O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat yo`nalishi


A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida shaxs kamoloti masalalari



Download 165,39 Kb.
bet8/9
Sana06.07.2022
Hajmi165,39 Kb.
#749209
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turaxonboyev 27-вариант-3

A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida shaxs kamoloti masalalari
Buyuk va mutaffakir shoir, davlat arbobi, siyosatshunos, adabiyotshunos va tilshunos olim Alisher Navoiyning ijodiy merosini o’rganish va tadqiq etish biz yoshlarning bugungi kundagi muhim vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Bu mutaffakir zotning milliy adabiyotimizga va ma`naviyatimizga qo’shgan hissasi katta. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday deydi: “Alisher Navoiy xalqimizning adabiyoti, madaniyati va siyosiy tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum etgan o’lmas so’z san`atkoridir” [3.34] deb tariflaydilar.
Navoiyning nafaqat boy ijodi, balki sermazmun hayoti ham biz yoshlar uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, fidoiyligi barchamizga o’rnak bo’lishi lozim.
Uning so’nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yo’nalishida yozilgan “Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) dir. Bu asar 1500-yilda yozilgan. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa`diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruzi Samarqandiyning “Chor maqola” kabi asarlari qatorida turadi. «Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko‘rgan-kechirganlarini teran tahlil qilib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir. Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo‘lgan hayotiy muammolarga eng to‘g‘ri yechimlarni ta’sirli usulda berishi bilan yuksak daraja kasb etadi. Musajja' san'atining nodir namunasi sanalgan bu noyob asarning yaralishi sabablarini muallif quyidagicha izohlaydi: “Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko’y va ko’chada yugurubmen va olam ahlidin har nav` elga o’zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning af’olin bilibmen va yamon- u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va sharrdin (yomonlik, gunohlardan) no’sh va nish ko’ksumga yetibdur va laim (past, xasis, nokas) va karim zaxm va marhamin ko’nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi as'hob (suhbatdosh) va davron xaylidin ba'zi ahbobki (ayrim do„stlar) bu hollardin xabarsiz va ko’ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur. Bu nav` ashob va ahbobg’a intiboh qilmoq va alarni nav` bu holatdin ogoh qilmoq vojib ko’rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidinshuurlari bo’lg’ayki, munosib el xizmatig’a shitob qilg’aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilg’aylar va bari el bila maxfiy rozlaridin so’z demag’aylar. Va shayotin makr-u firibidin boziy emagaylar. Har nav` el suhbat va xususiyatiki, alarg’a havas bo’lg’ay, bu faqirning tajribasi alarg’a bas bo’lg’ay” [1.453-454]
Alisher Navoiyning fikriga ko’ra, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.
Oltin, kumush etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni davlat tunidin,
Gar yo’qdir adab ne sud oltin uni din,
Elning adabi xushroq erur oltundin.
Birinchi qism ­ “Xaloyiq ahvoli va af’oli va aqvolining kayfiyati” ­­– xaloyiqning ahvoli va fe’l-atvori hamda so‘zlarining kayfiyatiga bag‘ishlangan 40 fasldan iborat bo‘lib, unda jamiyatning turli qatlam vakillari (odil podshohdan tortib oddiy navkargacha, shayxulislom va mudarrislar, shoirlaru mug‘anniylar, tijorat vakiliyu dehqonlar)ning fe’l-atvori, o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari to‘g‘risida aniq fikr yuritadi, bu borada o‘zining ibratli mulohazalarini ilgari suradi.
Ikkinchi qismda – “Hamida af’ol va zamima xisol xosiyatida” – ya’ni, yaxshi qiliqlar va yomon xislatlar xususiyati tahlil qilingan. Axloqiy masalalar yetakchi o‘rin tutuvchi 10 bobdan iborat bu qismda “tavba”, “qanoat”, “sabr”, “tavoze”, “odob”, “zikr”, “rizo”, “ishq” kabi zarur insoniy xislatlar talqin qilinadi. Ijodkor har bir insoniy fazilatni bayon etar ekan, shunga mos ravishda hikoyatlar, nasihatomuz baytlarni tanlab, ta’sirchanlikni oshirishga erishadi.
Uchinchi qism “Mutafarriqa favoyid va amsol surati” ­– turli foydali maslahatlar, maqollar va pand-nasihatlarni qamrab olgan bo‘lib, tanbeh shaklida yozilgan. 120 dan ortiq tanbehda muallif ochko‘zlik, baxillik, badxulqlik, takabburlik, xudbinlik singari inson xarakterida kuzatiladigan bir qancha salbiy fe’l-atvordagi xislatlarni keskin tanqid qiladi; odamiylik fazilatlari, komillikka yetaklovchi chin insoniy sifatlar xususida ibratli fikirlar bildiradi. O‘z fikrlarini turli mazmundagi hikoyat, hikmatli baytlar bilan asoslashga harakat qiladi.
Asarning har bir qismida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning yuksak ma’naviy qiyofasi, buyuk ma’rifati porloq quyoshdek balqib turadi va o‘quvchi qalbiga o‘zining so‘nmas ziyosini ulashadi. Asarning birinchi bobida avvalambor olloxga xamd bilan boshlanadi so’ngra turli xil podsholar qozilar beklar va shunga uxshash mansabdor amirlar xaqida fikir yuritadi va bunga quyidagi misralarni keltirish mumkin:
Bahrdin qatrag’a ta`zim ila tahsin ko’rdim,
Mehrdin zarrag’a e`zoz ila ehson topdim.
Ya`ni, dengizning tomchiga ta`zim ila tahsin qilganini ko’rdim, quyoshning
zarraga e`zoz va ehson ko`rsatganiga guvoh bo’ldim deb yozadi shoir asarlaridan birida. [5.8-9]
Bayt:
Mundin o’ldi muqarrabi Boriy,
Shayx al-islom piri Ansoriy
Qozilar musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchilar deb ta`riflanadi. Bu toifa ahlini Navoiy cholg’u asbobiga o’xshatadi, chunki ular nima desalar shu bo’lgani uchun ya`ni cholg’udan qanday kuy chiqishini faqatgini cholg’u xal qiladi. Bu o’rinda cholg’u soz bulsa undan nafis kuy tarladi agar soz bulmasa qancha berilib chalgan bilan undan bemani tovushdan boshqa sado chiqmaydi.
Asarning ikkinchi bobida ya`ni ayniqsa yoshlarga oid bo’lgan yaxshi va yomon xislatlar xaqida so’z yuritildi va bularga quyidagilarni misol qilish mumkun:
Isrof qilish - saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir.
Saxovatni quyidagicha tariflaydilar: Hosildor daraxt, Foydali meva, Mavj urib turgan dengiz, Bebaho gavharga qiyoslaydi,saxovatsizlikni esa Yog‘insiz bahor buluti, Hidi yo‘q mushk-anbar, O‘tin, Tutun, Mevasiz daraxt , Dursiz sadafga qiyoslaydilar. Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang - yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan. Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.
Alisher Navoiy insonlardagi yomon illatlarning o’rnini qanday qilib yaxshi xislatlarga aylantirishni aniq ko’rsatib berganlar va bu yozganlariga xam o’zlari doimo amal qilganlar.
Alisher Navoiy ilm haqida quyidagicha ta’riflaydi.
El aybini ayturg’a birovkim, uzatur til,
O’z aybini fosh aylagali til uzotur, bil.
Ya’ni ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni xaydab urug’ sepmaganga yoki urug’ sepib, urug’idan hosil olmaganga o’xshaydi.
Asarning uchinchi bobida insonlarda uchraydigan bir qancha qusrlarni qattiq tanqid ostigaa oladi: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.Komil inson tarbiyasida bunday yomon illatlarning bo’lishi mutlaqo nojoizdir deb hisoblanadi.
“Mahbub ul-qulub”dagi har bir tanbeh, bayt yoki qit`a hayotiy hikmat darajasiga ko’tarilganki, bu tanbehlar zamiriga xalqning ko’p asrlik hayot tajribasi davomida to’plagan maqol va matallarining mazmuni singdirilgan.
Ko’rinib turibdiki bu asarda insonning komillik darajasiga qanday yetishishi va bu yo’lda inson qanday qusurlardan xoli bulishi va uning o’rniga qanday yaxshi fazilatlarni egallashi zarurligi aytib o’tilgan. Asarda ilm to’g’risida berilga tariflar va uni egalash to’g’risida ko’plab pand nasixatlar keltirilgan.quyida ko’rib o’tilganidek mansabdor kishi qanday bolishi kerakligi xaqida ham ko’plam misolar keltirib yoshlarni tarbiyasiga bolgan munosabatlar bilan rang barang qilib boyitilgan.

Avesto”ning yaratilishi unda ta'lim-tarbiya masalalari.


O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.
“Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan.
“Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.
Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba’zi matn va madhiyalaryakkahudolik e’tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik “Avesto”ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she’rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Harxolda “Avesto”da ajdodlarimizning eng qadimiy she’rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq “Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi.Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan.
Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan. Shundan so’ng Shopur ikki davrida mu’badlarning mu’badi Ozorpod Mehrospondon “Avesto”ning parokanda qismlarini to’playdi., unga ko’p nom, tushunchalarni keng sharhlovchi “Zend Avesto” kitobini yaratadi. Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud.
Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz. Zoroastrizm – otashparastlik, miloddan avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, ‘‘tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar fransuz J.Darmsteter, ozarbayjon olimi I.Aliyev “Avesto” Midiya - hozirgi Eronning shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko’pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.

“Avesto” matni to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xalos. Ma’lumki “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12 000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to’la emas. Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida ham davom ettirildi.


“Avesto” sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashhur. Afsuski, “Zand Avesta” ham bizning zamonimizgacha to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo’q qilingan.
Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor Ye.Ye.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda59, 83 000 so’zdan iboratdir. U asosan to’rt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesta”ning eng ko’hna va qimmatli qismlaridir. “Avesto”ning qo’shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shohnoma” dostoniga manba bo’lib hizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o’rganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, Ye.Ye.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroham Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 yillari olti jildqilib nashr etilgan. “Avesto” boshqa barcha diniy kitoblar singari qomusiy mohiyatga ega bo’lgan asar hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, farz va sunnatlari, Yazdoning pokning chkkayu-yagona yaratuvchilik qudrati ta’rifiyu madhi bilan birga ijtimoiy hayot, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, har xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning nokomilligi, mavjud tuzum tartib-nizomlari, ularning musbat va manfiy tomonlari, mazdoparastlikning asl mohiyati, boshqa dinlardan farqi, inson tafakkurining mutlaq moya bilan bog’liqligi va boshqa ko’p masalalar xususida falsafiy mushohadalar yuritiladi Shuningdek, xotin-qizlar haq-huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud.
Ma’lumki, mazdoparastlik diniga Zardusht asos solgan. U butparastlik, ashyoparastligu devparastlikka asoslangan ko’pxudolik, uning kasofati o’laroq hukm surgan johiliyatga qarshi uzoq davom etgan kurash natijasida paydo bo’ldi. Zardusht Ahuramazdadan vahiy kelib, xalq orasida yangi dinga da’vatni boshlab yuborar ekan, o’zining ta’limotida “Andeshai nek” (eng avvalo, pok e’tiqod), “Guftori nek” (to’g’ri, rost so’z), “Kirdori nek” (Tangrini kuylab madh etmoq yaxshi amal)ga suyanadi. Demak, Zardushtiylikda bosh masala e’tiqodda sobitlik, rostkashligu halolu fidoyilik ustun turadi. Hot va yashtlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ana shu bosh masala bir qizil ipdek tizilib o’tadi. Ayni paytda Zardusht ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotda bir inqilobchi, reformator sifatida gavdalanadi. Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy ahkomlarni o’rganib, ibodat bilangina shug’ullanish, go’shanishinlikka undaydi. U ruhiyatda Tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo’llab ishlov berish lozim, chorvani ko’paytirib, bog’lar o’stirish zarurligini qayta-qayta takrorlaydi. Uningcha insonning yashashdan maqsadi metindek e’tiqodlibo’lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i zarur. Shuning uchun ham “cho’lga suv chiqazib, yerning sho’rini yuvib, zahini qochirib, yerga ishlov berganlar” eng mo’tabar insonlar hisoblanadi. Barcha avestoshunoslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq halqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgi muhim manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishining umumiy doirasida bo’lib o’tgan.
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’nggi qismi “Videvdodda” iqtisodiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muommolar ochiladi. Jamiyatninig ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib “Avesto” mil.av. IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g’oyatda muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning boy ma’naviy merosidir. “Avesto” da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqidagi ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo’lsak, mil.avv. I mingyillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonining guvohi bo’lamiz. Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirilishi natijasida chorvador ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta boshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, So’g’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi. Misol uchun, Avestoning “Vandidod” kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka)ning hududiy –ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug’ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O’z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo’lidan ikkinchisiga meros sifatida o’tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
“Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko’ra mil.avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug’chilik tuzumining arim hususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xujalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turur joyda – uy-qo’rg’onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir. Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi- “nmana” yoki “dmana”, katta oila oqsoqoli-“nmanapati”, urug’ jamoasi boshlig’i- “vis”, katta qishloq oqsoqoli -“vispati”, qabila boshlig’i- “zantupati”, viloyat hokimi- “daxyupati”, bir necha viloyatlar hokimi- “kavi”lardan tashkil topgan. “Avesto”da oila, urug’ va qabila anglatish uchun “pati” so’zi ishlatilgan. “Kavi” yoki “sastar” mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha ma’lumot bor: “Ko’p yaylovlarga ega bo’lgan Mitrani biz ulug’laymiz. Unga hyech kim yolg’on gapira olmaydi: uyda oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila yo’lboshchisi va mamlakat hokimi ham yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra butunlay oilani, urug’ni, qabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi”.
Ayrim tadqiqotchilar (H.Boboyev, T.Do’stjonov, S.Hasanov, Ya.Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib “Avesto”da tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishi jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar:
Birinchi davr- eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan.
Ikinchi davr- yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.
Uchinchi davrda- aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan. Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan “Avesto” kitobi va zardushtiylarning an’analari hamda ta’limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosaatlari ma’lum qonun-qoidalarga yoki ma’lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma’lumot beradi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shavqatsizlik va zo’ravonliklarning guvohi bo’lgan Zaratushtra o’zining dastlabki ta’limotini yovuzlik va zo’ravonlikka qarshi qaratadi. Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta’limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash, adolatga intilish, hulq-odob tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da’vat etish tashkil etgan.
“Avesto”da kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarida berilgan va’daning ustidan chiqish, majburiyat va qasamiga sodiq qolish odatiy qonunlar ekanligini kuzatish mumkin. Agar qasam ichib ahd qilgan kishi o’z ahdini bajarmagan yoki buzgan bo’lsa, da’vogar o’z haqligini isbotlash uchun sinash va jazolanish usulidan foydalangan. Adolatli sud qilish sinash va jazolashning 33 ta usuli mavjud bo’lib, agar so’z qasami buzilsa, suv bilan sinash, agar shartnomaga oid bo’lsa, olov bilan sinash jarayonida aybdorga o’zining haqligini isbotlashga imkon berilgan.
“Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Misol uchun, jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan: dinga qarshi jinoyat, shaxsga qprshi jinoyat, tabiatga qarshi jinoyatlar kabilar. Shaxsga qarshi harakatlar ichida qurol olib tahdid solish, birovni kaltaklab hushidan ketkazish, unga jarohat yetkazish, qonini oqqizish, suyagini sindirish, boshini yorish kabi harakatlar qattiq jazolangan. Mulkiy jinoyatlardan o’g’irlik, firibgarlik, talon-taroj, bosqinchilik, qarzdorlik kabilar “Avesto”da gunoh hisoblangan. Dinga qarshi jinoyatlar, qasddan qilingan jinoyatlar va takroriy jinoyatlar uchun ayniqsa qattiq jazolar belgilangan. Birovni qasddan urib, uning qonini to’kkan kimsani, ellik qamchidan to’qson qamchigacha savalashgan. Shuningdek, agar kimki birovni urib suyagini sindirsa, jinoyatchiga nisbatan otning terisidan yasalganqamchi bilan, yetmishdan to’qson qamchigacha urish jazosi belgilangan. “Avesto” oilani, farzandlarni, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: “kimning uyi bo’lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir”. Oila va jamiyatdagi, xususan, ma’lum xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o’g’il, kuyov va qaynota, qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular yolg’on, zo’ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to’siq qo’yish, ularning oldini olish machsadida “Avesto” qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan. “Avesto”ning tub ma’no-mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”, degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rishmumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’li mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqsa, e’tiborlidir”, deb yozadi Islom Karimov “Avesto”dagi diniy-falsafiy va madaniy ta’limot, davlatchilik va qonunchilik tizimi o’sha davrdagi jamiyat va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Ushbu muqaddas kitobda yuksak ahloq, pokiza vijdon, marhamatlilik, bag’rikenglik, insonlarga va ona zaminga nisbatan doimiy g’amxo’rlik targ’ib etilgan. “Avesto”ning asosini tashkil etgan bunday tushuncha, yo’l-yo’riq, komil insonga xos fazilatlar, qat’iy xulosa va fikrlar davlatning siysiy, ijtimoiy va iqtisodiy qudratini oshirib, uni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Bu muqaddas kitobning o’sha davrdagi qadr-qimmati hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab qolganligi shubhasizdirAvesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiyyo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. «Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.

3-Topshiriq. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga doir ikki qismli kundalik tuzish topshirig‘i


Quyida keltirilgan jadvalning birinchi qismida O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari turkumiga kiruvchi bitig nomi keltirilgan. Jadvalning ikkinchi qismida bitigda ifoda etilgan fazilat bilan bog‘liq bitta jumlani misol tariqasida yozib qo‘yish lozim.


Download 165,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish