3 – Topshiriq:
1. Eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar maktabida maxsus korreksion ishlar
Maxsus maktablarda o ‘quv maxsus korreksion ishlari dars shaklida olib
boriladi. Dars shaklini qo‘llash uchun qo‘yilgan barcha umumiy
talablar z a if eshituvchi bolalar maktabidagi o ‘quv jarayoni uchun
dolzarb hisoblanadi. Har bir dars bolalarning bilimlarini rivojlantiradi,
yangi bilimlarni o ‘zlashtirishda mustaqillikka o ‘rgatadi, tarbiyaviy
masalalarni hal qiladi. U yoki bu chora-tadbirlami o ‘z ichiga oluvchi
barcha darslar bolalarda mehnatga boMgan sevgini, odamlar
mehnatiga hurmatni tarbiyalaydi. Zaif eshituvchi bolalar maktabida o ‘tiladigan dars maxsus ta ’limga mos keluvchi xususiy talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, birinchi navbatda, maxsus ta ’limning bosh
muammosi, y a ’ni o ‘quvchilaming nutqiy rivojlanmaganligini bartaraf
qilish bilan bog‘liq. Barcha darslar va mashg‘ulotlaming boshqa
shakllari qaysi fan o‘tilishidan qat’i nazar o‘quvchilar nutqini
rivojlantirish, ularning nutqiy muloqotini kengaytirish uchun xizmat
qiladi.0 ‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi masalalar hal
qilinadi:
1) ta ’limning tashkillashtirilgan shakllarini tanlash, ularning
o ‘quv jarayonidagi o ‘mi va ahamiyatini aniqlash;
2) darsdagi yoppasiga, guruhli, yakka ishlarning o ‘zaro
aloqadorligi;
3) o ‘quvchilaming nutqiy faolligini rivojlantirish bilan bog‘liq
faoliyatning turli ko‘rinishlari aloqasi;
4) bolalarning mustaqil ish va mashg‘ulotlari orasidagi optimal
munosabatlami o ‘rnatish.
Birinchi masalaning hal qilinishida mashg‘ulotlarning mavjud
shakllaridan foydalanish samarali natija beradi. (dars, yakka
mashg‘ulotlar, uy vazifalarini bajarish, o ‘quv-tarbiya ishlari, sinfdan
tashqari ish la r).Zaif eshituvchilarning maktabi boshlangMch sinflarda eshituv
qobiliyati va talaffuzni rivojlantirish ustida olib boriladigan yakka
mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktab
o ‘quvchilarining uy vazifalarini bajarishlari nafaqat dars materialini
mustahkamlashda maqsad qilib oladi, balki nutqiy amaliyotni
kengaytirish uchun ekskursiyalar, qo‘shimcha darslar barchasi
muloqotga o ‘rgatsa, ikkinchi tomondan nutqni rivojlantirish,
mustahkamlashni o ‘z ichiga oladi. Bunda nutqni shakllantirish
bo‘yicha tashkil etilgan ishlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Nutqiy material bilan birinchi bor tanishganda, ekskursiya,
obyektlami kuzatish, o‘yinlarda leksika va frazeologiyani qoilash
samaraii natija beradi.Maxsus maktablarda mashg‘ulotlami yakkalashtirish,
qatnashuvchilarga yordam ko‘rsatish ommaviy maktab bilan
solishtirganda, birmuncha yuqoridir. Darsdagi ishning guruhli
shakllari o ‘quvchilar nutqining tuzilishini, shuningdek, ularning
muloqotini tashkil etish, o‘rganish imkoniyatini beradi. Yoppasiga,
yakka, guruhli ish shakllarida darsda o ‘zaro tekshirish va o‘zaro
yordam munosabatlarini shakllantiradi. Bolalar faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi va tarbiyachi zaif eshituvchilarda og‘zaki va yozma mustaqil ishlar olib boradi. Boshlang‘ich bosqichlarda bu masalani hal qilishda birmuncha
qiyinchiliklarga duch keladi. Bolalaming mustaqil ishlari ko‘p xato va
noaniqliklami o ‘zida mujassamlashtiradi. Bu noaniqliklami bartaraf
qilish o‘qituvchidan qat’iy yondashishni talab qiladi. Bunday
vaziyatda nutqni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan nutq tuzilishi
jarayonining qiyinchiliklarini eslash lozim.
Eng katta talab maxsus maktablarda o‘qituvchi va tarbiyachining
nutqiga qo‘yiladi. Ularning nutqi deyarli baland, intonatsiyasi
saqlanib, pauzalar bilan ajratilgan boMishi shart. Bunda barcha fikriy
va hissiy ifoda vositalari qo‘llanilgan bo‘lishi shart (mantiqiy urg‘u,
ritm, tembr). 0 ‘qituvchining nutqi yaxshi tushunarli bo‘lish uchun
unda nutqdan tashqari komponentlarning qoMlanilishini talab qiladi:
yuzning mimika ifodasi va tabiiy imo-ishoralar. Barcha
mashg‘ulotlarda o ‘qituvchi muloqotning og‘zaki shakllari bilan birga
yozma va daktil shakllarini qo‘llaydi. Bular talaffuz xatolarini
korreksiyalash, yangi leksikani kiritish, grammatik xatolami tuzatish
uchun qo`llaniladi. Aytib o ‘tilgan vositalar o‘rganilayotgan materialning o‘zlashtirilishi bosqichlari, o ‘quvchilar nutqiy rivojlanishining darajasiga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |