O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ikkinchi oliy ta’lim



Download 287,5 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2020
Hajmi287,5 Kb.
#32850
  1   2
Bog'liq
19553 10-ВАРИАНТ



O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ikkinchi oliy ta’lim
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi
О‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan Ikkinchi oliy ta’lim

talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari

TO‘PLAMI




Toshkent-2019 y.



10-variant
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1. О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari

2. G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri

3. . Huquqiy savodxonlik va madaniyat —fuqaroviylikni shakllantirish omili.



1.О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari

  • davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
    iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

  • ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
    xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

2. G‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
G’oyaning ijtimoiy moxiyati. Har qanday g’oya ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g’oyalar, odatda, alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g’oyalar ta’sirida tarbiyaladi. Muayyan qarashlar va g’oyalarni o’z e’tiqodiga singdira o’z navbatida yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib qiladi. g’oyaning eng muhim xususiyati — insonni va jamiyatni maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.

Inson tafakkurining mahsuli sifatida g’oya milliymadaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiyma’naviy hayotni, tevarak olamni o’rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilmfan, falsafa, din, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq — muayyan bir g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga qarab, g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:

— Ilmiy g’oyalar; falsafiy g’oyalar; diniy g’oyalar; badiiy g’oyalar; ijtimoiysiyosiy g’oyalar; milliy g’oyalar; umuminsoniy g’oyalar va h.k.

1. Ilmiy g’oyalar — fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir.

Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyotda tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi.

2. Falsafiy g’oyalar har bir falsafiy ta’limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to’grisidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o’rab turgan dunyoni bilish jarayonida kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to’plagan bilimlarini umumlashtirish, inson hayotining ma’nomazmuni, uning baxtsaodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.

Insoniyat tarixida turli xalqlarning aqlzakovat sohiblari, dono faylasuf va ilohiyotchilari turfa xil g’oyalar yaratganlar.

3. Diniy g’oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy iymone’tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to’grisidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko’ra jon ko’chib yuradi, bu hayotda u insonda bo’lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o’tishi mumkin. Ilohlarning ko’pligi haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib, monoteistik — yakkaxudolik g’oyasi asosidagi dinlarga o’z o’rnini bo’shatib bergan.

Yakkaxudolik g’oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa, jahon dinlari xristianlik va islomda o’z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi royasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan.

4. Badiiy g’oyalar — adabiyot va san’at asarining asosiy ma’nomazmunini tashkil etadigan, undan ko’zlangan maqsadga xizmat qnladigan yetakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o’quvchida muayyan taassurot uygotadi. «Qahramon»larni sevish, ularga ergashish hollari ham shu asosda ro’y beradi.

5. Ijtimoiysiyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzuumidlarini, maqsadmuddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi.

Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi ham da amal qilishiga ta’siri.

Milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi. Milliy g‘oya o‘z-o‘zini anglashning mahsuli. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.

Milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy omillari. G‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli. Ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‘zgarishida g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning ahamiyati. Mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi.

Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning tur li darajalari. Mafkura va g‘oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din va mafkura, san’at va mafkura mutanosibligi. Ijtimoiy jarayonlarning yo‘nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‘oyalarning o‘zaro munosabati.

Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi.

Milliy g‘oyada mentalitetning namoyon bo‘lishi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning individualligi va umumiyligi, integratsiyasi va differensiatsiyasi.

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi. Yangi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari. Istiqlolga asoslangan yangi g‘oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‘llari.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, venn diagrammasi, erkin yozish , klaster, bir-biridan so’rash



3.. Huquqiy savodxonlik va madaniyat —fuqaroviylikni shakllantirish omili.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:

Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;

  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish;

  • yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;

  • aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

  • davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;

  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;

  • ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;

  • yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.


2 – topshiriq: mustaqil ta’lim mavzulari ustida ishlash:
2017 yilning 15 iyun kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, "Nuroniy" va "Mahalla" jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, islomiy ta’lim muassasalari mutasaddilari va talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib nutq so‘zladi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan masalalarga to‘xtar ekan Yurtboshimiz shunday deydi: “Kun tartibiga qo‘yilgan masala, ya’ni, ijtimoiy-ma’naviy sohani yanada rivojlantirish, oilalarimiz, mahallalarimizda, butun jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash vazifasi bugungi kunda qanday ulkan ahamiyat kasb etayotgani haqida, o‘ylaymanki, ortiqcha gapirishning hojati yo‘q”. Nega deganda, aynan shu masalalar Vatanimizning, yoshlarimizning bugungi va ertangi kunini, ularning taqdirini, bir so‘z bilan aytganda, hayot-mamotini hal qilishi hech kimga sir emas.

  1. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish oila-mahalla-ta’lim-nodavlat tashkilotlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari” mustaqil ish mavzusi.

Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish