Ftorid kislota - vodorod ftorid HF ning suvdagi eritmasi. 77% li eritmaning zichligi 1262 kg/m3, 95,2% li eritmaniki esa 1082 kg/m3.
Ftorning vodorodli birikmasi HF plavik shpat - CaF2 ga konsentrlangan sulfat kislota H2SO4 ta'sir ettirilsa gazsimon vodorod ftorid xosil bo'ladi.
CaF2 + H2SO4 --> CaSO4 + 2HF
HF asosan ana shu reaksiya bo`yicha olinadi. HF shishaga ta'sir etadi; shuning uchun bu reaksiya platina yoki qo’rg’oshindan yasalgan idishlarda o`tkaziladi. Ftor, vodorod bilan nihoyatda shiddatli ravishda birikadi.
H2+F2 → 2HF
O’ta toza HF olish uchun MeF ( HF tipidagi nordon ftoridlarni qizdirishdan foydalaniladi.
KF × HF → HF+KF
Toza HF 19,5oS dan past haroratda rangsiz havoda kuchli tutaydigan suyuqlik.
HF bug`larida ham deyarli assosilanish mavjud ekanligi aniqlangan; lekin 90oS dan yuqori haroratda HF faqat yakka-yakka molekulalar (HF) dan iborat bo'ladi.
HF zaharli modda, agar qo`lga tomsa uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi. Vodorod ftoridning suvdagi eritmasi o'rtacha kuchdagi kislota xossasiga ega. Umum e'tirof etgan tasavvurlarga muvofiq, HF ning suvdagi eritmasi bir asosli kislota xossalarini namoyon qiladi. Suvda HF dissosilanishidan hosil bo'lgan ftor ioni HF ning dissosilanmagan molekulasini o'ziga qo`shib olib, murakkab ion HF2 ga aylanadi. Bu tasavvurga muvofiq, HF ning bir molyar eritmasida 10% ga yaqin HF2- ionlari va taxminan 1% F - ionlari bordir.
Buni quyidagicha tenglama bilan tasvirlash mumkin:
HF → H++F- HF+F- →HF2 -
Plavik kislota xlorid kislotaga qaraganda (va boshqa vodorod galogenid kislotalariga qaraganda) juda kuchsiz.
Plavik kislota Au va Pt dan tashqari boshqa ko`pgina metallarni o`zida eritadi. U Pb ning faqat sirtiga ta'sir etadi. Plavik kislota shishani yemiradi; bu vaqtda shisha tarkibidagi SiO2 plavik kislotada erib gazsimon SiF4 hosil bo'ladi:
SiO2 + 4HF → SiF4 + 2H2O
SiF4 suv tomchisi bilan kamalsa, gidrolizlanib ortosilikat kislota hosil qiladi. SiF4 +4H2O = H2SiO4 + 4HF
Ftorid kislota oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, ftoridlar va ularni eritib, kompleks birikmalar hosil qiladi.
2HF + Na2O →2NaF+ H2O
Hosil bo`lgan tuzlar suvda gidrolizlanadi.
NaF+ H2O → [Na(H2O)4]+ +F-
F- + H2O → HF + OH-
Ftorid kislota ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi,
HF + NaOH → NaF+ H2O
Ftorid kislota kuchsiz kislotalarning tuzlarini parchalaydi.
2HF + Na2CO3 → 2NaF+ H2O +CO2
Ftorid kislotaning tuzlari asoslar, kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:
NaF + LiOH → LiF +NaOH
NaF + H2SO4 → Na2SO4 +HF
Ftorid kislota boshqa kislotalardan farqli o`laroq silikat materiallar bilan (jumladan, shisha bilan) ham shiddatli reaksiyaga kirishadi.
HF + Na2SiO3 → H2SiO3 +NaF
Plavik kislataning tuzlari NaF, KF va CaF2 suvda yomon eriydi, lekin uning AgF tuzi suvda yaxshi eriydi.
Shishani tezoblab gul va turli belgilar chizishda, ftoridlar olishda, erituvchi va reagent sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |