilingan sistemasiga bog’liq belgilanadi.
Mashinada sog’ish jarayonini qo’yidagi to’rtta usulda tashkil etish samarali hisoblanadi:
1. Yil bo’yi fermadagi molxonada sog’ish. Sigirlar bog’lab saqlanadi. AD-100A yoki DAS-2B ko’chma apparatli va chelakka sut yig’ishga moslashgan sog’ish qurilmalari; sut quvuri orqali umumiy sig’imga yig’ishga mo’ljallangan ADM-8 rusumli sog’ish qurilmasi; konveyer tipidagi maxsus sog’ish qurilmalari qo’llaniladi.
2. Yil davomida kompleksdagi, ferma sog’ish maydonchasidagi yoki sog’ish zallaridagi maxsus dastgohlarda sog’ish. Sigirlar bog’lanmasdan saqlanadi. "Tandem", "Archa" yoki "Karuselь" tipidagi konveyer qurilmalari qo’llaniladi.
3. Qish faslida fermada, yozda ko’chmas lagerda sog’ish. Sigirlarni saqlash sistemasi: molxona -> dala. Qo’llaniladigan sog’ish qurilmalari: fermada- AD-100A, DAS-2B, ADM-8; dalada- UDS-ZA.
4. Qish faslida fermada, yezda yaylovda sog’ish. Saqlash sistemasi: molxona-dala. Sog’ish qurilmalari: yaylovda - UDS-ZA, fermada AD-100A, DAS-2B, ADM-8.
Sigirlarni molxonalarda sog’ish uchun AD-100A, DAS-2B, ADM-8 qurilmalari ishlatiladi.
Vakuum qurilmalar vakuumli sistemada havoning siyraklanishini hosil etishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda asosan UVU-60/45 rusumdagi vakuum nasosi qo’llaniladi.
6.4-rasm. Sog’ish qurilmalarining sxemalari: a)-chelakka sut yig’ishga moslashgan va ko’chma apparatli qurilmada sigirlarni joylarda sog’ish; b)-shu sut quvuriga; v)-"Tandem" sigirlar yon tomonidan kiradi; g)-guruxli “Tandem”; d)-guruxli “Archa” ; ye)-qonveyerli-halqasimon "Tandem"; j)-konveyerli “Archa”; z)-"Rotoradial"; i)-"Poligon"; k)-"Traygon"; 1-vakuum-nasos; 2-sut nasosi bilan sut yig’gish.
Vakuum ballon vakuum tebranishlarini pasaytirish uchun xizmat qilib, sog’ishda hosil bo’ladigan kondensatni yig’adi va uning vakuum nasosga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari, vakuum quvurlarni yuvishda to’kish sig’imi sifatida foydalaniladi.
Vakuum rostlagichlar sog’ish qurilmalarinint texnologik tizimida nominal vakuum rejimini bir me’yorda ushlab to’rishga xizmat qiladi. Ularda havoni o’tkazish kobiliyati 60 m3/soat, vakuumni rostlash oralig’i esa 43-59 kPa bo’ladi.
Vakuum quvur vakuumlashtirilgan havoni sog’ish apparatlari va qo’shimcha uskunalar (yuvish sistemasi, me’yorlagich va h.k)ga uzatish uchun xizmat qiladi. Vakuummetr havoning siyraklashish miqdorini o’lchashga xizmat qiladi.
Yuvish qurilmasi sog’ish apparatini sog’ish oldidan va sog’ish tugagandan keyin yuvish hamda dezinfektsiyalash uchun xizmat qiladi.
ADM-8 sog’ish qurilmasi ikki variantda ishlab chiqariladi: ADM-8 va ADM-8-04 mos holda 100 va 200 sigirga mo’ljallangan. Qurilma molxonada sutni sog’ib, sut blokiga sut quvuri orqali uzatadi, sog’ilgan guruxni hisobga olib turadi (50 sigirdan), sutni filьtrlaydi,
sovitadi va saqlaydi.
ADM-8-04 sog’ish qurilmasi 12 ta ADU-1, vakuum quvur, sut quvuri, 2 ta asosiy vakuum rostlagich, o’n ikkita sut quvurini ko’tarish qurilmasi, yuvish qurilmasidan iborat bo’lgan avtomat yuvgich va ikkita UVU-60/45 vakuum-nasoslaridan tashkil topgan.
Qurilmaning sut yo’nalishi tarkibiga to’rtta guruxli sog’ilgan sutni me’yorlagich SMG-1, oltita sutni zootexnik hisobga olish qurilmasi O’ZM-1, sut nasosi, filьtr va plastinkali sut sovitgichlari kiradi. Sutga dastlabki ishlov berish uchun qurilma qo’shimcha TO-2 tank-sovutgichi, sovutish qurilmasi, UAP-400 suv qizitgich bilan jihozlanadi.
Bog’lanmasdan yoki bokslarda saqlangan sigirlarni sog’ish zallarida sog’ishda "Tandem" rusumidagi UDT-8, UDA-8, "Archa." rusumidagi UDE-8A, UDA-16, "Karuselь" rusumidagi UDA-100, M-691-40 sog’ish qurilmalari qo’llaniladi. Qoramollar bog’lab saqlanganda bunday sog’ish qurilmalaridan foydalanish samaradorligi guruxlab bog’lash jihozlari, masalan, OSK-25 qo’llanilganda oshadi. Bu jihozlar molxonalarga tirkalgan maxsus binolarda qo’llaniladi.
“Tandem” rusumidagi UDT-8 sog’ish qurilmasi sog’ish zallaridagi alohida dastgohlarda, mahsuldorligi va sut berish intensivligi har xil bo’lgan sigirlarni sog’ishga mo’ljallangan. Qurilma sut quvuri, yuvish sistemasi, hisobga olish va dastlabki ishlov berish sistemasidan tashkil topgan. Sigirlarni sog’ish paytida ularning mahsuldorligini hisobga olgan holda me’yorlagich bilan jihozlangan ozuqa tarqatgich yordamida oxurga omuxta yem beriladi.
UDA-8 sog’ish qurilmasi UDT-8 dan farqli ularoq pnevmatik ma-nipulyatorli yoki elektronli boshqarish sistemali sog’ish avtomatlari bilan jihozlangan. U ishchi o’raning har bir tomoniga turttadan joylashgan ikki sektsiyali alohida dastgohlardan tuzilgan. Har bir dastgoh alohida kirish va chiqishi hamda me’yorlagichi bo’lgan oxurga ega. O’raning uzunligi bo’ylab sut quvuri, yelinga sanitar ishlov berish tizimi va sog’ish avtomatlari bo’lgan texnologik yo’nalish joylashgan.
“Archa” rusumidagi UDE-8A, UDA-16 sog’ish qurilmalari mahsuldorligi va sut berish intensivligi bo’yicha guruxlangan, hamda bog’lab yoki bog’lamasdan saqlangan sigirlarni maxsus zallarda sog’ishga xizmat qiladi.
Bu qurilmalardan foydalanilganda sog’in sigirlar qurilmaning buylama o’qga 30-35° burchak ostida o’rnatilgan ikki guruh dastgohlarda sakkiztadan joylashadi. Ular ozuqa tarqatish tizimi, ikkita vakuum qurilmasi, texnologik yo’nalish texnologik uskunalarini yuvish tizimi va eshiklarning pnevmouzatmasidan iborat. Ularda UDE-8A va DA-2M "Mayga" yoki ADU-1 sog’ish apparatlari qo’llaniladi va ikki sog’uvchi-operator ishlaydi. UDA-16 sog’ish qurilmasi ham UDA-8 "Tandem" qurilmasidek sog’ish avtomatlari bilan jihozlangan bo’lib, undagi sog’ish bloki sog’ish va sog’ish apparatlarini yelindan olish jarayonlarini avtomatik boshqarishni amalga oshiradi. Sog’uvchi-operator tayyorgarlik jarayonlarini bajaradi: yelinni yuvadi, ko’rsatkichli kosaga sutni sog’ib qo’radi va mashinada sog’ishni ishga tushiradi.
UDA-100 "Karuselь" rusumidagi avtomatlashtirilgan sog’ish qurilmasi yirik sutchilik komplekslarida maxsuldorligi va sut berish intensivligi bo’yicha tanlangan sigirlarni sog’ishda ishlatiladi. Qurilma sog’in sigirlar bog’lanmasdan saqlanib operatorlar mehnati to’g’ri tashkil etilganda va taqsimlanganda yaxshi samara beradi. Har bir operator faqat bitta jarayonni bajaradi, masalan, yelinni yuvish, sog’ish stakanlarini taqish, mashinada sog’ish va h.k. Sigir operator tomonidan sog’ish dastgohiga kiritiladi va ma’lum muddatdan keyin chiqariladi. Sog’ish vaqti platformaning aylanish tezligiga bog’liq bo’lganligidan jarayonlar aniq ritmda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |