Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bo’lib, umumiy hajmi 21 betni tashkil qiladi.
Kislotalarning turlari
Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldg`idan iborat bo`ladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH ko`rsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH bo`lsa, kislota shunchalik kuchlidir.
Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi.
Kislotalar eritma, suyuq, qattiq yoki gaz holatlarda bo`ladi. Kuchli va ba`zi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.
Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta ta`rif bor: Arrenius (talaffuzi: Arrenius), Brønsted-Lowry (talaffuzi: Bro`nsted-Louri) va Lewis (talaffuzi: Luis) ta`riflari. Arrenius ta`rifi: kislota eritmada gidroksoniy ionlari (H3O+) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Brønsted-Lowry ta`rifi: qo`shimcha qiladi: kislota proton donori bo`la oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki ta`rif ko`proq qaraladi.
Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10-7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb ta`riflangani uchun kislota pH= 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry ta`rifiga ko`ra, osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib, O-H yoki N-H qismlarini o`z ichiga oladigan spirt yoki aminlarni olish mumkin.
Lewis ta`rifi esa kimyoda kam ishlatiladi. Lewis kislotalari elektron juftlari akseptorlaridir. Lewis kislotalariga metall kationlari hamda bor triftoridi va aluminiy trixloridi kabi elektroni kam molekulalar kiradi. Gidroksoniy ionlari keltirilgan uch ta`rifga binoan kislotalardir. Qiziqarlisi shundaki, spirt va aminlar ularning kislorod va azot atomlaridagi yolg`iz elektronlar tufayli Brønsted-Lowry ta`rifiga ko`ra kislota, Lewis ta`rifiga ko`ra esa asos, deb qaraladi.
Kislotalarning dissotsilanish tenglamalariga doir o'sha o'rinda keltirilgan misollarni ionlarning gidratlanishini hisobga olgan holda ancha aniq yozish mumkin:
HCl(gaz) → H+ (suvda) + СГ (suvda)
CH3COOH(suvda) → H+(suvda) + CH3COO- (suvda)
Kislotalar suvda vodorod ionlari bilan kislota qoldig'i ionlariga - anionlarga dissotsilanadi. Kislotalar vodorod io n larid an boshqa hech qanday kationlar hosil qilmaydi.Kislotalarning dissotsilanish mexanizmikeltirilgan edi: qutbli molekulalar atrofida qutbli molekulalar ionli molekulalar, ionli molekulalar esa gidratlangan ionlarga aylanadi.
Kislota qoldig'ining (anionning) zaryadi kislotaning har bir molekulasi dissotsilanganda hosil qiladigan vodorod ionlarining soni bilan aniqlanadi. Xlorid va nitrat kislotalar faqat bir zaryadli kislota qoldiqlari hosil qiladi (Cl-, N03-); sulfat kislotaning (H2S04) molekulasi ikki xil kislota qoldig'i: bir zaryadli (HSO4-) va ikki zaryadli qoldiq (SO4-2) hosil qilishi mumkin; fosfat kislotaning molekulasi uchta kislota qoldig'i: bin zaryadli, ikki zaryadli va uch zaryadli qoldiqlar (H2P04-, НР042- vа P03-4) hosil qilish mumkin.
Kislorodli va kislorodsiz kislotalar mavjud. Nomidan ko'rinib turibdiki, kislorodli kislotalar tarkibida kislorod atomi bo'ladi (masalan, H2S04, HN03, H3P04), kislorodsiz kislotalarda esa kislorod bo'lmaydi (masalan, HC1, HBr, HJ, H2S).
Kislotalarning nomi ular hosil qiladigan tuzlarning nomidan olinadi, masalan:
HC104 — perxlorat kislota; H3As04 — arsenat kislota
H3P04— fosfat kislota; HN03 — nitrat kislota
H2Si03 — silikat kislota; H2S04 — sulfat kislota
HC1 — xlorid kislota; H2C03 — karbonat kislota
Agar element bir xil oksidlanish darajasida bir necha xil kislotalar hosil qiladigan bo`lisa, u holda molekulasida kislorod atomlari kam bo`lgan kislota nomiga „meta" old qo'shimcha, kislorod atomlari soni eng ko'p bo'lganda esa ,,orto“ old qo'shimcha qo'shiladi:
Kislorodsiz kislotalarning nomi metallmas nomiga „id" qo'shimcha qo'shish yoli bilan hosil qilinadi:
HF — ftorid kislota; HJ — yodid kislota
HCl — xlorid kislota; H2S — sulfid kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |