O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ikkinchi oliy ta’lim


AKT va oila, maktab va mahalla hamkorligi



Download 287,5 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2020
Hajmi287,5 Kb.
#32850
1   2
Bog'liq
19553 10-ВАРИАНТ

AKT va oila, maktab va mahalla hamkorligi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi.

Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi. Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma’naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyasini barcha yoshlarimiz ma’naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko‘maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat.

Ma’lumki, 1993-yilda ana shu tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi-harakatlarini birlashtirish maqsadida «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi ishlab chiqilgandi. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi-milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etilgan. Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» yo‘nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo etadi.



Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim muassasalari pedagoglarining asosiy vazifalari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi» va «Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi davlatimizning farzandlar baxtli kelajagi yo‘lidagi g‘amxo‘rligining amaliy ifodasidir.

Bu yil davlatimiz rahbarining Qarori bilan jismonan sog‘lom va ruhan tetik, barkamol, mustaqil fikr va yuksak intellektual salohiyat, chuqur bilim hamda zamonaviy dunyoqarashga ega yosh avlodni voyaga yetkazish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi tasdiqlandi.

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar yurtimiz kelajagini ta’minlovchi bolalarning kamolini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida sog‘lom farzandlarning voyaga yetishi, barkamol bo‘lib o‘sishida zarur ta’lim va tarbiyaviy muhitini yaratishga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Dasturda boshqa dolzarb masalalar bilan bir qatorda, hozirgi axborot xurujlari kuchayayotgan davrda bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi masalalar ham alohida ta’kidlangan. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida bolalarni maktabga tayyorlash, sifatli boshlang‘ich ta’lim bilan ta’minlash, pedagogik jarayonlarda bilim va tarbiya berishning ilg‘or metodikalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilgan.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oila, umumta’lim maktablari, mahalla hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Farzand tarbiyasi ko‘p omillar, avvalo, oiladagi axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila, mahalla, maktab hamkorligining asosiy omili oilada sog‘lom muhitni yaratish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning oilaviy qadriyatlarga, Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, bilimlar asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur vazifalar mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarni muhokama qilish va ularni oqilona hal etishda faollik ko‘rsatish, oilaviy tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ota-onalarning yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga egaligi mustahkam oila va unda sog‘lom, har tomonlama barkamol farzandlar voyaga yetishi kafolati hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir oilada mobil telefoni, kompyuter, planshet kabi vositalar mavjud bo‘lib, ularni kimdir asosan muloqot qilishda qo‘llasa, kimdir mustaqil bilim oshirish maqsadida foydalanadi. Mazkur vositalar taqdim etadigan imkoniyatlardan biri internet xizmatidan keng foydalanish ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Hozirgi davrda ko‘plab mahallalarda bolalar va yoshlar uchun turli to‘garaklardan tashqari, Internet kafe, kompyuter o‘yinxonalari ham mavjud. Mazkur maskanlar doim bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Shu boisdan ham Internet tarmog‘idan yoshlar ongiga kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrimizning mo‘jizalari bo‘lgan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda qulay imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, talay jiddiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur muammolarning oldini olish va ularni hal etish uchun esa ota-onalar, o‘qituvchilardan farzandlariga yanada hushyor va e’tiborli bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etadi.

Shu maqsadda mahallalar qoshidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar va pedagog xodimlar bilan har oyda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishi ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari Internet kafe va kompyuter o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazib, dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashishlari ham muhim ahamiyatga molik. Mahalla guzarlarida o‘smir bolalarning bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan band etish ham yaxshi samara beradi. Mahallalarda olib boriladigan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kamolga yetkazish, oila-mahalla-maktab hamkorligini ta’minlash va yanada kuchaytirishdan iborat.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta’lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir.


3 – topshiriq: Mashg‘ulot olib boruvchi fani bo‘yicha aniq mavzu misolida insho taqdim etish hamda topshiriqlar bo‘yicha yakuniy xulosalar tayyorlash.

Mavzu: Mafkuraviy maydon va poligonlar

Mafkuraviy maydon va poligonlar


Xalkaro  maydonda  yuz berayotgan  ijtimoiy – siyosiy  jarayonga  nazar  tashlasak,  turli siyosiy kuchlar  o`zlarining strategik  maksadlariga intilib, « erkinlik » va  « demokratiya » niqobi  ostida  faol  harakatda. Bu buzg`unchi kuchlar o`z  fa’oliyatlarini hamon ustalik, silliqlik  bilan,  bejirim  bezaklar  bilan  olib  bormokdaki,  har kanday  kishini manfur niyatlari  girdobiga  tortish  imkoniga  ega.  Bu kuchlar  o`z  niyatlari  yulida  millionlab  mablag`larni  ayayotganlari  yo`k, ular er yuzining  istagan  nuktasida,  istagan  xalqni o`zligidan  ayirish  va  o`z  ta’sir  doirasiga  olishni niyat qilib,  buning  ortidan millionlab  foyda,  daromadni  ko`zlab  ish yuritmoqdalar. Shuning uchun ham yurtboshimiz aytganlaridek hozirgi kunda mafkuraviy poligonlar yadroviy pologonlardan ko’ra ancha avflidir. Chunki yadro xavfini avvaldan payqasa bo’ladi mafkuraviy taxdidni esa ilg’ay olish ancha mushkul vazifadir.  Aynan shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari, xalqlarni ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Xo‘sh, mafkuraviy poligon deganda nimani tushunamiz? Poligon-(grek. serqirra degan ma’noni bildiradi) harbiy termin ekanligiga o‘rganib qolganmiz. Odatda poligon deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni xarbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki xarbiy soxada mashqlar, tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy poligonlarning xususiyatlar haqida nima deyish mumkin? Tarixga  nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zga xududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini  ko‘ramiz. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan xududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini yo‘qotish shart  emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo‘nalishga o‘zgartirilgan aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo‘lib qolmoqda.

Mafkura poligonlarida sinovdan o‘tayotgan, mohiyatan g‘ayriinsoniy bo‘lgan g‘oyalarga qarshi tura olish uchun alohida mafkuraviy immunitet hosil qilish lozim. Immunitet (lat.immunitas – ozod bo‘lish, qutilish) deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlash, o‘zini turli xususiyatlarga  ega ta’sirlaridan, uni tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik hususiyatini ham ifodalaydi. Immunitet haqidagi ana shu tasavvurdan kelib chiqib mafkuraviy immunitet haqida nima deyish mumkin?  Avvalo, insonning ko‘plab hususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos hususiyatga ega bo‘ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllanadigan mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.
Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon — (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‘oya yoki mafkurani mablag‘, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o‘z foydasi yo‘lida boshqarib turadigan g‘oyaviy markazga aytiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis — yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda». Shuning uchun ham bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli.

Chunki ularning ta’siri radio, televidenie, gazeta-jurnal, Internet; umuman, hamma axborot tarmoqlari orqali kirib kelmoqda. Ular odamlarni uyda ham, ko‘chada ham, ishda ham tinch qo‘ymasligi mumkin.

Yadro poligonida tayyorlangan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo mafkuraviy poligonlardan turli axborotlar, badiiy asarlar, o‘yinchoqlar, kundalik ehtiyoj mollari shaklida tarqalayotgan vositalar esa insonlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir.

Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda  to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.


Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.

   Yurtboshimizning «Bugungi kunda g`oyani taqiq bilan, ma`muriy chorlar bilan yengib bo`lmaydi. G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma`rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin», degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamal bo`lishi kerak. 


Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha,  sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab,  uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.

Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda  to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.


Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.

  Yurtboshimizning «Bugungi kunda g`oyani taqiq bilan, ma`muriy chorlar bilan yengib bo`lmaydi. G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma`rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin», degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamal bo`lishi kerak. (I. A. Karimov, Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T: O`zbekiston, 1998 yil10-bet)



Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha,  sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab,  uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.



Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish