Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladihamda uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
NAZ0RAT UCHUN SAVOLLAR
1.Ozuqalarga issiqlik yordamida ishlov berishni mexanizatsiyalash tirish nima?
2.Issiqlik bilan ozuqaga ishlov berishdan maqsad nimalardan iborat?
3. Dag’al ozuqalarga, ildizmevalarga, dukkakli va boshoqli ekinlarga issiqlik bilan ozuqalarga qanday ishlov ishlov beriladi?
4. Qand lavlagidan shakar tayyorlash sanoati chiqindilariga ishlov berish nima?
5. C-2 bug‘lagich-aralashtirgich tuzilish va ishlash jarayonini gapirib bering?
6. C-12 tipidagi davriy ishlovchi bug‘lagich-aralashtirgichlar tuzilishini gapirib bering?
2- Laboratoriya
Mavzu:Ozuqa tarqatish qurilmalari.
Ishning maqsadi: Ozuqa tarqatish qurilmalari tuzilishi va ishla jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Ozuqa tarqatish qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
Fermalarda ozuqa tarqatish hayvonlarga qarov o’tkazish uchun sarflanadigan jami mehnat hajmining 30...40% ini tashkil etadi va bu jarayonni mexanizatsiyalash fermada asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ozuqa tarqatish jarayoni ozuqani (ozuqa aralashmasini) texnika vositasiga yuklash, hayvonlar saqlanadigan joyga tashish va uni belgilangan mehyorda oziqlantirish oxurlariga tarqatishdan iborat. Ozuqa tarqatish qurilmalariga qo’yiladigan asosiy zooveterinariya talablari qo’yidagilardan iborat:
ozuqani berilgan normada bir tekisda (farqi 15%) tarqatish;
ozuqa tarqatish jarayonidagi isrofgarchilikning mehyordan (1%) oshmasligi;
ozuqa tarqatgich fermada ishlatiladigan barcha turdagi ozuqalarni tarqatishi, ya’ni universal bo’lishi;
ozuqa tarqatish jarayoni uchun sarflanadigan vaqtning oz miqdorda bo’lishi, ya’ni bir binoda ko’chma ozuqa tarqatgich ishlatilganda 30 minutdan va turg’un ozuqa tarqatgichlar uchun 20 minutdan oshmasligi;
ozuqa tarqatgichlar ortiqcha shovqin chiqarmasliklari va hayvonlar uchun xavfsiz bo’lishi;
ozuqa tarqatgichlar chidamli bo’lishi va ishga yaroqlilik koeffitsienti 0,98 dan kam bo’lmasligi.
Fermalarda ishlatiladigan ozuqa tarqatgichlar turli ko’rsatkichlariga qarab sinflanadi. Ularning asosiy turlari 3.4.1-jadvalda ko’rsatilgan.
Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi 3.4.1-jadval
|
Sinflanish alomatlari
|
Ozuqa tarqatgich turlari
|
1
|
Energetik vositalariga ulanishi
|
ko’chma, harakati cheklangan, turg’un
|
2
|
Ishchi qismi ishlaydigan energiYa turi
|
mexanik, gidravlik, pnevmatik, gravitatsion, vakkumli
|
3
|
Hayvonlar va parrandalar turi
|
qoramolchilik, cho’chqachilik, qo’ychi-lik, parrandachilik va boshqalar
|
4
|
Ishlatiladigan energetik vositalar turlari
|
traktorlar, avtomobillar, o’ziyurar shassi, elektromobillar va boshqalar
|
5
|
Tarqatiladigan ozuqa turlari
|
kontsentrlangan ozuqalar, ozuqa ara-lashmasi, suyuq ozuqalar, universal
|
6
|
Ishchi qismining turi
|
lentali, Shnekli , vintli, arqonli, shaybali, qirg’ichli, kurakli
|
7
|
Oziqlantirish oxuriga ozuqani tarqatish usuli
|
ichidan tarqatish, yon tomonidan tarqatish, tepadan ozuqa tarqatish
|
Hayvonlar saqlanadigan binolarda va oziqlantirish maydonlarida o’rnatiladigan oxurlarining hayvonlarning oziqlanish jarayonidagi fiziologik talablarga to’la javob berishi va mexanizatsiyalash tirilgan holda ozuqa tarqatish imqoniyatiga ega bo’lishi ko’zda tutiladi.
Bu turdagi ozuqa tarqatgichlar umumiy ravishda g’ildirakli yurish qismi va ramaga o’rnatilgan bunker, ozuqani mehyorlovchi va oziqlantiruvchi oxurlarga bir tekisda tashlovchi ishchi organlardan va harakat uzatish mexanizmlaridan tuziladi. Ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladigan energetik vositalariga qarab traktor, avtomobil va o’ziyurar shassi yordamida ishlatiladigan turlarga bo’linadi.
Ko’chma ozuqa tarqatgichlar, turg’un oziqa tarqatgichlarga qaraganda katta unumdorlikka ega, turli xil sharoitda ishlay oladi va fermalarda ozuqalarni tashish, tushirish ishlarini bajara oladi. Shu bilan birga bu turdagi ozuqa tarqatgichlarning umumiy kamchiligi:
- ferma binolari va hayvonlarni saqlash maydonlarida kengligi 1,6...2,5 metrdan kam bo’lmagan ozuqa yo’laklarining bo’lishi:
- binodagi havoni ifloslantirish va shovqinli ishlashi;
- kontsentrlangan ozuqalarni tarqatishda berilgan normadan 15...20% chetlashishi;
- kichik hajmli fermalarda ishlatishda iqtisodiy samaradorligining past bo’lishi.
Fermalar uchun ozuqa tarqatish texnologiyasini va texnika tizimini asoslaganda bu kamchiliklarni inobatga olish va avvalo iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlagan holda yondoshish lozim. Fermalarda keng tarqalgan ayrim turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari 3.4.2-jadvalda ko’rsatilgan.
3.4.2-jadval
Ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
Ozuqa tarqatgich rusumi
|
KTU-10-A
|
RMM-5
|
RSP-10
|
KUT-3,0
|
ARS-10
|
Yuk ko’tarishi
|
kg
|
3300
|
1750
|
4000
|
3000
|
3800
|
Unumdorligi
|
t/soat
|
30
|
3...38
|
120
|
13
|
134
|
Bunkerning sig’imi
|
m3
|
10
|
5
|
10
|
3
|
10
|
Tezligi:
transport jarayonida
ish jarayonida
|
km/soat
|
30
-
|
16
0,5...0,6
|
20
1,5...5,0
|
33
0,87...1,5
|
46
3,1...10,0
|
Gabarit o’lchamlari:
uzunligi
kengligi
balandligi
|
mm
|
6670
2270
2450
|
5260
1870
1870
|
5400
2300
2600
|
5950
2890
2630
|
7330
2810
2655
|
Koleyasi
|
mm
|
2200
|
1542
|
1600
|
1500
|
1800
|
Massasi
|
kg
|
2700
|
1450
|
3940
|
4100
|
7320
|
Fermalarda uning sharoiti uchun mos keladigan universal va chidamli turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |