3.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni mehnatga o’rgatish.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasi juda murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, bolalarni turli mehnat faoliyatiga jalb qilish ko‘zda tutilgan. Mehnat tarbiyasi maqsadi o‘sib kelayotgan avlodga qo'yiladigan talablar va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanishiga qarab belgilanadi. Bunday
maqsadlarga kar va zaif eshituvchi o‘quvchilaming psixologik g‘oyaviy tayyorgarligi kiradi. Birlamchi nuqsonni yengish uchun birbiri bilan uzviy bog'langan mana shu vazifalarni yechish eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning umumiy rivojlanishiga, ularning mehnatga tayyorgarligiga va mehnatga astoydil yondashishiga qaratilgan. Surdopedagoglarnig izlanishlari shuni ko'rsatdiki, nutqi
rivojlanmaganligi sababli eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning gapirish hamda fikrlash qobiliyati zaif bo'lganligi sababli mehnatga vijdonan yondashishi mumkin. Kar va zaif eshituvchi bolalarning qobiliyatiga qarab o'qituvchilar shunday ish olib borishlari kerakki, ular zaifligini yengib mehnatga o'rgansinlar. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning mehnatga psixologik qarashlari har bir ishni
sidqidildan bajarishga, boshqalarga kerak boiishga, butun kuchini xohishi bilan berilgan vazifani tushunib bajarishga qaratilgan. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning psixologik tayyorgarligi o'quvchilarning xalq uchun foydali mehnat bilan shug'ullanishiga yordam beradi. Yuqori sinfdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilarning mehnat faoliyatini o'rganish bir qancha guruhlarning ajralib chiqishini ko'rsatadi.Jamoa bo'lib ishlashga moyil o'quvchilar mehnatda o'zining
shiori uchun muvaffaqiyat keltirishga harakat qiladilar. Sinfiga,guruhiga yoki o‘z o'rtoqlari bilan birga bo'lishga harakat qiladilar.Shaxsiy moyillikka ega yuqori sinf o'quvchilari nazariy qiziqishlari yoki nazariy faoliyatlarining natijasidan kelib chiqqan holda shaxsning kerakligiga ular tomonidan baho beriladi. Eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy moyilliklari kamroq uchraydi.
Bu shundan dalolat beradiki, maktab pedagogik jamoasi bunday
moyillikning kerakligini tushuntirishi zarur. Eshitishida nuqsoni
boMgan o‘quvchilarning mehnatga nazariy tayyorgarligi va mehnat
faoliyatida kerakli boMgan fanlami, rejalashtirish ishini tashkil qilish
kabilar va texnik tayyorgarlik (arralash, kesish, randalash va boshqalar) kiradi. Surdopedagoglaming (A.P.Gozova, V.A.Lodavis,T.S.Zikova, L.A.Novoselov va boshqalar) ishlarida kar va zaif eshituvchi o‘quvchilaming mehnatni o‘rganish ko‘nikmalarini oshirish ko‘rsatilgan. Kar va zaif eshituvchilarni mehnat faoliyatiga
o‘rgatish eshituvchilarga qaraganda katta qiyinchilikfar bilan o‘tadi. Bu ulaming eshitish zaifligi anatomofiziologik funksiyalaming
buzilishi, asosan, vestibulyar apparatning buzilishidan kelib chiqadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga korreksiya vazifalari qo‘yilgan bo‘lib, birlamchi nuqsonlami yengishdan iborat. Shunday qilib, mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilaming mehnat tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat. Eshitishida nuqsoni boMgan bolalarning mehnat tarbiyasi
mazmuni turli mehnat faoliyatida aks etadi. 0 ‘quv ishlari maktab
dasturida ko‘rsatilgan bilimlami o‘zlashtirishga qaratilgan. U
o‘quvchilaming dunyoqarashlari va amaliy rivojlanishiga yordam
beradi. Bilimlami faol o‘rganish surdopedagog tomonidan olib
boriladi. Har qanday mehnat kabi o‘qish jismoniy kuchning ketishi
bilan bogMiqdir. Shuning uchun o‘quvchilar irodali boMishi talab
qilinadi. Intellektual mehnat o‘quvchining o‘zini o‘zgartirishi aqlan
rivojlanishi bilan ajralib turadi. Maxsus maktablarda bilim berish
nutqni rivojlantirish bilan birga olib boriladi. Boshlang‘ich
maktablardanoq o‘quvchilar birlamchi bilimlami egallaydilar. Ular
tabiat, atrof-muhit haqida tushuncha oladilar. Tabiat hodisalarining
o‘xshashligi, qarama-qarshiligi va bogMiqligini o‘rganadilar. Eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarning keyingi bosqich darslarida umumiy
ta’lim bilimlarini oshirish uchun bir qancha o‘quv dasturlaridan
foydalaniladi. Tarix, matematika darslari, texnik bilimlar mehnatga
muhabbat shakllanishi uchun yordam beradi. Gumanitar fanlar
mehnatning umumiy qiymatini, mehnatning xususiyatini ochishni
o‘rgatadi.Eshitishida nuqsoni boMgan bolalarni mehnatga o‘rgatish
vazifalari quyidagilardan iborat:
1. 0 ‘quv faoliyatining asta-sekin o‘zgarishi o‘quv mashg‘uloti
davomida o‘quvchining fikrlashi rivojlanishiga yordam beradi.
2. 0 ‘quv bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida mehnat qilishga
o‘rganish va nutqi hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
3. Darslarda aqliy mehnatni rivojlantirish.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilaming mehnat tarbiyasi maxsus
fan bo‘lib, o‘quv rejasiga kiritilgan. Maxsus darslardagi mehnat
alohida jarayon bo‘lib, eshitishida nuqsoni boMgan bolalarning ta’limtarbiyasi
bilan uzviy bogiiq. Mehnat o‘quvchilarning boshlang‘ich
bilimlarini, mehnat tajribalarini, texnik fikrlashlarini rivojlantirishga
qaratiladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mehnatga muhabbat,
berilgan ishga sidqidildan yondashishi ko‘zda tutilgan. Mehnat
tarbiyasi o‘quv dasturiga kiritilgan boiib, maqsad, mazmun, uslub, ish
turlari o‘qish jarayonining turli bosqichlarida bajariladi. Mehnat
darslari umumta’lim predmetlari bilan birgalikda olib boriladi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning mehnati maxsus darslarda
qobiliyatiga qarab bo‘linadi. Bir tomondan, aqliy mehnat bo‘lib, turli
bilimlarni o‘quvchilaming o‘zlashtirishi bo‘lsa, ikkinchi tomonidan,
zaif eshituvchi bolalarning ta’limini yosh bosqichlariga qarab tashkil
qilishdir. Shular qatorida tashkilotlarda ishlash, mahsulot tayyorlashga
rahbarlik o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri olib borilishi lozim.
Kar va zaif eshituvchi bolalar mehnatga turli shakllarda
o‘rgatiladi, eng asosiylaridan biri dars hisoblanadi. Shu bilan birga,
korxonalarga ekskursiyalar uyushtiriladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning umumiy mehnati turli-tumanligi, xalq uchun kerakli
faoliyat bilan shug‘ullanishi, sinf hayotida faol qatnashuvidan iborat.
U maishiy korxonalarda ishlashga boiinadi.
Maishiy mehnat oddiy mehnat turi boiib, unga hamma
o‘quvchilar jalb etiladi. Har doim maishiy xizmat bilan shug‘ullanish,
o‘quvchilaming maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida olib boriladi. U
o‘quvchilar uchun ham uy, ham maktab hisoblanadi. Maishiy xizmat
eshitishida nuqsoni boMgan bolalar uchun xos va katta ahamiyatga
ega. U o‘quvchilarda buyumlarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish, birbiriga
yordam berish, berilgan ishni sidqidildan bajarish xususiyatlarini shakllantiradi.Maishiy xizmat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun qimmatli
hisoblanadi. Chunki u har doim tirishqoqlikni tarbiyalaydi. Kar va zaif
eshituvchi maktab o‘quvchilarida maishiy xizmat o‘z-o‘ziga xizmat
qilish va mehnat darslarida olib boriladi. 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish
ishlariga quyidagilar kiradi: - shaxsiy gigiyena, kiyimlami toza tutish, xonalarni yig‘ ishtirish, ovqat tayyorlash, idish-tovoqlarni yuvish, o‘ziga kerak boigan
narsalarni tayyorlash va ta’mirlash. 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish quyidagi sanitariya-gigiyena rejimiga rioya qilishni o‘z ichiga oladi: sinfning, kabinet va mehnat
xonalarining ozodaligini saqlash, o‘simliklarni parvarish qilish, jonli
burchakdagi hayvonlami parvarishlash. 0 ‘z-o‘ziga mehnat qilish q o i
mehnati yoki mexanizmlashgan, oson va qiyin, individual yoki guruhli
boiishi mumkin. Mehnat qilish ko‘nikmalari do‘stlariga, katta sinf
o‘quvchilari va surdopedagogga taqlid qilish bilan o‘zlashtiriladi.
Muhimi tarbiyalanuvchining qilgan ishi haqida gapirib berishdir.
Kar va zaif eshituvchi bolalaming o‘z-o‘ziga xizmat qilishi mehnat
darsidan tashqari mashg‘ulotlarda kengaytiriladi va boyitiladi. Bu
mashg‘ulotlarda o‘quvchilami ovqat qilish, idish-tovoqlarni toza
tutish, kiyimlami ozoda tutish va boshqa mehnat turlari bilan
tanishtiriladi. Agar maishiy xizmat butun maktab faoliyatini o‘z ichiga
olib, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarishsa, katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega boiadi. Kar va zaif eshituvchi bolalaming o‘z-o‘ziga xizmat
qilishining asosiy shakllaridan biri navbatchilikdir. U maktabinternatda
intizomni ushlab turishga, o‘quvchilarning mustaqil,
intizomli boiishiga yordam beradi. Maktab-intemat bo‘yicha
navbatchilar maktab qoidasiga rioya qilib, o‘quvchilarning tashqi
ko‘rinishi hamda maktab jihozlari sarishtaligini nazorat qiladilar. Odatda, navbatchilar maktab, sinf, intemat, guruhlar bo‘yicha belgilanadilar. Kar va zaif eshituvchi bolalaming navbatchilik vaqtidagi bilim va ko‘nikmalari boshqa qiyin shakldagi mehnat orqali mustahkamlanadi. Bular - shanbalik va yakshanbalikiarda maktab hududini tozalashdir. Kar va zaif eshituvchi bolalaming korxonaiarda
qiladigan mehnati xalq iste’mol mollarini tayyorlashdan iborat. Korxona mehnati o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. U o'quvchilarning amaliy tajribasini oshiradi, texnik maiumotlarini kengaytiradi, bilim iami chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, korxona mehnati o‘quvchilarda intizomni, tirishqoqlikni, asrash-avaylash sifatlarini takomillashtiradi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning korxona mehnati mehnat ta’limining bo‘linmas qismidir. Umummehnat, umumtexnik va maxsus tayyorgarlikda keng qo‘llaniladigan korxona mehnati
o‘quvchilami mehnati jarayonining bo‘g‘inlari bilan tanishtiradi. Korxona mehnati jarayonini tahlil qilishga o'rgatadi va eshitadiganlar bilan muloqotda boMishni ko‘zda tutadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarning ijtimoiy o‘sishi uchun maxsus maktablaming o‘quv rejasiga 2-sinfdan 1-11-sinfgacha jamoa va korxona mehnati majburiy
kiritilgan. Jamoa va korxona mehnati mazmuni jihatidan turlicha
bo`lib, u maktab jamoasiga atrofdagi odamlarga, korxonalarga,
muassasalarga foyda keltiruvchi mehnat turlariga bo‘linadi. Jamoa va
korxona mehnatini tashkil qilishda maxsus maktablaming moddiytexnika
bazasidan, o‘quv korxona tashkilotlaridan, zavod va fabrikalardan foydalaniladi. Mehnatning keng tarqalgan turi bu korxonalarning ayrim buyurtmalarini bajarishdan iborat. Buning uchun maktab mehnat xonalarida o‘quvchilarga mos ish tanlab olinadi, qo‘l va stanok mehnati texnologiyasi o‘rganiladi. Mahsulotning
sifati, buyurtmani ishlab chiqish muddati rejalashtiriladi. Eshitishida nuqsoni boMgan o‘quvchilaming jamoa va korxona mehnati amaliyoti shuni isbotlaydiki, haq toMovchi mehnat bilan tekin mehnat uzviy bog`liq boMib, o‘quvchilaming pullari jamoa hamda shaxsiy talablarga ishlatiladi. Eshitishida nuqsoni boMgan bolalarni shaxsiy va jamoa foydali mehnatiga jalb qilish ularni jamoaga kerakligini his qilishga o‘rgatadi. Mehnat jarayonida o‘quvchilar hayotni yaxshi tushunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |